4 sinf barcha darsliklar
O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
4 sinf darsliklari
4 sinf darsliklari смотреть последние обновления за сегодня на .
Kasrlarni qoʻshish va ayirish. 4-sinf matematika. #math. #maths #Kasrlarni_qoʻshish_va_ayirish
Bir xil maxrajli kasrlarni qoʻshish va ayirish mavzusi. 4-5 sinfda bemalol foydalanish mumkin. Agar biror mavzuda videorolik yoki slayd qilishga qiynalsangiz, telegramdagi intellekt37 ga murojaat qiling, arzon va sifatli qilib tayyorlab beramiz. #4-sinf_matematika #boshlangʻich_sinf #5-sinf matematika #boshlangʻich_sinf Obuna boʻlib, like bosishni unutmang azizlar, sizdan 1 ta foyda shu bizga, oldindan rahmat telegram kanalda videolarning slayd varianti bor.
Guess what!4- sinf.Workbook,Unit4,/ 42-43betlar.
Qani darsni e’tibor bilan kuzatib oʻz vaqtida vazifalarni bajarib,aʼlo baholar bilan ota- onamizlarni hursand qilamizmi?Omad hammaga!!
4-sinf 1 dars O’QISH 4-sinf rustili. рус тилини урганамиз. УЧИМ РУССКИЙ
Тема: УЧЁБА 1 видео урок по учебнику 4 класс #Русский язык (для #узб школы). Ташкент. #Rustilimaktabda #4klassrusskiyyazik #4sinfrustili #4klass #russkiyklassi #ozbeksinflari #uzbvideo #darsliklar #4sinfrustili #maktabda
КАК СТЕРЕТЬ ДВОЙКУ ИЗ ДНЕВНИКА. 10 ЛАЙФХАКОВ!
КАК СТЕРЕТЬ ДВОЙКУ ИЗ ДНЕВНИКА. 10 ЛАЙФХАКОВ! Топ лайфхаков. Самое лучшее решение. 10 способов как стереть двойку из дневника. Как быстро стереть двойку из дневника. Как незаметно стереть двойку из дневника. Школьные лайфхаки. Лучшие лайфхаки для школы.
Qagozdan har xil narsalar yasash 2020
JUDA OJOYIB SIZGA ALBATTA FOYDASI TQGADI
2-sinf o’quvchisi O’qituvchisini sharmanda qildi
2-sinf o’quvchisi O’qituvchisini sharmanda qildi Biznu kuzatib boring! Kanalga obuna bo’lishni unutmang #sharmanda #uydaqoling #bolalar #san’at #talant #Bolalaruchun
ONLAYN MAKTAB 4 SINF 29 09 2020
29 сентябрь куни 4-синф учун эфирга узатилган дарслар: ― Ўқиш ― Математика ― Рус тили
Ona tili 4 sinf son so’z turkumi
MATEMATIKANI 0 DAN O’RGANISH || MATEMATIKANI BOSHIDAN O’RGANISH || BOSHLANG’ICH TUSHUNCHALAR|KIRISH
Assalomu aleykum Ko’p qismli video kurslarimizni Barcha qisimlarini quyidagi havola orqali topasiz Havola ustiga bosing va sifatli video kurslarimizni eduon platformasi orqali tomosha qiling Eduon platformada siz 5-sinflar uchun darslarimizni va To’plam bo’yicha tayyorlanish ko’p qismli kurslarimizni topasiz Barchangizga omad ilm o’rganishda va yuksalishdan aslo charchamang
Online maktab 4-sinf dars 3-fevral 2022 yil. (3.02.2022)
3 февраль куни 4-синф учун эфирга узатилган дарслар: ― Она тили ― Математика ― Рус тили ╔═════════════════════════════╗ Web sayt: bellashuv.uz kamolov.uz E-mail: mansurjonkamolov.uz mansurjon1112gmail.com Tel: +998912511112 Telegram: mansurjon1112 ╚═════════════════════════════╝
4-sinf Matematika 22.04.2020
Shohruh Sadullayev ENG YAXSHI HURMAT LIKE VA OBUNA ▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬ ХОРОШАЯ БЛАГОДАРНОСТЬ LIKE И ПОДПИСКА
Online darslar Online maktab 4-sinf 10.11.2020
Obuna bo’ling do’stim O’rtog’imni kanali Telegram kanalimiz Instagram
4-синф. Математика дарси. 13.05.2020 й.
#4sinf #4sinfmatematika #ozbeksinflari Видеодарслар. 4-синф. Математика дарси. 13.05.2020 й.
“Yo’l harakati qoidasi” 1-2-3-4- sinf darsliklari | Bolalar uchun| 2021-2022
Qiziqarli matematika | Bolalar uchun multfilm
Qiziqarli matematika | Bolalar uchun multifilm Boshlang’ich (1-4) sinf o’quvchilar uchun “Qiziqarli Matematika” ilk multiplikatsion videorolik. #bolalar_uchun #multfilm
Yashirin so’z metodi
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida Yashirin so’z metodini qo’llash
Quyosh sistemasidagi sayyoralar
Quyosh sistemasi sakkizta sayyora va koʻplab kichik (karlik) sayyoralardan iborat! #quyosh #sistemasi #sayyoralar
Online maktab Online darslar 4-SINF 25-FEVRAL
4-sinf | “Maktab” qo’shig’i. K.Turdiyeva she’ri. J.Abdurahmonov musiqasi. #karaoke
Bu qanday aziz dargoh, Muqaddas bizga har chog’. Bilim deb boshlar yo’lga, Bizlarni tanish yo’lga. Qilasan hisob-kitob, Berasan savol-javob. Qo’lingda daftar qalam, Unda quvonchli olam! Uni so’zlaymiz maqtab, Uni ataymiz-“Maktab!” Unda har kuni quvnoq, Jaranglaydi qo’ng’iroq. O’quvchi, ustoz yurti, Uning ishi-“O’qi, yoz” yurti. O’rgatadi do’stlikka, Doim to’g’ri so’zlikka.
“Atom” innovatsion ta’lim markazida kimyoviy tajriba. “Qo’lda olov yoqish”
Iltimos, video yoqqan bo’lsa, like bosing va kanalga a’zo bo’ling. ⚛️“Atom” innovatsion ta’lim markazi. Xorazm viloyatidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan birinchi o’quv markaz. ✅Yillik 90% dan yuqori o’qishga kirish ko’rsatkichi; ✅Milliy sertifikatda qo’lga kiritilgan buyuk natijalar. ✅Innovatsion uslubdagi amaliy darslar. ✅Sifatli ta’lim Telefon: 90 7198909; 99 748 3888 Telegram kanal: Instagram: #like #urgench #xorazm #chemistry #uzbekistan #education #educational #gas #ogon #kimyo #trend #trending #biology #biologiya #dtm #dtm2022 #no1
Ozbekistonda online dars
Ozbekistonda online dars
Мантикий бошкотирма | Mantiqiy boshqotirma
Дустлар сизлар учун 8 та мантикий саволлар тайорлаб куйганман, комментарияда нештасига тугри жавоб берганингиз хакида йозиб колдиринг ва подписка тугмасини босиб куйишни унутманг. Сизларни бунданда яна кизикарли видеолар кутмокда! #Boshqotirma#Mantiqiytopishmoqlar
3-sinf | Bo‘lish. 4-DARS
3-sinf MATEMATIKA 2022. Komil inson safiga qo’shiling↓↓↓ ► Barcha mavzular↓↓↓ ► #KOMILINSONUCHUN #Yangidarslik #Matematika #Algebra
Rus tilini noldan o’rganing|1-dars |русский язык для начинающих| русский язык 1-урок
Рус тили дарслари, Рус тили Ассалому алайкум кадирли обуначилар. Сиз ушбу дарсимиз оркали рус тилини тез ва осон урганиб оласиз. Рус тили грамматикасини урганиб, рус тилида сузлашишни хохласангиз РУСИСТЫ каналидаги барча видео дарсликларни кузатиб боринг. Рус тилида энг куп ишлатиладиган гаплар Рус тилида осон гапириш Рус тилини тез ва осон урганиш Русчада гапириш Русча-узбекча лугат Рус тилида энг керакли гаплар Рус тилида энг керакли иборалар Рус тили грамматикасини осон урганиш Рус тили абитуриентлар учун Рус тили болалар учун Рус тили мусофирдагилар учун Рус тилида осон гапириш Рус тилида гапириш Рус тилини киска фурсатда мукаммал урганиб олиш Рус тили Россиядагилар учун Рус тили узбеклар учун Грамматика, Сузлашув, Диалоглар, Сухбатлар #рус_тили #рустили_нольдан #рус_тилини_осон_урганиш #русский #изучать_русский_язык #русский_язык #лугат #словарь #1дарс_рустили #рустили_1дарс #рустилинольдан #нолдан_рус_тили #энг_керакли_гаплар #диалог #сузлашув #урок #уроки_русского_языка #порусски #нарусском #рустили #рустилини #рустилида_гаплар #рустилида_сузлар #rustili #rustilini #rustilida #rus_tilini_noldan_urganing #ruscha #dialoglar #suhbatlatlar Рус тили дарслари, рус тилини нолдан осон ва тез урганиш, рус тили болалар учун, рус тили чет элдагилар учун, рус тили узбеклар учун, рус тили россиядагилар учун
ONLINE MAKTAB 4-SINF 10-FEVRAL
Bepul mental arifmetika – 1 dars | Бепул ментал арифметика – 1 дарс
Bepul mental arifmetika – 1 dars | Бепул ментал арифметика – 1 дарс Pedagoglar uchun Mental Arifmetika kurslari Online do’konimiz: Aloqa uchun: Telegram kanalimiz: Qabulxona: +99899 0028303 iqrokids.uz
Boshlang`ich ochiq dars
Magistratura tanlovi uchun tayyorlandi. Tasvir Murodmedia tomonidan jonlantirildi
ANTI MAKTAB – DARSGA BORMASLIK UCHUN 15 BAHONA
Ўзбек тилида болалар ютуб-контентини ривожлантириш учун донат қилмоқчи бўлсангиз: Humo: 9860 1001 2668 3281 Visa: 4278 3100 2248 2624 Senam menga o’xshab maktabga borishni yoqtirmaysanmi? Kommentlarda o’zing o’ylab topgan eng zo’r bahonalarni yoz!
Online maktab 4-sinf dars 1-fevral 2022 yil. (1.02.2022)
1 февраль куни 4-синф учун эфирга узатилган дарслар: ― Она тили ― Математика ― Инглиз тили ╔═════════════════════════════╗ Web sayt: bellashuv.uz kamolov.uz E-mail: mansurjonkamolov.uz mansurjon1112gmail.com Tel: +998912511112 Telegram: mansurjon1112 ╚═════════════════════════════╝
1- dars. 10 – kun ichida Ingliz tilini órganamiz. Garantiyasi bilan.
☝️1-dars,The English Alphabet,- Ingliz tili Alfabeti, английский алфавит, ☝️Lesson-2, Ingliz-tilida Unlilarni Talafuz qilish qoidasi, ☝️Lesson_3 Unlilar harflarni óqish qoidasi- Transkiripsiyasi. ☝️Lesson – 4, Ingliz-tilida Undosh harflarning òqish qoidasi, ☝️Lesson-5, Ingliz-tilida qósh unlilarning Talafuz qilish qoidasi, ☝️ Lesson-6, Ingliz tilida harf birikmalarning Talafuz qilish qoidasi. ☝️Lesson -7, Ingliz-tilida” C” harfini ” K” va”S” deb talafuz qilish qoidasi, ☝️Lesson – 8 Ingliz-tilida ” Wh ” harf birikmasini Talafuz qilish qoidasi ☝️Lesson-9,. “th”Harf birikmasini Talafuz qilish qoidasi, Ingliz tili gramatika ☝️Lesson-10, Ingliz tilida 1 – 10 gacha sanash , Numbers – Raqamlar ☝️Lesson-11, Kasblarning Ingliz tilida nomlari, ☝️Lesson-12, Personal Pronoun- Kishilik Olmoshlari Possessive Pronoun- Egalik olmoshlari, ☝️Lesson – 14, Object Pronouns-Tòldiruvchi olmoshlari, ☝️Lesson-15, Possessive Pronoun- ” nikilik, Olmoshlari ☝️Lesson-16, Reflexive Pronouns- Ózlik Olmoshlari, ☝️Lesson -17, Present Simple- oddiy hozirgi zamon, ☝️Lesson-18, Present continuous- Hozirgi davomiy zamon, ☝️Lesson-19, Present Perfect- Tugallangan hozirgi zamon; ☝️Lesson-20, Present Perfect Continuous- hozirgi tugallangan davomiy zamon, ☝️lesson-21,Past simple- Ótkan zamon ☝️Lesson-22, Past Continuous – Òtkan davomli zamon ☝️Lesson-23, Past Perfect- Tugallangan ótkan zamon! ☝️Lesson -24, Past Perfect Continuous- Tugallangan ótkan davomiy zamon ☝️Lesson-25, Future simple- Kelasi zamon ☝️Lesson-26, Future continuous-davomli kelasi zamon, ☝️Lesson-27, Future Perfect-tugallangan kelasi zamon ☝️Lesson-28, Future Perfect Continuous-Kelasi tugallangan davomli zamon ☝️Lesson -29, Ingliz tilida” Sòzlarni ” óqish va talafuz qilish,Fonetika mavzusini takrorlash. ☝️Lesson-30. Ingliz tilida ” Salomlashish” ♀️ ☝️Lesson-31, “Ismingiz nima” Sòroġiga javob berish, Ingliz tilida. ☝️32- dars. Ingliz tilini 4 ta bosqichda tez va oson òrganamiz! ☝️33- dars. Family members- oila a’zolar, Ingliz tilida! Ingliz tilini òrganamiz! ☝️34- dars. vowels – unli harflar, consonants- undosh harflar. ☝️35 – dars. English vocabulary, Aa – words. ☝️IELTS nima? What is IELTS? ☝️36-dars.Ingliz-tili. ” Parts of body” in English. – Ingliz- tilida ta’na a’zolarining nomlanishi. ☝️37-dars. Ingliz tili. “Hafta kunlari- days of the weeks” ☝️Number – Ingliz tilida 1- 100 ga sonlarni óqish.!
4-sinf uchun 2020-2021-O’quv yili
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;
o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;
ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari
1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
matnni tushunib o‘qiy oladi;
og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi;
65 — 70 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila oladi;
do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi.
sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi;
matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi;
70 — 75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi.
1. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid):
ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi;
mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi;
gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi.
ONA TILI fanidan o‘quv
DASTURi (1-4 SINF)
UQTIRISH XATI
Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.
2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
Savodga o‘rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni, ya’ni ikki o‘quv choragini qamrab oladi. Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‘ra matndan gap, gapdan so‘z, so‘zdan bo‘g‘in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‘g‘in > so‘z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.
“Alifbe” darsligida berilgan: yangi so‘zlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, o‘quvchilarni so‘z ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o‘qishga, o‘qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy o‘qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ona tili erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ona tili (1-4-sinf) mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ona tilining fonetik tizimi:
nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);
bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘z va so‘z ma’nolari (lug‘aviy tahlil: bir ma’noli so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar);
So‘z tarkibi: asos va qo‘shimcha (turlovchi, tuslovchi va yasovchi), asoslarda tovush o‘zgarishi, asos va qo‘shimchalar imlosi;
So‘z ma’nosi: so‘zlarning ma’nosiga ko‘ra guruhlash: shaxs-narsalar nomini bildiruvchi so‘zlar, shaxs-narsalarning harakatini, belgisini, sanog‘ini va tartibini bildiruvchi so‘zlar, shaxs-narsaga ishorani ifodalovchi so‘zlar (shaxsga nisbatan kishilik olmoshi).
Gap, gapning fikr bildirishi, gapning maqsadga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq va his-hayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so‘roq, undov va h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) belgilar: vergul, qavs, ikki nuqta, ko‘p nuqta;
gapning gap bo‘laklariga ko‘ra tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo‘laklar (ega va kesim), gapning asosiy mazmunini to‘ldiruvchi bo‘laklar (ikkinchi darajali bo‘laklar – ularning turi va nomlaridan mustasno);
gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning uyushiq bo‘laklari, ularning o‘zaro bog‘lanishi (ohang, bog‘lovchi so‘zlar yordamida);
Undalma uning shaxsga qarab bilishi, undalmali gaplarda tinish belgisining ifodalanishi. Gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog nutq, bayon, kichik hikoya;
Husnixatga o‘rgatish. Husnixatga o‘rgatishning vazifasi harf, so‘z, gap va matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o‘rganish jarayonida o‘quvchi tovushning shakli bo‘lgan harfni, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan grafik kamchilik hamda xatolarini o‘qituvchi rahbarligida o‘zi tuzata olishi kerak. Bu davrda eshitib yozish ko‘nikmalari ham rivojlantirib boriladi. 1-sinfda o‘quv yilining 2-yarmidan boshlab husnixat malakalari takomillashtirib boriladi. Shuningdek, 2-4-sinflarda esa har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasi “Husnixat daqiqasi”ga ajratiladi.
1-4-sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” fanining sodda elementlari ona tili fani mazmuniga, ya’ni mavzular kesimida ham singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 1-4-sinflarda ona tili fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste’dodni yanada kamol toptirish uchun ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturi kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturiga moslashtirildi. Bunda yillik o‘quv soatlari A1 bosqichda 608 soat bo‘lsa, A1+ bosqichida esa 680 soatni tashkil etadi. Jumladan, nutq o‘stirish va husnixat darslari uchun har bir sinflar kesimida 68 soatdan ajratilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga ko‘ra, Ona tili fanini o‘qitish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida quyidagi tayanch kompetensiya elementlari shakllantirilib boriladi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
radiodan eshitgan, televizordan ko‘rgan lavhalarni tushunish va turli manbalardan kerakli ma’lumotlarni izlab topish hamda undan foydalana olish;
televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish;
darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish. A1+
media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash;
mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topish va namuna asosida so‘zlar tuzish;
rasmli kitoblar, jurnal va gazetalarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini muntazam oshirib borish;
kun tartibiga rioya qilish, uni to‘g‘ri tashkil etish va badantarbiya bilan shug‘ullanish;
kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarida o‘zini tuta bilish.
A1+ og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho berish;
o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1 maktabda, oilada va turar joylarida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar va h. k.) ishtirok etish;
o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
davlat ramzlarini bilish, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsata olish;
maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar va h. k.) ishtirok etish hamda muomala madaniyatiga amal qilish;
sinfda va oilada o‘z o‘rnini bilish, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni anglay olish;
o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish;
sinfdagi jihozlar va o‘quv qurollarini asrab-avaylash.
A1+ jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga munosabat bildirish
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
A1 orasta kiyinish va gigienik talablarga amal qilish;
maktabning ichki qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash.
A1+ Vatanimizda mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlarni hamda tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1 sinfida va oilada necha nafar kishi borligini, sinf xonasi jihozlari va o‘quv qurollari sonini bilish;
Mamlakatimizda nishonlanadigan bayram kunlari sanalarini aniq aytish;
kundalik faoliyatida turli jadvallardan foydalanish;
ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi va h. k.) tejab foydalana olish;
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish, kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qish.
A1+ aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish.
Shuningdek, me`yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
- TK1 – kommunikativ kompetensiya
- TK2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
- TK3 – o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- TK4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
- TK5 – milliy va umummadaniy kompetensiya
- TK6 – matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
- FK1 – nutqiy kompetensiya
- FK2 – lingvistik kompetensiya
UQTIRISH XATI
Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflarda o‘qish fani o‘quvchilarni ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantiradi. O‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinflarida o‘qish fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish;
o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali o‘quvchilarning ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat.
O‘qish (1-4-sinf) fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchilarning og‘zaki nutqi adabiy til me’yorlari asosida shakllanishi va rivojlanishini ta’minlash, nutqiy kompetensiyani o‘stirish;
yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me’yorlariga rioya etish, uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda dastlab tanish, keyin notanish matn ifodali o‘qitilib, o‘quvchidagi ko‘nikma, malaka aniqlanadi. Shuningdek, miqdoriy ko‘rsatkich – o‘qish tezligi, ongli va ravon o‘qish, bir daqiqada nechta so‘z o‘qiy olishi ham belgilanadi.
Bolaning matn mazmunini to‘liq o‘qib olishi, qayta hikoyalashi, shuningdek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi.
Mazkur dasturdan o‘rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o‘quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayoti va xalqimizning bunyodkorlik yo‘lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga yordam beradi.
1-sinfning o‘quv yili oxirida bolalar Vatan va uning tabiati, insoniy qadriyatlari haqida kichik-kichik asarlarni o‘qiydilar.
2-sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo‘lmagan Vatan, ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati, axloqiy munosabatlar haqidagi asarlar bilan tanishadilar.
3- va 4-sinflar o‘qish dasturida mavzular ko‘lami ancha kengayadi.
Bu sinflarda o‘qish darslarining kattagina qismi asarni o‘qish va matn ustida ishlashga qaratiladi.
Darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish, asarlarni janr mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo‘lib o‘qish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og‘zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Sinfdan tashqari o‘qish o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi. Sinfdan tashqari o‘qish mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‘limga ajratiladi:
Birinchi bosqichda o‘qish doirasi, ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi.
Ikkinchi bosqichda shu o‘quv materiallar asosida bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. O‘quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya’ni kitob ustida ishlash jarayonida egallaydilar. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsa, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadilar, so‘ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o‘tadilar.
O‘quvchilar milliy va jahon adabiyotlarini o‘qib, tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik haqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi. Ularga ongli munosabat bildirish hamda o‘zlaridagi axloqiy-ma’naviy fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. Mutolaa o‘quvchilarning og‘zaki hamda yozma nutqlari rivojlanadi. Bolaning matn mazmunini to‘liq uqib olishi qayta hikoyalashi, shuningdek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi malakalari hosil qilinadi.
1-4-sinflarda “Konstitutsiya alifbosi”, “Dinlar tarixidan umumiy tushunchalar”, “Iqtisod va soliq alifbosi”, “Salomatlik darslari”, “Tejamkorlik saboqlari” kabi fanlarning sodda elementlari o‘qish fani mazmuniga, ya’ni mavzular kesimida singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan. Shuning uchun amaliy-tajriba va sinov mashqlarida kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni yengillashtirish va samaradorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq hamda sodda algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay olishga bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim. Dasturda fanni chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 2-3-4-sinflar (A1+) uchun mavzularga ajratilgan soatlar va kompetensiya elementlari alohida ko‘rsatilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid adabiy-nutqiy va badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarning shakllantirilishi ham belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda o‘qish fanidan quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
A1 mavjud axborot manbalaridan eshittirishlarni tinglab tushunib va gapirib bera olish;
o‘z yoshiga mos kitoblarni, gazeta va jurnallarni tanlay olish va kutubxonadan foydalana olish;
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar (oddiy tabriknomalarni yoza olish) bilan ishlay olish.
A1+ axborot manbalardan (turli badiiy adabiyotlardan) oqilona foydalana olish va ulardan xulosa chiqarish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlay olish;
o‘z xatosini tushunib, tuzatishga harakat qilish;
turli janrdagi (ertak, masal, hikoya va she’rga doir) kitoblarni muntazam o‘qib-o‘rganib borish va bilimini oshirish;
yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish va yaxshi fazilatlarni o‘zida aks ettirish.
A1+ o‘zini nazorat qilish;
og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho berish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1 davlat ramzlarini bilish;
o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilishi va unga rioya qilish;
o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish.
A1+ sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
A1 orasta kiyinish, yurish turishda kattalardan o‘rnak olish;
milliy bayramlarni bilish;
odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
A1+ o‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlash.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompentensiyasi:
A1 maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish;
tejamkorlikka rioya qilish;
kundalik rejalarini tuza olish.
A1+ ehtiyoji uchun kerak bo‘ladigan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi va h.k.) tejab foydalanish.
Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
- TK1 – kommunikativ kompetensiya
- TK2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
- TK3 – o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- TK4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
- TK5 – milliy va umummadaniy kompetensiya
- TK6 – matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
- FK1 – adabiy-nutqiy kompetensiya
- FK2 – badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi
3-§. MATEMATIKA FANI
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida Matematika fanini o‘rganish bosqichlari
Ta’lim bosqichi | Bitiruvchilar | Standart darajasi | Daraja nomlanishi |
Umumiy o‘rta ta’lim | Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari | A1 | Matematika fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi |
Matematika fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari | A1+ | Matematika fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi |
Matematika o‘quv fanining maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
O‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
Matematika o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
1. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya
berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;
sodda sonli ifodaning qiymatini og‘zaki va yozma hisoblay oladi;
sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha oladi;
tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va tasvirlay oladi;
ob’ektlarni xossalari bo‘yicha tartiblaydi va sodda kombinatsiyalar tuza oladi;
sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma’lumotlar kirita oladi, eng sodda diagrammalar shaklida tasvirlay oladi.
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalarni yecha oladi;
bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha oladi;
elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topadi, foydalana oladi.
2. Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)
ma’lum matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi, rost va yolg‘on tasdiqlarni farqlay oladi;
zarur hollarda sodda hisoblash vositalarini qo‘llay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi;
matematikani o‘rganish jarayonida o‘zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira oladi;
mustaqil ravishda o‘z bilimlarini mustahkamlay oladi.
o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda nostandart va qiziqarli masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi.
2020-2021 ўқув йили учун қайси дарсликлар қайта ва янгидан нашр этиляпти?
Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги томонидан Халқ таълими вазирлиги ва Республика таълим маркази ҳамкорлигида “KOLORPAK« ва »GREDO PRINT GROUP« МЧЖлари ҳамда »Ўзбекистон” нашриёт-матбаа ижодий уйига пресс-тур ташкил этилди.
Республика таълим маркази директори Шуҳрат Сатторов иштирокчиларга 2020-2021 ўқув йили учун нашр этилаётган дарсликларга киритилган янгиликлар тўғрисида маълумот берди. Журналистларнинг янги чоп этилаётган дарсликлар савияси ва уларнинг аввалги китоблардан фарқли жиҳатлари хусусидаги саволларига жавоб берди.2020-2021 ўқув йили учун режага асосан 1-, 4-, 5-синфларнинг жами 558 номдаги дарслик ва ўқув-методик қўлланмалар чоп этилиши режалаштирилган. Шундан:
- 346 номда – умумтаълим мактаблари учун;
- 160 номда – имконияти чекланган болалар учун;
- 52 номда – мультимедиа иловалари.
Умумтаълим мактабларнинг 346 номдаги (27,9 млн.) дарсликларнинг 118 номдагиси (34,1%) оригинал макетлар ва 228 номдагиси (65,9%) таржима макетлар ҳисобланади.Дарслик ва ўқув-методик қўлланмаларни нашрга тайёрлашда асосий эътибор мазмун ва сифат жиҳатидан халқаро талабларга жавоб беришига қаратилди. Бунинг учун амалиётчи ўқитувчилар ҳамда фан методистлари ҳамда салоҳиятли олимлар томонидан дарсликлар бир неча бор экспертизадан ўтказилди.
Экспертиза хулосалари асосида эса дарсликлар муаллифлари, нашриёт ходимлари ҳамда фан методистлари ҳамкорлигида дарсликлар қайта ишланиб, мазмуни ва иллюстрацияларига тегишли ўзгартиришлар киритилди. Бугунги кунда қайта нашрга тавсия этилган иллюстрацияси эскириб кетган, ёрқин рангларда бўлмаган, чизилган расмлар ўзининг жозибадорлигини йўқотган дарсликларни такомиллаштириш бўйича ишлар олиб борилмоқда. Бу йилги чоп этиладиган дарсликлар қайта нашрдаги дарсликлар бўлганлиги сабабли асосий урғу дарсликларнинг мазмуни ва дизайнига қаратилди.
Ҳозирга қадар Республика таълим марказига фойдаланувчиларимиз томонидан 8000 дан ортиқ таклифлар келиб тушди. Дарсликлар юзасидан келиб тушаётган ўринли таклиф ва мулоҳазалар Марказнинг фан методистлари томонидан ўрганиб чиқилиб, дарсликларни даврийлик асосида нашрга тайёрлаш жараёнида инобатга олинмоқда. Дарсликлар юзасидан келиб тушган таклифларга мутахассис ҳамда методистлар томонидан тайёрланган жавоблар фойдаланувчиларга юборилмоқда. Шунингдек, «Дарсликлар муҳокамаси» телеграм каналига жорий йилда янги ва қайта нашр этиладиган дарсликларнинг ПДФ нусхалари босқичма-босқич қўйиб борилмоқда. Ҳозирги кунга қадар бу каналимизга 225 дан ортиқ таклифлар келиб тушди.
Таклифларнинг асосий қисми дарслик мазмуни, бир қисми дарслик дизайни ҳамда дарсликдаги имло хатолар тўғрисида бўлиб, ушбу таклифлар дарсликларни нашрга тайёрлаш жараёнида инобатга олинмоқда.2020-2021 ўқув йилида чоп этиладиган дарсликларга киритилган ўзгаришлар қуйидагилар ҳисобланади. Жорий йилдан 1-9-синфлар учун «Тарбия», 5-, 8-, 9-синфлар учун «Информатика», 4-,5-синфлар учун «Технология», 4-синф «Ўзбек тили»,10-11-синфлар учун «Она тили» ва «Ўзбек тили» ўқитувчилар учун методик қўлланмалар яратилиши асосий янгиликлардан ҳисобланади. Дарсликларни нашрга тайёрлашда биринчи навбатда, ўқувчиларнинг ёши ва психо-физиологик хусусиятлари инобатга олинган ҳолда тайёрланди.
Иккинчидан, дарслик мазмунида мавжуд бўлган такрорланишлар бартараф этилди, халқаро тажрибага суянган ҳолда дарсликнинг дизайни ва фото-иллюстрацияларига ўзгартиришлар киритилди.Яна бир эътиборли ҳолат – фанлар кесимида фанлараро боғлиқлик ҳамда синфлараро узвийлик таъминланди. Яна бир муҳим жиҳат шундан иборатки, дарслик ва ўқув-методик адабиётларнинг янги авлодини яратиш бўйича дарсликлар мазмунига халқаро баҳолаш дастури ўқувчилар ёшига мос тарзда TIMSS, PIRLS талаблари сингдирилди. Энг муҳими, дарсликлар инновацион ёндашув асосида тайёрланди.
Бунда, ўқувчиларда. мантиқий фикрлашга йўналтирилган таълимий ўйинлар, машқлар, масалалар ва топшириқлар амалий кўникмаларни ривожлантиришга йўналтирилди. Қолаверса, 4-, 5-синф Технология ва 5-, 8-, 9-синф Информатика дарсликлари мазмуни ўқувчиларнинг техник қобилиятини ривожлантиришга оид амалий, креатив, мантиқий ёндашувга асосланган топшириқлар билан бойитилди. 5-синф «Она тили», 4-5-синф «Технология» дарсликлари учун илк бор ўқитувчи китоби ва мультимедиа иловалари тайёрланди. Кўзи ожиз ўқувчилар учун чоп этилаётган брайл алифбосидаги дарсликларга бўртма шаклдаги расмлар ва хариталар киритилди.
Илк бор 10 ва 11-синфлар учун 9 номдаги брайл дарсликлари ҳамда кар ва заиф эшитувчи ўқувчилар учун 4 номдаги янги дарсликлар тайёрланмоқда.Янгиликлардан яна бири дарсликлардаги мавзуларни қўшимча маълумотлар билан бойитиш мақсадида дарсликларга QR-код ўрнатилди. Таълим қардош тилларда олиб бориладиган мактаблар учун 5-синф адабиёт дарсликларига ўзбек ва жаҳон адибларининг ҳаёти ва ижодидан намуналар киритилгани ҳам дарсликлардаги янгилик ҳисобланади. “Умумий ўрта таълим муассасаларида «Тарбия» фанини босқичма-босқич амалиётга жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида” ҳукумат қарори билан янги «Тарбия» фани жорий этилди. Янги дарсликнинг аввалгиларидан фарқи нимада? «Тарбия» дарслиги «Одобнома», «Ватан туйғуси», «Миллий истиқлол ғояси ва маънавият асослари» ҳамда «Дунё динлари тарихи» фанларини бирлаштирди.1–9-синфларда – 2020/2021 ўқув йилидан, 10–11-синфларда эса 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб амалиётга жорий этилади.
Дарсликларини тайёрлашда Япониянинг «Ахлоқ таълими», Cингапурнинг «Феъл-атвор ва фуқаролик таълими», Буюк Британиянинг «Тафаккур», «Хулқ таълими» фанлари ва дарсликлари яқиндан ўрганилди. Илк маротаба дарсликларда 21-аср кўникмалари деб ном олган «юмшоқ кўникмалар» жорий қилинди. Дарслик орқали ўқувчида билим беришдан ташқари кўникма шакллантирилади. Янги фан дарсликларидаги амалиётга йўналтирилган машғулотлар ва мавзулар ўқувчида муваффақият мотивларини уйғотади. Фаол фуқаролик позицияси шакллантирилади. Ўқув фани моҳияти 50% назарий, 50% амалий асосга қурилган.
«Тарбия» дарсликларида «роле-модель», яъни «намуна келтириш» замонавий педагогик методидан унумли фойдаланилган. Унда миллий ва халқаро миқёсда юксак натижага эришган инсонлар ютуқлари таҳлил қилинади. Инсоннинг келажакда муваффақиятли инсон бўлиш энг аввало тўғри мақсад қўйишга боғлиқ. Дейл Карнеги, Браян Трейси каби машҳур лекторнинг таълимотига кўра, ҳаётда ўз олдига мақсад қўйиш ва унга эришишни ўрганиш ҳам аслида бир фан. «Тарбия» фанининг аҳамиятли жиҳати шуки, у босқичма-босқич болада мақсад қўйиш ва унга интилиш кўникмасини шакллантириб боради.
Qiziqarli malumotlar
4 sinf barcha darsliklar