40 yoshdan oshgan erkaklarni salomatlik borasida qanday xavflar bezovta qilishi mumkin? haqida malumot

40 yoshdan oshgan erkaklarni salomatlik borasida qanday xavflar bezovta qilishi mumkin? haqida malumot

Har bir inson yoshi ulgʻayishi bilan oʻz sogʻligi haqida jiddiy oʻylashi kerak. Shifokorlar hayotingizni uzaytiradigan va sogʻligingizni himoya qiladigan oddiy hayot qoidalarini tavsiya qiladi. Ayniqsa 40 yoshdan oshgan erkaklar bunga alohida eʼtibor qaratmoqlari lozim. Qirq yoshdan keyin erkaklarda bir nechta halokatli holatlar boʻlishi kuzatiladi. Ular allaqachon patologoanatomlarga yaxshi tanishdir.

40 yoshdan oshgan erkaklar salomatligi min
40 yoshdan oshgan erkaklarni salomatlik borasida qanday xavflar bezovta qilishi mumkin? haqida malumot 3

Siz ham oʻzingizni tekshirib koʻringchi, ehtimol sizda ham quyidagi halokatli holatlar mavjud boʻlishi mumkin. Patologlardan 40 yoshdan oʻtgan erkaklar sogʻligidagi buzilishlar hamda oʻlimga olib keluvchi omillarni soʻrashsa bular asosan — ortiqcha vazn, arterial gipertoniya, 2-tip qandli diabet va qon tomir aterosklerozini aytishadi. Bunga yana beshinchisi – dangasalikni qoʻshsa boʻladi.

Qorin hajmini kichiklashtiruvchi, qondagi qand va xolesterin miqdorini moʻtadillovchi, umuman olganda sogʻligingizni yaxshilashga yordam beradigan oddiy va samarali jismoniy mashqlar mavjud.

Ortiqcha vazn

Yillar davomida tabiiy ravishda yogʻ toʻplanib boradi. 40 yoshga kelib 18% faol mushak oʻrniga qon tomir va muskullarning meʼyoriy ishlashiga toʻsqinlik qiluvchi yogʻ qatlamlari oʻsadi. Shundan keyin insonlar ushbu holatlardan qutulish maqsadida parhez, ochlik yo yugurish bilan mashgʻul boʻlishadi.

Ortiqcha vazndan xalos boʻlishni ixtiyor qilgan boʻlsangiz “OZISH ” rukni orqali berib boriladigan maslahatlarimiz, bu yoʻlda sizga koʻmakchi boʻlishi mumkin.

Qandli diabet

Bu dard bilan kasallanganlarda qon aylanishi yomon boʻladi. Kapillyarlardagi qon oqimini yaxshilash uchun mushaklarni koʻp harakatlantirish kerak, buning uchun jismoniy mashqlardan foydalanmoq darkor. Yalangoyoq yurish, tovonni koʻtarib tushirish, oyoq barmoqlarini bukib-yozishlar tavsiya etiladi.

Qandli diabet kasalligida ovqatlanish tartibi borasida «Qandli diabetda ovqatlanish tartibi», kasallikda qoʻllaniladigan davolovchi mashqlar haqida esa «Qandli diabetda davolovchi mashqlar» maqolasi orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Ateroskleroz

Bu jismoniy kamharakat shaxslarda qon oqimi sustligi tufayli xolesterin qon tomirlarining ichki yuzasiga oʻtirib qolishidir. Qon tomirining ichki devorlari torayishi bilan undan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan qon hajmi ham kamayadi.

Va oʻz navbatida bu tomir qon bilan taʼminlaydigan aʼzo ham, qon orqali normadan kamroq oziq-moddalar va kislorod ola boshlaydi. Natijada aʼzo oʻz vazifasini toʻliq bajara olmaydi, oziq-moddalar yetishmasligi sababli asta-sekinlik bilan, toʻqimalari oʻladi.

Gipertoniya

Bu arterial qon bosimining 140/90 mm simob ustunidan yuqori boʻlishi. Bunda qon tomirlarining nerv-funksional faoliyati buzilishi kuzatiladi. Yuqori qon bosimi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan xastalangan kishilarning oʻlimiga sabab boʻluvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi.

Dangasalik

Dangasalik kamharakat, koʻp yotadigan insonlarning, buni oqibatida oʻziga turli xil kasalliklarni toʻplaydigan odamlarning doimiy ruhiy holatidir. Dangasalik — bu yuqoridagilarning barchasi. Bu ortiqcha vazn, qon bosim, diabet, shuningdek aterosklerozdir.

Muammoning yechimi

Aynan 40 yoshdan keyin erkaklarning sogʻligʻini saqlash uchun uchta asosiy vazifa mavjud:

Aerobik mashqlar

Aerobik mashqlar – buning uchun xaftada 3-marta yaxshi terlash holatiga qadar yurish,
yoki kardiotrenajorda mashq qilish, velosiped minish, suzish, kamida 15 daqiqa davomida skandinavcha yurish. Agar bu mashqlardan soʻng yurak urish soni daqiqasiga 140 zarba boʻlsa xavotirga oʻrin yoʻq — bu normal holat hisoblanadi.

Ratsional ovqatlanish 

Ratsional ovqatlanish — ochlik va ishtahani boshqarish qobiliyati. Hech qachon istamaganingizda ovqatlanish uchun oʻtirmang va oʻta toʻyib ovqat isteʼmol qilmang. Buning uchun ovqatlanishdan avval meva qabul qilish maqsadga muvofiq. Agar siz soat 22 da yotib uxlashga odatlangan boʻlsangiz, unda soat 18 dan keyin ovqatlanish zararli ekanligini unutmang.

Jismoniy mashqlar

Faqat jismoniy mashqlargina yogʻni sarf boʻlishi, yerishiga yordam beradi. Shuning uchun jismoniy yuklamalar yordamida mushaklardagi yogʻlarning sarf boʻlishiga erishmoq kerak. Koʻp vaqt oʻtirish qon aylanishi buzilishiga hamda oyoq va qorin mushaklar faoliyatini yetarli ishlamasligiga olib kelgani bois gipertoniya 40-45 yoshdan oshgan erkaklarda avj oladi.

Shuning uchun ushbu sohalarda qon aylanishini yaxshilash maqsadida: oʻtirib turish va tanani orqasi bilan yotgan holatda gavdani koʻtarib tushirish mashqlarini bajarmoq kerak. Sizga har kuni boshdan-oyoq sovuq dush qabul qilishni maslahat beraman.

40 yoshdan keyin ham sogʻlom boʻlishni xohlaysizmi? Unda oʻzingizni majburlashingiz kerak. Dangasalikka yoʻl qoʻymang. Yuqorida tavsiya etilgan va shunga oʻxshash mashqlarini bajaring va sogʻlom turmush tarzini olib boring!

Kasalliklar
40 yoshdan oshgan erkaklarni salomatlik borasida qanday xavflar bezovta qilishi mumkin?