3yoshli bola rivojlanishi
3yoshli bola rivojlanishi Uch yoshli bola o’rtacha kuniga har 3.5-4 soat oralig’ida 4 marta ovqatlanadi. Kuniga bir marta 2-2.5 soat davomida uxlaydi. Uch yoshga kelib bola 1500 ga yaqin so’zni biladi va murakkab iboralarni ishlata oladi. O’g’il bolalarning o’rtacha vazni bu davrga kelib 13.7-16.1 kg tashkil etsa, qiz bolalarniki 13.0-16.5 kg ni tashkil etadi. Qizlar bo’yi o’rtacha 91-99 sm bo’lsa, o’gil bolalarniki 92-99 sm bo’ladi. ✅Jismoniy harakatlari mukamallashib bormoqda. Bola endi bemalol yuguradi, sakraydi, zinalardan chiqadi va tushadi, to’sqinliklarni yengay oladi. ✅Uch yoshli bola: Oddiy geometrik shakllar (aylana, kvadrat, oval, uchburchak)ni biladi;3yoshli bola rivojlanishi
DO`STLARGA ULASHING:
Uch yoshli bolada «mustaqillik krizis»i boshlanadi. Shu davrda boladan «o’zim qilaman» degan gapni ko’p eshitasiz. Ota-ona bunga e’tiborli bo’lib, bolaning talablariga ahamiyat berishi lozim. Agar bolaga doim «yo’q» degan javob qilaversa, bolada mustaqil bo’lishga, mustaqil fikr yuritishga intilish so’nib boradi.
Barcha asosiy ranglarni biladi;
Kiyimini o’zi yechib, o’zi kiyadi;
O’yinchoqlarini yig’ishtiradi;
Quyuq va suyuq ovqatni o’zi yeya oladi;
Qo’lini yuvadi;
Tishini yuvadi;
Kattalar qilayotgan ishni qaytaradi: gulga suv quyish, uyni saramjon qilish, mashina haydash, magazinga borish, telefonda gaplashish va hokazo;
Plastilindan narsa yasashni xush ko’radi;
Konstruktor yasashni yaxshi ko’radi;
Rasm bo’yashni yaxshi ko’radi;
Tugmani yechadi va taqadi.
3yoshli bola rivojlanishi