30-iyun Tunguss meteoriti yerga tushgan kun to’liq malumot oling
30-iyun Tunguss meteoriti yerga tushgan kun
Mundarija
скрыть
30-iyun 1908-yil ertalab mahalliy vaqt bilan soat 7 da markaziy Sibir ikki daryo oralig’idagi: Tunguss va Lena ustidan gigant shar uchib o’tdi. Uchayotgan paytda o’zidan baland dovush chiqarib, 40-50 megatonnali kuchga ega bo’lgan portlash yuz berdi. Uning kuchi eng kuchli vodorod bombasining portlashi bilan teng edi. Uning portlash to’lqini 40 kilometrlik radiusdagi o’rmonni yo’q qildi, hayvonlar qirildi, odamlarga ziyon etdi. Olimlar portlashning 100ga sabablarini o’rtaga tashladilar. Ko’plar erga gigant meteorit tushganligi. 1927-yildan boshlab portlashning sabablarini qidira boshlashdi. Afsuski, meteorit tushgan joyda meteor krateri topilmadi. Tekshiruvlar shuni ko’rsatdiki, portlash erda emas, balki ergacha рavoda 5-10 kilometr balandlikda portlagan. Astronom V.Fesenkov yer kometa bilan to’qnashgan degan taxminiy fikrni ilgari surdi. Yana bir taxminlardan biri meteorit katta kinetik energiyali, unchalik zich, mustahkam bo’lmagan va tezligi baland kuchga ega bo’lgan. Bu esa uning birdan qattiq tormoz berishidan atmosferaning zich qatlamida tez emirilib, parchalanib ketishiga sabab bo’lgan.
Muhim sanalar
30-iyun Tunguss meteoriti yerga tushgan kun