Yuqori harbiy unvon bilan iste’foga chiqqan bir kishi, maktab o’quvchilari uchun ma’ruzalar olib borar ekan. Ma’ruzalarning biri harbiy texnika haqida bo’libdi. Sobiq harbiy o’z ma’ruzasi davomida, bronitexnikaning bir turi haqida gapirib, shunday debdi:
-Bu harbiy texnikaning maksimal o’q otish burchagi 30 gradus…
Bir qitmir o’quvchi savol qistiribdi:
-Kechirasiz, gradus deganingiz Selsiydami yoki KelvindamI?
Harbiy gangib:
-Selsiyda… — debdi va auditoriyada kulgu ko’tarildi. Yanglishganini fahmlab qolgan harbiy, darhol qizishib:
-senlar bilan hazillashib ham bo’lmaydimi? Selsiydamas, albatta Kelvinda-da!!! -degan ekan…..
————————————————————
Yana osha harbiy ma’ruza qilyapti:
Suv hidsiz, rangsiz, ta’msiz suyuqlik, 90 gradusda qaynay boshlaydi
Bir oquvchi tuzatish kiritmoqchi bolib:
-Bizga fizika darsida 100 gradusda deyishgandi
Harbiy ma’lumotnoma kitobini varaqlab chiqib:
-togri 100 gradusda qaynaydi, man uni togri burchak ostida qaynaydi demoqchi edim
Degan ekan.
————————————————————
Muhandisning muhandisligini uning passporitidan qanday aniqlash mumkin?
-Passportida ham u qolgan barcha rasmlaridagidek bitta har doim bir kostymda boladi.
————————————————————
Agar natija yechish usuliga bogliq bolmasa bu — matematika. Agar bogliq bolsa bu — buhgalteriya!
————————————————————
AQSHliklar SI xalqaro birliklar tizimiga yangi birlik kiritishni taklif etishmoqda, ya’ni: — unsiya shokolad=4 funt yog miqdoridagi vazn
|
---|
Fan haqida latifalar
Selsiydami, yoki Kelvindami?
Manba:orbita.uz