30-iyun Londonda mashhur — Tauer brij mosti ochilgan kun to’liq malumot oling
30-iyun 1894-yil Londonda mashhur -Tauer bridj mosti ochildi. 19 asrning ikkinchi yarmida Britaniya poytaxtining Ist-End porti rayonida avtomobil va piyoda harakatining ko’payib ketganligi tufayli «London mosti”ning sharqiy yo’nalishini qurish to’g’risidagi masala ko’tarildi. 1876-yilda bu muammoni yechish bo’yicha komitet tashkil qilinib, mostning eng yaxshi loyihasi uchun tanlov e’lon qilindi.1884-yilda bu mostning qurilishi bo’yicha injener Goras Jonsning taklif qilgan loyihasi qabul qilindi va mostning qurilishi boshlanib ketdi. Uning vafotidan so’ng 1887-yilda qurilishni Djon Volfe-Berri boshqardi. Mostning qurilishi 21-iyun 1886-yildan boshlanib 8 yil davom etdi va bir million funtdan ortiq mablag’ harajat qilindi. 30-iyun 1894-yilda mostni Qirol Uels Eduard rafiqasi malika Aleksandra bilan tantanali ravishda ochib berdi.Tauer- bridj muhim vazifani bajaradi: normal rejimda keti uzilmas mashinalar o’tadi. Ma’lum bir vaqtlarda most yirik dengiz kemalarini o’tkazib yuborish uchun ochiladi. Mana 100 yildirki Tauer-bridj Britaniya poytaxtining vizit kartochkasi bo’lib kelmoqda.
Mundarija
скрыть
Muhim sanalar
30-iyun Londonda mashhur — Tauer brij mosti ochilgan kun