31-avgust Toshkentdagi Amir Temur haykali omma e’tiboriga taqdim etildi.

Mundarija скрыть
31-avgust Toshkentdagi Amir Temur haykali omma e’tiboriga taqdim etildi.
DO`STLARGA ULASHING:
1994-yil 31-avgust mustaqillik arafasida taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov bronzadan quyma yasagan Amir Temur haykali Toshkent aholisiga taqdim etildi. Haykaltarosh usta akademik maktab vakili, ko‘p marotaba dunyo bo‘ylab sayohat qildi, Meksikada Rivera, Orasko va Sikeyros haykallarini ko‘rib o‘z ijodini qayta nigohidan o‘tkazdi. Aynan shu ijodiy safar natijasida Badiiy Akademiya akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ilhom Jabborov biz bugun ko‘rib turgan otliq Amir Temur haykalini mana shunday ajoyib ko‘rinishda yaratdi. Amir Temur shaxsini Toshkentning markaziy qismi ramzi sifatida tanlash tasodifiy emas. Buyuk sarkarda va davlat arbobi, o‘zbek davlatchiligi asoschisining timsoli poytaxt aholisini mustaqil davlatni yaxlit birlashtirishga, buyuk ajdodlarning ezgu ishlarini davom ettirishga chaqiradi. Haykal Amir Temurning o‘tirgan holatini ifoda etadi. Hukmdor jangovar kiyimda, go‘yoki g‘alabali yurishdan qaytmoqda, chap qo‘li bilan olovli otini jilovlamoqda, o‘ng qo‘li uni kutib olayotgan odamlar uzra ko‘tarilgan va mamlakatda tinchlik, osoyishtalik hukm surishini ma’lum qilmoqda. Hukmdorning viqorli salobati va yarim bukilgan qo‘li farovonlik va taraqqiyot ramzidir. Haykal o‘rnatilgan tagkursida esa buyuk Temurning «Kuch – adolatdadur” shiorining to‘rt tilda yozilganligini ko‘ramiz. 2009-yil noyabrida hukumat qaroriga muvofiq, Amir Temur xiyoboni tubdan qayta tiklandi: ko‘pchiligining yoshi 100 dan o‘tgan keksa daraxtlar kesib tashlandi. Xiyobon hududida hashar uyushtirilib, tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirildi, ko‘rkam, go‘zal va shinam bog‘-xiyobon vujudga keltirildi. Turli manzarali daraxtlar, gullar ekilib, zamonaviy favvoralar o‘rnatildi.