4-iyun Estoniyada Davlat bayrog’i kuni

4-iyun Estoniyada Davlat bayrog’i kuni

4-iyun Estoniyada Davlat bayrog’i kuni

DO`STLARGA ULASHING:

Moviy-qora-oq bayroq 1884-yili 4-iyunda Otepya shahri cherkovida duo qilingan (blagoslovlen) edi. Har yili 4-iyunda Estoniyada muhim bayram nishonlanadi — davlat bayrog’i kuni. Bayroqdagi ko’k rang osmon ramzidir, qora rang — bu ona yer, oq — tozalik va umidlar rangi. Ranglarni shunday birga qo’shish yagonadir, boshqa hech bir milliy bayroqda foydalanilmaydi. Eston Respublikasi bayrog’i davlat maqomini 1922-yilda oldi va Uzun German minorasida 1940-yilga qadar hilpirab turardi. 1990-yillar boshida Eston Respublikasi yilligida, eston xalqi yana oshqora suratda qo’llarda moviy-qora-oq bayroqni ko’tarib bordi.  Davlat bayrog’i sifatida takroran 1990-yili 7-avgustda tasdiqlangan edi. Bayroqni Uzun German minorasi ustida quyosh chiqishida ko’taradilar va botayotganda tushiradilar. Bayroq ko’tarishi eston madhiyasining kuyi bilan kuzatiladi. Bayram kunlari   bayroqlar  hamma joyda ko’tariladi.

4-iyun Estoniyada Davlat bayrog’i kuni