5 6 sinf ona tili qoidalari
Аудио, видео и документальная информация в моем сайте принадлежат своим владельцам. Они сохраняют свои авторские права. Информация размещена на сайте с целью ознакомления. Пожалуйста, уважайте работу авторов. Если Вы являетесь автором материала или обладателем авторских прав на него и против его использования или Ваше авторство не было указано на сайте, пожалуйста свяжитесь с по адресу uzbeknasim@yahoo.com
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili o‘qituvchilariga ochiq xat
Maktab partasida o‘tirgan bolalarimizning barchasi tilshunos bo‘lishi kerakmi? Aziz hamkasbim. Hurmatli ustozjonlar! Onadek mo‘tabar tilimizning ta’limi bilan shug‘ullanayotgan jonfido muallimjonlar!
Sizning mehnatlaringizni, aslida, hech bir tosh-u tarozi bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Ba’zan o‘z farzandiga ham toshmehr odamlarga duch kelamiz, shundaylar haqida o‘qib qolamiz. Albatta, yoqa tutib aytamiz: “Inson zoti shunday bo‘lishi mumkinmi?”. Siz maktab partasida o‘tirgan yuzlab bolalarga mehr ko‘rsatasiz, bilim berasiz. Ularning yorqin kelajagi uchun qayg‘urasiz. Fidokorlikni o‘rgatasiz va fidoyilikda namuna bo‘lasiz. Tanlagan kasbimizning mashaqqati ham, sharafi ham shunda bo‘lsa kerak. Zero, “Bir soatlik ilm o‘rgatmoq, yuz soatlik toat-ibodatdan ko‘ra yaxshiroq” ekanligi bizning amaliy faoliyatimiz negiziga aylangan. Demak, qilayotgan ishimiz savob, savob va yana savobdan iborat. Shundaymikan?!
Keling, aziz hamkasbim, gapni uzoqroqdan boshlaylik. Biz ona tili ta’limi bilan shug‘ullanamiz. Ona tili — (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan) maktabda barcha o‘quv predmetlarini ham o‘rganish, ham o‘rgatish vositasi. Tili o‘zbek tilida chiqqan, o‘z ona tilida so‘zlashadiganlar uchun bu tafakkur tili hamdir. Demak, dunyoning lisoniy manzarasini har bir o‘zbek o‘zi uchun ona tili vositasida bunyod etadi, tom ma’noda, ona tili xazinasiga ega bo‘ladi va umri davomida bu tuganmas xazinadan foydalanaveradi, foydalanaveradi…
Vaholanki, bu yorug‘ olamda inson istalgan davraga so‘zi orqali kirib boradi, uning ortida ham so‘zi qoladi, inson so‘nggi nafasida ham lablari pichirlab so‘z aytadi. (Hatto tushlarimizni ham ona tilimizda ko‘ramiz.) Biz kalom ilmining ta’limi egalari va har bir o‘zbek uchun tafakkur tilining targ‘ibotchilari ekanligimizni inkor etib bo‘lmaydi.
Aytaylik, sizning o‘quvchingiz (o‘g‘il bola) maktabni o‘rtacha baholarda o‘qib tugatdi. Oliy ta’limga hujjat topshirdi, shartnomaga ilinishiga ham 5–10 ball yetmay qoldi. (Qo‘shimcha to‘lov asosida o‘qishi uchun oila budjeti “to‘g‘ri kelmadi”.) Xo‘sh, bola endi nima ish bilan shug‘ullanadi?! (Siz-u biz bu savolga javob berolmasligimizni bilaman.) Deylik, o‘sha o‘quvchingizning bobosi: “Bolam, er kishisan. Oilaga yordam berishni o‘rgan. Har kuni halol mehnat qilib uyga ikkitagina non kiritsang ham, katta gap. Hayotni, odamlar bilan muomalani o‘rgan” deb, kichikkina arava yasatib berib bolani bozorga chiqardi.
Bugun bolaning aravasiga hech kim yuk ortmadi. Qorni ochgan bola non do‘koniga kirsa, bitta obinon 1.200 so‘m va bitta buxanka non 1.700 so‘m turibdi. Bolaning cho‘ntagida ming so‘m puli bor. Bitta obinon sotib olishiga (arzimas pul) 200 so‘m yetmaydi. Sobiq o‘quvchingiz non do‘konidagi amakiga (yoki opaxonga) deyapti: “Men ergashgan qo‘shma gaplarning besh turini bilaman. Undalmali gaplar haqida bilaman. Fe’lning ma’noviy guruhlarini sanab beraymi? Kesim, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi haqidagi qoidalarni aytib beraymi? Holning oltita turini aytaymi? Ajratilgan izoh bo‘laklar…Unli, undoshlarning til oldi va til orqaligi, lablangan-lablanmaganligi, quyi keng, o‘rta keng, yuqori torligi, til undoshning lab-lab, lab-tish, til oldi, til yoni, til o‘rta, til orqa tovushining yaqin til orqa, chuqur til orqaligi…”.
O‘quvchi non olishi uchun yetmayotgan 200 so‘m uchun sizning 5-sinfdan 11-sinfgacha (naq 7 yil) o‘rgatganlaringizdan “madad so‘radi”. Tabiiyki, non sotuvchi 200 so‘m kamiga non sotmaydi va bolani telbalikda ayblab haydab soladi.
Sizning maktabda 7 yil davomida mashaqqat chekib, o‘quvchini sinfga qamab o‘rgatgan son-sanoqsiz qoidalaringiz bolaning bir martagina qornini to‘yg‘azishi uchun ham yaramadi-ya?!
Tahlil: Amaldagi maktab “Ona tili” darsliklariga e’tibor beraylik. Xo‘sh, ularda (“Bilib oling”, “Esda tuting” shaklidagi) qancha grammatik qoidalar berilgan?
5-sinf “Ona tili” darsligida – 192 ta;
6-sinf “Ona tili” darsligida – 194 ta;
7-sinf “Ona tili” darsligida – 117 ta;
8-sinf “Ona tili” darsligida – 51 ta;
9-sinf “Ona tili” darsligida – 40 ta;
10-sinf “Ona tili” darsligida – 26 ta;
11-sinf “Ona tili” darsligida – 25 ta.
Ammo bu hali hammasi emas. Agar 9-, 10-, 11-sinf “Ona tili” darsliklarida berilgan qoidalarning har biri 1-1,5 sahifa egallashini inobatga olsak, ular miqdori o‘rtacha uch barobarga oshadi. (Bu umumiy qoidalar miqdorining 800 dan oshishini ko‘rsatadi.)
Hadisi shariflardan birida shunday deyiladi: “Ilmga rag‘bati bo‘lmagan kishiga ilm o‘rgatmoq — gunohga botmoq, behuda ilm o‘rgatmoq esa ikki karra gunohga botmoqdir.” Biz o‘quvchilarimizga behuda ilm o‘rgatmayapmizmi?! Professor B.Mengliyev ta’biri bilan aytganda: “Maktabda yoshlarimiz ona tili mashg‘ulotlarida boshi ham, adog‘i ham yo‘q, buning ustiga darslikdan darslikka o‘tish, sinfdan sinfga ko‘chish bilan keskin o‘zgarib turadigan son-sanoqsiz ilmiy (lingvistik) qoidalarni yodlashga majbur bo‘lishayotganligi” bolaga nima beryapti?!
Biz qachon o‘quvchilarimizga til o‘rgatish bilan tilshunoslik asoslarini o‘rgatish masalasini farqlab olamiz? Qachongacha bolalarimizga “keraksiz ilmni o‘rgatib” ilm o‘rgatmoq savobidan bebahra qolaveramiz?
Agar bilsangiz, o‘quvchi uchun umr bo‘yi kerak bo‘ladigan 3 toifadagi qoidalar bor (men buni takror ta’kidlayapman). Bular:
1) orfografiya qoidalari (bu qoidalar umr bo‘yi kishining yozma savodxonligini tartibga solib turadi);
2) orfoepiya qoidalari (bu qoidalar umr bo‘yi kishining og‘zaki nutqini adabiy me’yorlarga moslashtirib turadi);
3) punktuatsiya qoidalari (Bu qoidalar umr bo‘yi kishining yozma nutqida nima demoqchiligini ko‘rsatib turadi).
Qolgan barcha qoidalar mutaxassis sifatida biz uchun, o‘zimiz uchun zarur.
Yana ta’lim berishda nega buncha darslikka “yopishib oldik?” Darslik nima o‘zi?! Darslik, avvalo, didaktik ta’lim vositalaridan biri. Didaktik ta’lim vositalari deganda ta’lim jarayonida ishlatiladigan, foydalaniladigan barcha vositalar — darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik tavsiyalar-u ishlanmalar, ko‘rgazmalar, ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, testlar, nostandart topshiriqlar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar, qomuslar majmuyi tushuniladi.
Biz qanday darsliklar bilan ishlashni istayapmiz? Albatta, dastur asosida tuzilgan, ta’lim mazmunini aks ettiruvchi o‘quv materialini ham, uning o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilish usullarini ham, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi uchun zarur sanalgan tahlil (analiz), umumlashtirish (sintez) uchun materialni ham, o‘quv materialidagi tarqoq hodisalarni bir-biriga bog‘lovchi qonuniyatlarini ham o‘z ichiga olgan, bir so‘z bilan aytganda, ta’lim oluvchi uchun ma’lum miqdordagi bilimlarni, malaka, ko‘nikma, odatlarni o‘ziga singdirish uchun tayanch manbani istayapmiz.
Darslik (muayyan o‘quv predmeti ta’limidan kutayotgan natijamizga qarab) ta’lim maqsadi, mazmuni va usuli bilan uzviy bog‘liqlikda har xil bo‘ladi. O‘quvchiga qoida-yu ta’riflar asosida ma’lum miqdordagi bilimlarni berishga mo‘ljallangan darslik o‘quvchi o‘zlashtirishi nazarda tutilgan bilimlar va hosil qilinishi kerak bo‘lgan malaka hamda ko‘nikmalarni deyarli to‘la qamrab oladi va bu holatda o‘quv materiali, asosan, darslik bilan cheklanadi. Maqsad bitta: o‘quvchi darslik materialini bilsa bas. Bunday darslik bilan ishlash tom ma’nodagi ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi.
Darslik topshiriqlar tizimida o‘quvchining mustaqil izlanishi uchun yo‘llanmalar berib borganda, ta’lim oluvchining axborot banklariga doimiy murojaatini talab qilganda, uni ijodiy faoliyatga undagandagina u o‘z maqsadiga erishishi mumkin. Shuning uchun darslik bilan dars davomida ta’lim oluvchi bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlar tizimi(algoritmi)ni va zaruriy o‘quv materialini aralashtirmaslik lozim. Biz hozir darslik deganda ham mavzu talqinini, ham o‘quv materialini, ham ta’lim oluvchi bajarishi lozim bo‘lgan amaliyotlar va ularning tartibini ham, ta’lim oluvchi kelishi kerak bo‘lgan yechim(xulosa)ni ham o‘z ichiga olgan majmuani tushunyapmiz.
Haqiqiy ijodiy tafakkur sohibini shakllantirish va rivojlantirishga mo‘ljallangan darslik yuqorida zikr etilgan darsliklardan farq qilmog‘i lozim; yangi maqsadlar uchun yangi turdagi darsliklar zarur. Eski qolipda yozilgan darsliklardan xalos bo‘lmay, bolalarimizni yangicha fikrlashga o‘rgatish mumkin emas. Yangicha o‘qitishda, ijodiy
tafakkur sohibini yetishtirishda o‘quv materiali darslik materiallaridan ancha keng bo‘lmog‘i shart. Jumladan, ona tilidan darsliklar o‘quvchilarga xilma-xil lug‘atlardan (axborot banklaridan), qomuslardan, ma’lumotnomalardan, maktabda o‘qitiladigan boshqa o‘quv predmetlari bo‘yicha olgan bilimlari va ma’lumotlaridan, tajribali kishilar(o‘quvchilarning yaqinlari)dan qo‘shimcha material olishga, bu — darslikda berilmagan material ustida ijodiy ishlar tizimini loyihalashtirgan taqdirdagina ko‘zlagan maqsadiga erisha oladi. Aks holda, u o‘quvchi oyoq-qo‘liga kishan, tafakkuriga g‘ov bo‘ladi.
Bu borada amaldagi yangi 8-sinf “Ona tili” darsligida bir qadar ijobiy o‘zgarishlar seziladi. Darslikdagi milliyligimiz zaminidan uzilmagan, tarbiyaviy ahamiyati beqiyos matnlarning, fikr-u mulohazalarning o‘quvchi hukmiga havola etilishi, shuningdek, “behuda qoidabozlik”larning 5-, 6-, 7-sinf “Ona tili” darsliklariga nisbatan o‘rtacha uch barobar qisqargani, baralla aytish zarurki, quvonarli hol.
Yangi maqsadga yangi turdagi darslik, yangicha mazmun, yangicha usul va vositalar olib kelishi va yangi shaxsni — tadbirkor, axborot manbalarini chuqur biladigan, undan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni tez topa oladigan, bu ma’lumotlar ichida o‘zi yashab turgan muayyan sharoit uchun eng qulay va serunumidan foydalana oladigan tezkor tadbirkor shaxsni yetishtirishni ta’minlashi mumkin. Shuning uchun yangi darsliklar mashqlar majmuasidan emas, balki topshiriqlar tizimidan iborat bo‘lmog‘i kerak. Lekin bunday darslik bilan ishlash uchun ta’lim ishtirokchilari ona tilidan ta’lim jarayonida zarur bo‘lgan axborot banklari bilan to‘la ta’minlangan bo‘lishi kerak.
“Ma’rifat” gazetasining joriy yil 19-fevral soni “Ona tilimizning nufuzini oshirish mavsumiy masala emas” shiori ostida to‘laligicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosiga bag‘ishlanganligi kishini sevintiradi. Shu sondagi bir maqolada: “Bu vazifalar(8-sinf yangi “Ona tili” darsligi topshiriqlari — izoh bizniki)ni bajarish uchun “O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” zarur. Muammo shundaki, bu kabi lug‘atlar o‘quvchilar tugul, hatto ko‘pchilik o‘qituvchilarda ham yo‘q! Internetdan topib yoki elektron nusxalardan foydalanish mumkin, ammo ulardan dars jarayonida foydalanish uchun hamma o‘qituvchida yoki maktablarda imkoniyat mavjudmi?!” degan mulohaza meni o‘ylantirdi. Negaki, bugun maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallab tayyorlangan lug‘atlarning 10 dan ortig‘i amalda. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (5 tomli)dan tortib “O‘zbek tili paronimlar lug‘ati”gacha yuzga yaqin lug‘at-u qomuslarning elektron nusxasi internet tizimida joylashgan. Shukurki, ularni istagancha saqlab olish imkoniyatimiz bor. Albatta, bu imkoniyat o‘quvchida ham bor.
“Shaharda hamma sharoiti muhayyo-da, gapiraveradi”, degan mulohazaga bormang. Yurtboshimiz tashabbusi bilan eng chekka qishloq maktablarida ham kompyuter sinflari tashkil etildi. Siz shu maktab kompyuterlari xotirasiga hech bo‘lmasa, ellikta lug‘atning elektron shaklini joylay oldingizmi? Ona tili mashg‘ulotlarini kompyuter sinflarida o‘tishga harakat qilib ko‘ryapsizmi? E’tibor bering. Dars payti o‘quvchingiz bir nafasgina bo‘sh qoldi deguncha telefoniga qarab oladi. Nega biz o‘quvchimizning telefoni xotirasiga o‘zbek tili lug‘atlarini joylay olmayapmiz? (Axir ingliz tili o‘qituvchilari buni yaxshi uddalashyapti-ku?!)
Muammolar bisyor. Biz hammamiz birgalashib muammolar yechimini izlashga harakat qilmayapmiz. (Chamamda, o‘zimizni harakat qilayotganga o‘xshab ko‘rsatyapmiz, xolos.)
Bugun maktab darsliklarini tanqid qilishga ko‘nikib qoldik. Bu qaysidir jihatdan yaxshi. Ammo dunyoda eng qiyin yumushlardan biri — darslik tayyorlash. Sababki, tayyorlagan mahsulotingdan ming-minglab kishi foydalanadi. Ta’lim oluvchi sen darslikda “chizgan chiziq” asosida bilim oladi va uning natijasi kamida 10–15 yilda jamiyatda “balqib chiqadi”. Masalan, maktab ona tili mashg‘ulotlari o‘z vazifasi — barcha darslar amaliy xarakterda bo‘lib ularda o‘quvchini so‘z mantig‘ini anglash, so‘z va birikmalarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish malaka va ko‘nikmalarini, shuningdek, sharqona nutq odobini o‘rgatish o‘rniga qoidabozlikka o‘tib ketdi. (Go‘yo maktab partasida o‘tirgan hamma o‘quvchi tilshunos bo‘lishi shartday?!) Natija nima bo‘ldi? Natijada ona tili mashg‘ulotlari hayotdan deyarli uzilib qoldi. O‘quvchi tarbiyasidagi o‘rnini boy berdi…
Zero, umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan ona tili darslari o‘quvchiga tilshunoslik asoslarini emas, tilning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishni, ya’ni tilni o‘rgatishi zarur.
Shu o‘rinda Respublika ta’lim markaziga ham ba’zi e’tirozlarimiz bor. Nega darsliklar tuzishda rivojlangan mamlakatlar(masalan, Yaponiya, Turkiya, Fransiya, Rossiya va b.)ning tajribalari maxsus o‘rganilmayapti? Nega maktab darsliklarini tuzish va amaliyotga tatbiq etish tanlovlari anonim tarzda o‘tkazilmaydi? (Ya’ni tayyorlangan darslik mutaxassis-ekspert tekshiruvidan keyin alohida tanlab olinmagan maktabning eksperiment sinfi amaliyotida omilkor o‘qituvchilar tomonidan (mualliflari sir saqlangan holda) sinab ko‘rilmayapti?) Nega yangi darsliklarning mualliflari kim bo‘lishi avvaldan ma’lum? “Maktab darsliklarini tayyorlashga faqat soha olimlari yoki professorlar haqli” degan yozilmagan, ammo rad etilmayotgan qonunlardan voz kechish payti allaqachon yetmadimikan?! Bugun darsliklar tuzish borasida “kim deganiga emas, nima deganiga boq”aylik.
Siz bugun maktab “qozonida qaynayapsiz”. O‘quvchiga nima kerakligini boshqalardan ko‘ra SIZ ko‘proq his etasiz. Nega yangi avlod darsliklarini tuzishga kirishmaysiz?! Juda boy tilning egasimiz. E’tibor bering-a, birgina go‘zal qiz birikmasi takibidagi go‘zal so‘zini qancha ma’nodoshi (yoki ma’no nozikligida farq qiluvchi muqobili) bilan almashtira olamiz: chiroyli qiz, bejirim qiz, xushbichim qiz, husnli qiz, husndor qiz, xushro‘y qiz, ko‘rkam qiz, ko‘hlik qiz, barno qiz, suluv qiz, nazokatli qiz, latofatli qiz, deganday qiz, zebo qiz, sohibjamol qiz, ketvorgan qiz, tamtam qiz… Hali bu sirani yana davom ettirish imkoni bor…
Onadek mo‘tabar tilimizning ta’limi bilan shug‘ullanayotgan jonfido muallim-u muallimajonlar.
Bugun qo‘l qovushtirib o‘tirmasdan bolalarimiz uchun ona tili darslarida zarur bo‘lgan ta’limiy vositalarni birgalashib tayyorlaylik. Chunki O‘zbekiston bolalari hammamizning farzandlarimizdir.
BuxDU filologiya fakulteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
Ona tili ona tili, 5-sinf qoidalari
majlislar, ish qog’ozlari, asosan, o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi.
Ma’lum bir fikrni ifodalash uchun so’zlarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bir-biriga bog’lab, gap tuzamiz.
So’zlarni bir-biriga bog’lanishi, gap va uning turlarini o’rgatadigan tilshunoslik bo’limiga sintaksis, tinish belgilari
va ularni yozma nutqda to’g’ri qo’llash yo’l-yo’riqlarini o’rgatuvchi tilshunoslik bo’limiga esa punktuatsiya
2.1.Baliqchi chol oltin baliq ushlab oldi. 2. Sevinibdi. Bularning har ikkisi gap, lekin birinchisi bir necha so’zdan,
ikkinchisi esa faqat bitta so’zdan tashkil topgan. Ularning har ikkisi uchun muhim narsa kesimlarning mavjudligi,
tugallangan ohang bilan aytilishi va fikr ifodalashidir. Ana shu belgisi bilan gap so’z va so’z birikmasidan farq
3.Ohang va fikr tugalligiga ega bo’lib, kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi so’z va so’zlar qo’shilmasiga gap
deyiladi. Masalan: Vohid o’rnidan turdi. Yozuvda gap oxiriga nuqta, so’roq yoki undov belgilaridan biri qo’yiladi
va har bir gap bosh harf bilan boshlanadi.
4.Gapda so’zlarning bog’lanishi: so’zlarning bog’lanishi ikki xil bo’ladi: teng bog’lanish va tobe bog’lanish. Olma
va o’rik shaklidagi bog’lanish teng bog’lanish, olmani yemoq shaklidagi bog’lanish esa tobe bog’lanish sanaladi.
