5-avgust MILLIY BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: to’liq malumot oling

5-avgust MILLIY BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: to’liq malumot oling

Bugun 5-avgust 2023-yil, shanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro svetofor kuni.

🌏 Ufqni kuzatish kuni.

🌏 Xalqaro blyuz musiqasi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh — Blogerlar kuni.

🇧🇾 Belarus — Moliyaviy tergov xodimlari kuni.

🇧🇫 Burkino-Faso — Mustaqillik kuni.

🇮🇷 Eron — Islomiy inson huquqlari kuni.

🇨🇴 Kolumbiya — Bogota festivali kuni.

🇱🇻 Latviya — Temir yo’lchilar kuni.

🇭🇷 Xorvatiya — G‘alaba va vatanga minnatdorchilik kuni.

👉 VOQEALAR:

— 1583 — Gilbert Humfrey Shimoliy Amerikadagi birinchi ingliz koloniyasiga asos soldi.

-1772 — Rossiya, Prussiya va Avstriya oʻrtasida Rech Pospalita birinchi marta boʻlib olindi.

— 1775 — Ayala Oltin darvoza boʻgʻozidan oʻtib Angel oroliga tushdi.

— 1789 — Fransiyada krepostnoylik huquqi bekor qilindi.

— 1861 — AQSh armiyasida jismoniy jazo bekor qilindi.

— 1864 — Jovanni Donati birinchi marta kometa spektrini kuzatdi.

— 1884 — shu kuni Nyu-York shahrida «Ozodlik haykali» qurilishi boshlandi.

-1884 — Britaniya Madakaskar orollari Fransiya mulki ekanligiga rozi boʻldi.

— 1891 — «American Express» cheklari muomalaga kirdi.

— 1914 — Klivlend (AQSh) da dunyodagi birinchi elektr svetofor o’rnatildi.

-1924 — Turkiyada koʻpxotinlik tugatildi.

— 1940 — Latviya SSSRga qabul qilindi.

— 1953 — birinchi RDS-6s vodorod bombasi Semipalatinsk poligonida portlatildi.

— 1963 — Moskvada SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya vakillari atmosferada, kosmosda va suv ostida yadroviy qurol sinovlarini ta’qiqlash to’g’risidagi bitimni imzoladilar.

— 1964 — Vetnam urushi: AQSh samolyotlari birinchi marta Shimoliy Vetnamni bombardimon qildi.

— 1967 — Pink Floydning birinchi albomi chiqdi.

— 1994 — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston tarixi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida» gi qarori qabul qilindi.

— 2010 — Chilidagi San-Xose shaxtasidagi avariya natijasida 33 shaxtiyor yer ostida 1 oy qolib ketdi.

— 2016 — Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XXXI yozgi Olimpiya o’yinlari boshlandi.

👉 TAVALLUDLAR:

— 1763 — Yakov Kulnev (1812) — rus qo’mondoni, gusar, general-mayor, 1812-yilgi Vatan urushi qahramoni.

— 1802 — Nyel Xenrik Abel (1829) — norveg matematigi, elliptik funktsiyalar nazariyasini yaratuvchisi.

— 1844 — Ilya Repin (1930) — Rus rassomi.

— 1850 — Gi de Mopassan (1893) — fransuz yozuvchisi.

— 1905 — Vasiliy Leontyev (1999) — amerikalik olim va iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1973).

— 1921 — Joʻra Abdurasulov (1990) — rentgenolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964).

— 1930 — Nil Armstrong (2012) — amerikalik astronavt, birinchi marta oyga qadam qo‘ygan odam.

— 1941 — Oʻtkir Hoshimov (2013) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi.

— 1943 — Abdulla Sher (Sherov Abdulla) — shoir va tarjimon.

— 1962 — Vadim Abramov — sovet va arman futbolchisi, murabbiy.

— 1974 — Valeriy Kechinov — Oʻzbekistonlik va Rossiyalik sobiq xalqaro professional futbolchi.

— 1988 — Federika Pellegrini, italiyalik suzuvchi, Olimpiya chempioni (2008), ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.

— 1996 — Azize Erdogan — turk ayollar futboli hujumkor yarim himoyachisi.

— 1997 — Olivia Holt — amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi.

Muhim sanalar
5-avgust MILLIY BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: