4-noyabr Misrda fir’avn Tutanxamonning qabri topilgan kun
4-noyabr Misrda fir’avn Tutanxamonning qabri topilgan kun
DO`STLARGA ULASHING:
4-noyabr Misrda fir’avn Tutanxamonning qabri topilgan kun
Tutanxamon Misr faraonlar sulolasidan bo’lib, eramizdan oldingi 1347-1337-yillarda hukmronlik qilgan. Qabrining-yagona vayron bo’lmagan Misr maqbarasining topilishi munosabati bilan Tutanxamon qadimiy Misr davrining eng taniqli va haqiqiy ramziga aylandi. Qabr 1922-yil egiptolog Govard Karter va havaskor – arxeolog Lord Karnarvon tomonidan topilgan. Qabrda ko’p miqdordagi zebu-ziynatlar, oltindan yasalgan sarkofag va mumiyolangan faraon tanasi saqlanib qolgan. Qabrning eshigiga teginilmagan edi, bu esa asrning eng jiddiy va yirik kashfiyoti ochilishiga umid uyg’otardi. Karter va Karnarvon insoniyatning uch ming yillik tarixida qabrga tushganlarning birinchilaridan bo’lib qoldilar. Maqbaradan yosh fir’avn tirikligida yaxshi ko’rgan san’at asarlari va uning quroli, buyumlari, oltin niqobi, rafiqasi Anxesenpaatonning tasviri, fir’avnning ikki g’ildirakli jang aravasi ustida aks ettirilgan haykalcha, o’q-yoy, xanjar, quticha, o’rindiq va boshqa buyumlar topilgan. Bu noyob san’at asarlari jahonning ko’pgina mamlakatlarida namoyish etilgan. Taxminan 12 yoshida Tutanxamon nomi bilan taxtga o’tirib, 20 yoshga to’lmasdan vafot etgan. 1923-yil 5-aprelda J.Karnarvon Kairdagi «Kontinental” mehmonxonasida o’pka yallig’lanishidan vafot etadi. Uning o’limidan so’ng turli-tuman mish-mishlar tarqaladi. Qabrni ochilishida ishtirok etganlardan ham bir nechtasini halok bo’lganligi «Faraonlar tavqi-la’nati” haqidagi mish-mishlarni avj olishiga sabab bo’ladi. Taniqli nazariyalardan biriga ko’ra ekspedisiya qatnashchilari halokatiga dahmada turli mikroorganizmlarni bo’lishi sabab bo’lgan. Astma kasalligi bilan og’rigan Lord Karnarvonning birinchi bo’lib halok bo’lishi buni isbotlaydi.
4-noyabr Misrda fir’avn Tutanxamonning qabri topilgan kun