4-sinf matematika darsligining soxta nusxasi tarqalmoqda. Rasmiylar vaziyatga oydinlik kiritdi
ISOQOVA GULNOZA KARIMJONOVNANING
2-sinf matematika fanidan dars ishlanma
Kerakli jihozlar: darslik, dars ishlanma, kompyuter, proyektr, tarqatmalar, mavzu yuzasidan plakatlar.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzu bayoni
Darsning borishi
Tashkiliy qism : O ’ quvchilarning matematika darsiga tayyorgarligini tekshirib , o ’ quv qurollari va darsliklarini nazoratdan o ’ tkazish . Aylanma daftarlarni almashtiri , uy vazifasini bajarilishi yuzasidan tahlil o ’ tkazish va kerakli ko ’ rsatmalar berish . Savol- javob o’tkazaman:
-O’quvchilar, qani kim aytadi, 2015-yil qanday nomlangan edi?
-keksalarni e’zozlsh yili.
2016-yil qanday nomlanar ekan?
-Sog’lom ona-sog’lom bola yili.
Qani o`quvchilar endi matematika fanining rivojlanishiga o`zining ko`plab xissalarii o`shgan buyuk matematik olimlarimizni eslab o`taylikchi, qani qaysi matematik olimlarimizni bilamiz?
-Muso Al Xorazmiy, Mirzo Ulug`bek, Al-farg`oniy, Al-Beruniy
Juda yaxshi o`quvchilar, bizlar ham ular kabi buyuk matematik bo`lishga harakat qilishimiz lozim. Buning uchun albatta a’lo o`qishimiz, darslarni diqqat bilan tinglab, faol qatnashihsimiz lozim.`
Oq`quvchilar Beruniy bobomiz birinchilardan bo’lib ona sayyoramizning kichik maketini–yani globusni yasaganlar. Bu inson matematik bo`lsh bilan birga yer yuzasini o`rganish bo`yicha ham juda ko`plab ishlarni amlaga oshirganlar. Ha, aytgancha o`quvchilar bugun aprel oyining 22-kuni xalqaro miqiyosda Ona-sayyoramiz kuni sifatida nishonlanar ekan. 2009 yil BMT tomonida e`lon qilingan bo`lib, u bizning umumiy uyimiz va uni juda ham ehtiyot qilishimiz lozim shiori ostida bu bayram o`tkaziladi. Mana o`quvchilar bugungi kun haqida ham biro z bo`lsada ma’lumotlarga ega bo`ldingiz.
Endi darsimizni boshlaymiz. O’tgan darsda biz qanday mavzu o’tgan edik?
Asosiy qism: O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’tilgan mavzu: 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish yuzasidan misol va masalalar bajarish.
O`quvchilar guuhlarga bo`lib olinadi.
– O’quvchilar, bugun guruhlarga bo’linib, musobaqa tarzida darsni tashkil etamiz. Keling guruhlarga bo’linib olamiz. Guruhlarni nomlash uchun yuqirida tilga olib o`tgan
matematik bobokolonlarmiz nomlaridan foydalanishimiz mumkin.
Guruhlarni Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Al-Farobiy bilan nomlari nomlanadi.
Ilgari ham biz siz bilan musobaqa tarzida daslarni o`tganmiz o`quvhilar. Bugun ham huddi shu tarzda musobaqa tarzida darsni tashkil etiladi.
Buning uchun siz berilgan topshiriqlarni chaqqonlik va epchillik bilan ahillikda birinchi bo`lib bajarishlaringiz lozim. Topshiriqlarni bajarishda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`bat kartochkalari bilan baholanib boradi. Birinchi bo`lib bajargan guruh esa alohida rag`bat kartochkasini qo`lga kiritadi. Har bir o quvchi o`z guruhiga rag`bat karochkasi olib kelish uchun astoydil harakat qilishi lozim. Demak darsni boshladik.
Birinchi topshiriq o`tilgan mavzu yuzasidan bo`ladi. Oquvchilar sizlarning qo’`lingizda magnitli sonlar va magnitni yopishtirish uchun patnis turibdi. Har bir guruh a’zolari shu patnisda berilgan misollarni navbati bilan yechishlari lozim. Birinchi bo`lib bajargan guruh g`olib sanaladi va rag`bat kartochkasini qo`lga kiritadi. Qani boshladik. Endi guruhlar mana shu yozgan misollaringizga og`zaki masala tuzing. Har bir guruh o`z masalasi blan tanishtirsin.
Guruhlar masalasi tinglanib, g`ollib guruh baholanadi va rag`bat kartochkasi bilan taqdirlanadi.
Hurmatli guruh a`zolari sizlarni yanada faol bo`’lishga chorlab qolaman. Juda yaxshi harakat qildingiz. Endi diqqatingizni bugun o`tiladigan mavzuga qarating. Bugungi mavzu: 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish jadvali. Slayd orqali mavzu namoyish etiladi.
O`quvchilar biz siz bilan 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish yuzasidan misol masalalr bajargan edik. Bugun 5ga ko`paytirish jadvali bilan tanishamiz.
Doskada ko`rgazmalar asosida 5 sonini bir necha marta qo`shiv 5ga bo`lish amallari tushuntiriladi.
Darslikda berilgan misollar asosida slayd orqali 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish jadvali namoyish etiladi.
– Oquvshilar eslab olaylik ko`paytirishga qanday tarif beramiz?
– Bir hil sonlarni qo`shish.
– Juda yaxshi. Bu yerda oquvchilar, 5 soni nimani bildiradi?
– Necha marta qo’shilganini.
