3yoshli bola rivojlanishi to’liq malumot oling
3yoshli bola rivojlanishi
Uch yoshli bola o’rtacha kuniga har 3.5-4 soat oralig’ida 4 marta ovqatlanadi. Kuniga bir marta 2-2.5 soat davomida uxlaydi. Uch yoshga kelib bola 1500 ga yaqin so’zni biladi va murakkab iboralarni ishlata oladi. O’g’il bolalarning o’rtacha vazni bu davrga kelib 13.7-16.1 kg tashkil etsa, qiz bolalarniki 13.0-16.5 kg ni tashkil etadi. Qizlar bo’yi o’rtacha 91-99 sm bo’lsa, o’gil bolalarniki 92-99 sm bo’ladi.
✅Jismoniy harakatlari mukamallashib bormoqda. Bola endi bemalol yuguradi, sakraydi, zinalardan chiqadi va tushadi, to’sqinliklarni yengay oladi.
Uch yoshli bolada «mustaqillik krizis»i boshlanadi. Shu davrda boladan «o’zim qilaman» degan gapni ko’p eshitasiz. Ota-ona bunga e’tiborli bo’lib, bolaning talablariga ahamiyat berishi lozim. Agar bolaga doim «yo’q» degan javob qilaversa, bolada mustaqil bo’lishga, mustaqil fikr yuritishga intilish so’nib boradi.
✅Uch yoshli bola:
Oddiy geometrik shakllar (aylana, kvadrat, oval, uchburchak)ni biladi;
Barcha asosiy ranglarni biladi;
Kiyimini o’zi yechib, o’zi kiyadi;
O’yinchoqlarini yig’ishtiradi;
Quyuq va suyuq ovqatni o’zi yeya oladi;
Qo’lini yuvadi;
Tishini yuvadi;
Kattalar qilayotgan ishni qaytaradi: gulga suv quyish, uyni saramjon qilish, mashina haydash, magazinga borish, telefonda gaplashish va hokazo;
Plastilindan narsa yasashni xush ko’radi;
Konstruktor yasashni yaxshi ko’radi;
Rasm bo’yashni yaxshi ko’radi;
Tugmani yechadi va taqadi.
Boshqa mavzular
3yoshli bola rivojlanishi