35 yoshdan keyingi homiladorik xavflimi? to’liq malumot oling
❓ 35 yoshdan keyingi homiladorik xavflimi?
Mundarija
скрыть
Yoshingiz 35 yoki undan yuqori. Siz homilador bo‘lish harakatidasiz. Hoynahoy, atrofingizdagilar salomatligingiz, nega kech farzand ko‘rishni rejalashtirganingizni bilishga qiziqib, surishtirayotgan bo‘lishsa kerak. Chunki ayollar orasida kechki homiladorlik haqida turlicha vahimali misollar tilga olinadi. Ular qanchalik to‘g‘ri ekanligi va bu yoshdagi homiladorlikda e’tibor berish zarur bo‘lgan jihatlarga oydinlik kiritamiz.
Ilk homiladorlik
Homiladorlikni rejalashtirishda ayolning yoshi muhim omillardan biri ekanligi rost. Hususan, birinchi homiladorlik uchun 21-24 yoshlar orasidagi davr maqbul sanaladi. Agar birinchi homiladorlik 35 yosh va undan keyingi davrga to‘g‘ri kelsa, bunda ayolning salomatligi, hayz siklidagi buzilishlar, jinsiy a’zolar yallig‘lanishi yoki boshqa turdagi kasalliklar bor-yo‘qligi, avvallari homila tushishi, abort yoki homilaning o‘smay qolishi, stress, asabiylik, nevroz, virusli kasalliklarga chalinish holatlari, kamqonlik, surunkali buyrak, yurak hastaliklari, qandli diabet kabi holatlar kuzatilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganiladi.
Xavf solishi mumkin…
Yoshga doir o‘zgarishlar kechki homiladorlikka bir qancha omillar bilan havf solishi mumkin. Buning asosiy sababi esa ayolning salomatligi bilan bog‘liqdir. Jumladan:
Ayol organizmida antinachalar ishlab chiqarilishi homilani nobud qilib, uning rivojlanishiga to‘sqinik qiladi. Bunday holatlarda qondagi antitanachalar miqdorini aniqlashga doir tekshiruv o‘tkazish kerak.
Arterial qon bosimining ko‘tarilishi – kechki gestoz (toksikoz)ni yuzaga keltirishi va buning oqibatida muddatidan avvalgi tug‘ruq sodir bo‘lishi ehtimoli ortadi. Bu yoshda ba’zi ayollarning mushak to‘qimalarida elastiklik hususiyati kamayib, homilada gipoksiya, ya’ni kislorod yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin.
Ona bo‘lishga tayyormisiz?
Bu yoshda ilk homiladorlikni rejalashtirishdan avval bir necha tekshiruvlardan o‘tish lozim. Hususan:
Terapevt ko‘rigi – surunkali turdagi kasalliklar va ularning kechishini o‘rganib, zarur hollarda umumiy holatingizni yaxshilashga qaratilgan muolaja tayinlanadi;
Ginekolog ko‘rigida — jinsiy yo‘l bilan o‘tuvchi infeksiyalar qindan olingan surtma tahliliga ko‘ra, infeksiya va turli xildagi kasalliklar bor-yo‘qligi aniqlanadi;
Tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigi, jumladan, lor, okulist, endokrinolog, kardiolog, nevropatolog tekshiruvi hamda stomatolog ko‘rigi zarur. Tibbiy tekshiruvda ekstragenital kasalliklar erta aniqlanib, xastalik asoratlarining oldi olinadi.
UTT tekshiruvi – bu yoshda ayollar organizmida yoshga doir o‘zgarishlar yuz berib, mioma, eroziya yoki polip kabi o‘smalar paydo bo‘lishi ehtimoli ortadi. UTT tahlili orqali bachadon holati, tuxumdonlar va jinsiy a’zolardagi boshqa muammolar tekshiriladi;
Qonning umumiy, “TORCH” infeksiyalari, qandli diabet, OITS kabi kasalliklarga doir tahlili o‘tkaziladi.
Genetik shifokorga borish shartmi?
Kechki ilk homiladorlik aynan 35 yoshdan keyingi davrga to‘g‘ri kelganida Daun xastaligining yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo‘lishini nazarda tutgan holda genetik shifokor ko‘rigidian o‘tish tavsiya etiladi. Bunda dastlab ayolning UTT tekshiruvi o‘tkazilib, u homilaning 13-16 va 22 haftaliklarida amalga oshiriladi. Homilada xastalik alomatlari taxmin qilinsa, ikkinchi uch oylikda ayol organizmidagi alfa-fenotropin, estrogen va xorion genodropin darajasi o‘lchanadi. Tashxis aniq xulosalar bilan tasdiqlanguday bo‘lsa, ota-onaga xabar qilinib, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlardan ogohlantiriladi.
Boshqa mavzular
35 yoshdan keyingi homiladorik xavflimi?