– Mana bu yerda 6*5=30 ifoda berilgan. Demak o`quvchilar 5*6=30 b`olgani uchun 6*5=30 buni hamma tushundimi?
– Juda yaxshi, barakalla!
– Endi O`quvchilar darsligimizda berilgan 2-misolni bajaramiz. Buning uchun tayyor turing har bir guruhda 1o`quvchi bittadan misolni doskada bajaradi. Qaysi guruh misollarni birinchi bo`lib bajarsa ushbu guruh go`lib hisoblanadi.
O`quvchilar dokada misollarni bajaradilar. Birinchi va xatosiz bajargan guruhlar g`olib bo`ladi. Misol Slayd orqali namoyish etiladi
3-masala. Masala ham musobaqa tarzida yechib boriladi. Uch guruhdan 3ta o`quvchi belgilab olinadi va ushbu o`quvchilardan qaysi biri masalani birinchi bo`lib bajarsa ushbu o`quvchining guruhi g`olib hisoblanib baholanadi. Slayd № 5
4-misol. Jadval slayd orqali namoyish qilinadi. O`quvchilar esa jadvalni to`ldirishda magnitli sonlardan foydalanadilar. So`nga ular jadvaldagi bajargan amallarini ingliz tilida aytib beradilar. Slayd № 6
Guruhlarda birinchi bo`lib bajargan o`quvchilar g`olib deb topiladilar.
5-masalani bajarish uchun 3 ta guruhda har bir o`quvchiga tasma beriladi.
Ular 9 smli tasmani teng 3 qismga bo`ladilar. Qaysi guruhda ushbu vazifani eng ko`p o`quvchi to`g`ri bajargan bo`lsa ushbu guruh g`olib bo`ladi.
Oquchilarni baholash va mavzuni yakunlash:
O`quvchila mana mavzuni yakunladik. Endi g’olib guruhna aniqlash vaqti kedi. Qani qolingizdagi rag`bat kartochkalarni hisoblang. Nechta 5 va nechta 4 baholar oldingiz.
Karra jadvalidan foydalanib baholaringizni jami necha bo`lishini aytingchi?
O`quvchilar ballarni hisoblab bo`lgach, G`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa 6-7 misol masala . Masala vamisolni bajarilishi yzasidan ko`rsatm berib darsni yakunlayman
ANGREN SHAHAR
18-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI
ISOQOVA GULNOZA KARIMJONOVNANING
“5 ni ko`paytirish va 5ga bo’lish” mavzusida
Matematika fanidan
bir soatlik
Angren-2015-201 6 o’quv yili
4-sinf matematika darsligining soxta nusxasi tarqalmoqda. Rasmiylar vaziyatga oydinlik kiritdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 4-sinf matematika darsligining soxta nusxasi tarqalgani jamoatchilikning bahs-munozaralariga sabab bo`lmoqda. Mazkur masala yuzasidan Respublika ta`lim markazi munosabat bildirdi.
Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Respublika ta`lim markazi ijtimoiy tarmoqlarda 4-sinf matematika darsligi deya tarqatilayotgan turli fikr va skrinshotlar yuzasidan tekshirishlar o`tkazdi.
Mazkur darslik dastlab 2011 yilda chop etilgan bo`lib, uslubiy g`alizliklar tufayli jamoatchilik tomonidan ko`p marotaba e`tirozlarga sabab bo`lgan edi.
Biroq bu xato va kamchiliklar yillar davomida bartaraf qilinmagan.
Joriy yilda darslik etakchi ekspertlar ishtirokida tahlil qilinib, mutaxassislar va keng jamoatchilikdan @darslikka_taklif_bot kanaliga kelib tushgan takliflar asosida nashrga qayta tayyorlandi.
Ayni paytda darslikning o`zbek tilidagi original maketini o`rnatilgan tartibda tasdiqlash ishlari davom etmoqda. Ya`ni 4-sinf matematika darsligi hali boshqa tillarga tarjima qilinmagan.
Xususan, darslikning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan soxta nusxalarda aks etgan rus tilidagi maketi hali tayyorlanmagan.
Respublika ta`lim markazi darsliklarda kuzatiladigan xato va kamchiliklar, ularni takomillashtirish bo`yicha takliflar @darslikka_taklif_bot orqali qabul qilinishini eslatgan holda, jamoatchilikdan darsliklarga nisbatan uyushtirilayotgan maqsadli axborot xurujlariga ishonish va ularni tarqatishdan avval, bu ma`lumotlarga nisbatan tanqidiy yondashishni so`raydi.
2-sinf Matematika fanidan to’garak konspekti 2022-2023
Mazkur sahifada 2-sinf Matematika fanidan to’garak konspekti 2022-2023 faylni pastroqda “Yuklab olish” tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material DOC formatda bo’lib, 5.74 MB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.
Bo’lim: | Konspektlar |
Versiya: | 3 |
Hajmi: | 5.74 MB |
Fayl turi: | application/msword |
Ko’rishlar: | 1509 marotaba |
Ko’chirishlar: | 461 marotaba |
Yuklovchi: | Ustoz |
Yaratilgan: | 04-09-2022 |
Yangilangan: | 04-09-2022 |
Teglar: | 2022-2023 |
Yuklab olish
Fayl hajmi: 5.74 MB
Sifat bizning ustunligimiz! 2-sinf matematika fanidan to’garak konspekti 2022-2023 faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek konspektlar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.
Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein
Qiziqarli malumotlar
4-sinf matematika darsligining soxta nusxasi tarqalmoqda. Rasmiylar vaziyatga oydinlik kiritdi