5.So’z birikmasi. Ikki so’zning biri tobe, ikkinchisi hokim tarzidagi bog’lanishi tobe bog’lanish deyiladi. Tobe
bog’lanishda doimo ikkita qism: tobe va hokim so’z bo’ladi. Tobe so’z hokim so’zga bog’lanadi. So’roq hokim
so’zga qarab beriladi. So’roqqa javob so’z tobe qism sanaladi. Masalan: Ozod, obod, maftunkor, beqiyos tobe
o’lkam hokim.
6. Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra to’rt xil shakli bor: a) darak gap; 2) so’roq gap; 3) buyruq gap; 4) istak gap.
7.Darak gap. Darak gapda biror voqea-hodisa haqida xabar beriladi. Shuning uchun darak gaplarning kesimi darak-
xabar ma’nosini bildiruvchi so’zlar yordamida ifodalanadi. Masalan: Vatanimizning har bir qarich yerini qadrlaymiz.
Darak, xabar ma’nosini bildiruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi. Darak gaplar oxiriga yozuvda doimo nuqta
8.So’roq gap. So’roq ma’nosini bildirgan gaplar so’roq gaplar hisoblanadi. So’roq gaplar so’roq olmoshlari (kim,
nima, qancha kabi), so’roq yuklamalari ( -mi, -a (ya), -chi) yoki so’roq ohangi yordamida ifodalanadi. Masalan: –
Tunda yo’lga chiqamiz. – Tunda? Yozuvda so’roq gap oxiriga so’roq (?) belgisi qo’yiladi.
So’roq olmoshlari yordamida ifodalangan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi. Masalan: –
Ko’chatlarga kim suv quydi? – Salim.
So’roq yuklamalari yordamida ifodalangan so’roq gaplar ha yoki yo’q javoblarini talab qiladi. Yozuvda -mi
yuklamasi qo’shib yoziladi: senmi?; -chi va -a (ya) yuklamlari esa o’zi qo’shilayotgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib
yoziladi: sen-chi?
9.Buyruq gap. Buyurish, da’vat qilish ma’nolarini bildirgan gaplar buyruq gap hisoblanadi. Masalan: Chiroyli yoz.
Buyruq gaplarning kesimi buyruq shaklidagi fe’llar orqali ifodalanadi. Buyruq gap oxiriga nuqta qo’yiladi.
10.Istak gaplar. Kesimi -sa shaklidagi fe’llar orqali ifodalangan gaplar istak gap hisoblanadi. Masalan: Xorijiy
tillarni yaxshi o’rganib, chet ellarga o’qishga borsam. Istak gaplar oxiriga nuqta qo’yiladi.
11.His-hayajon gap. Gaplar so’zlovchining his-hayajon qo’shilishi yoki qo’shilmasligiga ko’ra his-hayajonsiz
gaplar va his-hayajon gaplarga bo’linadi. His-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so’roq, buyruq shaklidagi gaplar
his-hayajon gaplar sanaladi. Masalan: Ey Vatan! Polvonlaring bor bo’lsin! Uyg’oq bo’lsin! His-hayajon gaplarda
ko’pincha qancha, naqadar, shunchalar, qanday so’zlar hamda undov so’zlar ishtirok etadi yoki kesim gapning
Ona tili fanidan 5, 6, 7, 8 va 9 – sinflar uchun dars ishlanma rejalari to’plami
Mazkur dars ishlanmalar to’plami ya’ni konspektlar o’rta ta’lim maktablarining 5 – 9 sinf o’qituvchilari uchun mo’ljallangandir. Bu konspekt Ona tili fanidan bo’lib uni hamkasblarimiz o’z darslarida ishlata oladilar. Barcha choraklar bor. Konspekt suratlar bilan boyitilmagan. To’plamni to’liq holda olish uchun telegram dasturi orqali @sadikovuz ga murojaat qiling!
Ginnes.Uz
Facebook guruh:
При публикации информации из моего веб сайта на другие сайты обязательно указывать адрес сайта www.sadikov.uz. © Sadikov.Uz
Аудио, видео и документальная информация в моем сайте принадлежат своим владельцам. Они сохраняют свои авторские права. Информация размещена на сайте с целью ознакомления. Пожалуйста, уважайте работу авторов. Если Вы являетесь автором материала или обладателем авторских прав на него и против его использования или Ваше авторство не было указано на сайте, пожалуйста свяжитесь с по адресу uzbeknasim@yahoo.com
Предложения рекламы или обмен баннеров: @sadikov_uz
Для контактов: uzbeknasim@yahoo.com
Telegram: @sadikovuz
Qiziqarli malumotlar
5 6 sinf ona tili qoidalari