32 va 64 bitli Windows’lar o‘rtasidagi farq

32 va 64 bitli Windows’lar o‘rtasidagi farq
32 va 64 bitli windowslar ortasidagi farq 65caec1649863

photo 2021 03 23 16 20 20

32 va 64 bitli Windows’lar o‘rtasidagi farq

DO`STLARGA ULASHING:

32 va 64 bitli Windows’lar o‘rtasidagi farq

Windows operatsion tizimi razryadligining ikki versiyasi mavjud: 32 bitli va 64 bitli, ularning belgilanishlari esa quyidagicha: 32-bit (x86) va 64-bit (x64). 64 bitli tizim, 32 bitli operatsion tizimga qaraganda katta hajmdagi hisoblashlarda samaraliroq hisoblanadi. 64 bitli Windows’da, shunga o‘xshash 32 bitli tizimga qaraganda resurslarga talabchan bo‘lgan dasturlar ishlashi uchun kamroq vaqt sarflanadi.

Umumiy ish faoliyatini yaxshilashdan tashqari, ushbu ikki turdagi tizimlar orasidagi asosiy farq, ma’lum miqdordagi xotira bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlashidadir. Windows’ning 32 bitli versiyasida, tizim arxitekturasining o‘ziga xos xususiyati tufayli, kompyuterda o‘rnatilgan 4 Gb’dan kam, 64 bitli versiyasida esa 16 TB’gacha RAM (tezkor/operativ xotira) ishlatiladi

❗️Ikki razryaddan birini tanlash uchun ham bu asosiy mezon sifatida xizmat qiladi, kompyuterga o‘rnatilgan operativ xotira 3 GB’dan kam bo‘lsa — 32 bitli tizim, 4 Gb va undan katta bo‘lsa — 64 bitli tizim o‘rnatiladi.

Windows x64’da 64 va 32 bitli, x32’da esa faqat 32 bitli dasturlarni o‘rnatish mumkin. Windows uchun yaratilgan dasturlarning aksariyati 32 bitli razryadlikni qo’llab-quvvatlaydi. Ushbu dasturlarni istalgan razryadlikdagi kompyuterlarga o’rnatish mumkin.

32 va 64 bitli Windows’lar o‘rtasidagi farq