5-avgust — O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun to’liq malumot oling

5-avgust — O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun to’liq malumot oling

Bugun — 5-avgust — O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun

🔹Oʻtkir Hoshimov – 1941-yili 5-avgustda Toshkentda,

Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Shuningdek, u Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar qoʻmita raisi vazifasini bajargan.

🔹Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991-yil).

🔹Adibning dastlab “Poʻlat chavandoz” ocherklar toʻplami, “Choʻl havosi” yirik nasriy asari, “Odamlar nima derkin”, “Qalbingga quloq sol” qissalari chop etilgan. “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” qissalari unga katta shuhrat keltirdi. “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” kabi romanlari oʻzbek adabiyotida muhim oʻrin tutadi. Ijodkor “Xazon boʻlgan bahor”, “Inson sadoqati”, “Toʻylar muborak”, “Vijdon dorisi”, “Qatagʻon” kabi bir qator drama, komediya, kinossenariylar muallifi.

🔹2013-yil 24-may juma kuni ogʻir xastalik tufayli oilasi davrasida, Toshkentda vafot etgan.

Muhim sanalar
5-avgust — O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun