31-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: to’liq malumot oling

31-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: to’liq malumot oling

Bugun 31-iyul 2023-yil, dushanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Afrika ayollari kuni.

🌏 Butunjahon reynjerlar kuni.

🌍 Xalqaro qutqaruvchilarni qadrlash kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh ‐ Milliy aralash zotli itlar kuni.

🇲🇾 Malayziya — Jangchilar kuni.

🇵🇱 Polsha — G‘aznachilik kuni.

🇮🇷 Eron — Milliy donorlar kuni.

🇨🇬 Kongo Respublikasi — Inqilob boshlangan kun.

👉 VOQEALAR:

Mil. avv 30 — Iskandariya jangi: Mark Antoniy Oktavian qo’shinlari ustidan kichik g’alabaga erishdi, ammo uning qo’shinlarining aksariyati keyinchalik uni tashlab ketishdi, bu esa uning o’z joniga qasd qilishiga olib keldi.

— 634 — Xolid ibn Valid boshchiligidagi arablar va rimliklar o’rtasida Ajnadayn jangi.

— 904 — arablar Saloniki shahrini egallashdi.

— 1457 — Temuriyzoda Abu Said Shohrux Mirzoning xotini Gavharshodbegimni qatl ettirdi.

— 1498 — Xristofor Kolumbning uchinchi ekspeditsiyasi Trinidad orolini kashf etdi.

-1655 — ruslar Vilnyus shahrini egallashdi.

— 1658 — Avrangzeb Boburiylar imperiyasining Podshohi deb e’lon qilindi.

— 1703 — Daniel Defo hazilomuz hikoyasi uchun xalq mehrini qozondi.

— 1741 — Karl VII Albert Yuqori Avstriya va Bogemiyaga bostirib kirdi.

— 1790 — AQShning birinchi patenti ixtirochi Samuel Xopkinsga kaliy tayyorlash uchun berildi.

— 1791 — Kaliakriya burni yaqinidagi dengiz jangi.

— 1815 — Tarixdagi birinchi temiryoʻl halokati.

— 1874 — Vankuverga (Kanada) armiyada xizmat qilishdan bosh tortgan rus mennonitlarining birinchi guruhi ko‘chib kelishdi.

— 1907 — Kubada duellar o’tkazilishi taqiqlandi.

— 1913 — Bolqon davlatlari Buxarestda sulh imzoladilar.

— 1925 — Britaniya konchilarining ish tashlashi ularning to’liq g’alabasi bilan yakunlandi («Qizil juma»).

— 1938 — Xasan ko’lida Sovet-Yapon urushi  boshlandi.

— 1944 — Essenavis Antuan de Sent-Ekzyuperi halok bo‘ldi.

— 1946 — Shvetsiya, Norvegiya va Daniya SAS ni tashkil qilishdi.

— 1947 — Millatlar Ligasining tugatilishi to’g’risidagi deklaratsiya.

— 1954 — Chogori choʻqqisi zabt etildi.

— 1962 — Dar-us-Salom (Tanzaniya) shahrida bo’lib o’tgan Butun Afrika Afrika konferentsiyasida bu kun Afrika ayollari kuni deb e’lon qilindi.

— 1974 — Kipr mojarosi: Turkiya va Gretsiya Kiprda urushni to‘xtatish to’g’risida muzokara olib borishdi.

— 1991 — AQSh va Sovet Ittifoqi qurollanishni qisqartirish bo’yicha shartnoma imzoladilar.

— 2006 — Fidel Kastro hokimiyatni vaqtincha ukasi Raulga topshirdi.

— 2008 — AQShda NASA Mars sayyorasida suv kashf etilganini e’lon qildi.

— 2014 — Boliviya prezidenti Evo Morales Isroilni terrorchi tashkilot deb e’lon qildi va Isroilga vizasiz kirishni bekor qildi.

👉 TAVALLUDLAR:

— 1704 — Gabriel Kramer (1752) — shveytsariyalik matematik, chiziqli algebraning asoschilaridan biri.

— 1800 — Fridrix Vyoler (1882) — nemis kimyogari va shifokori, organik kimyoning asoschilaridan biri.

— 1912 — Habib Abdullayev (1962) — oʻzbek sovet geologi, OʻzSSR Fanlar Akademiyasi akademigi (1947) va prezidenti (1956-1962).

— 1912 — Valentin Fadeyev (1975) — rangtasvir ustasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968).

— 1912 — Milton Fridman (2006) — amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1976).

— 1914 — Lui De Fyunes (1983) — fransuz kino aktyori, rejissyori va prodyuseri.

— 1916 — Vladimir Demixov (1998 ) — rus tajribachi olimi, jahon transplantologiyasining asoschisi.

— 1937 — Edita Pyexa — kelib chiqishi polshalik sovet va rus qo’shiqchisi, SSSR xalq artisti.

— 1944 — Robert Merton — amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti laureati (1997).

— 1965 — Joan Ketlin Rouling — ingliz yozuvchisi, Garri Potter kitoblarining muallifi.

— 1986 — Svetlana Slepsova — rossiyalik biatlonchi, Olimpiya chempioni (2010), jahon chempioni.

— 1989 — Viktoriya Azarenko — belaruslik tennischi, jahonning sobiq birinchi raketkasi.

Muhim sanalar
31-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: