3 sinf tabiat kitobi
- малогабаритной техники – бесплатно.
- крупногабаритной техники (холодильник, стиральная машина, газовая плита и т.д.) – от 15 000 до 20 000 сум за каждый этаж (сумма зависит от габаритов техники)
Внимание! Мы не осуществляем подъём на этаж или занос товара в квартиру, если для этого потребуется:
- перестановка мебели или других предметов;
- снятие с петель дверей в помещении;
- демонтаж любых частей товара с целью уменьшения его габаритных размеров;
- расстояние между стороной товара и окружающими предметами или частями помещения при перемещении товара составляет менее десяти сантиметров;
- габариты товара в упаковке превышают размеры лестничных маршей, площадок и входных дверей.
В этом случае товар передаётся Покупателю перед подъездом или перед дверью квартиры, либо в прихожей квартиры, в зависимости от того, где возникло препятствие.
Приём/передача товара
- При получении товара Покупатель обязан внимательно проверить его в присутствии курьера и только после этого произвести оплату наличными или по терминалу.
- Покупатель при приёме товара обязан проверить наличие гарантийного талона на товар.
Обмен и возврат товара
В случае обнаружения заводского дефекта, товары могут быть заменены на аналогичные в течение 10 дней с даты доставки. Товар и упаковка не должны быть повреждены.
Важно!
- Производитель на свое усмотрение и без дополнительных уведомлений Продавца может менять комплектацию, внешний вид, страну производства и технические характеристики модели. Проверяйте соответствие в момент получения товара.
- Сотрудники службы доставки не являются консультантами по товару и не владеют информацией о его конфигурации. В случае необходимости уточняйте интересующую вас информацию о приобретаемом товаре у менеджера по продажам.
Atrofimizdagi olam
Kutilgan natija: Boshlang’ich sinflarda tabiat darslarini o’tkazish jarayonida vatanimizning boy tabiati, xilma-xil yer usti boyliklari, xalqimiz olib borayotgan bunyodkorlik ishlari, yer shari aholi orasidagi o’zbek xalqini obro’ e’tibori ortib borayotgani, o’quvchilardan milliy iftixor hissini tarkibn toptiruvchi bilimlarni berishdan iborat.
Ma’ruza: Tabiatshunoslik va “Atrofimizdagi olam” darslarining tarbiyaviy ahamiyati.
1. 1-4 sinfning tabiatshunoslik kursi o’rta maktabda tabiiy geog-
rafiyaning tarkibiy qismi ekanligi.
2. O’quvchilarning tabiatshunoslikka oid tushunchalarini shakl-
lantirish va tafakkurini rivojlantirish, ekologik tarbiyaga e’tibor
berish tushunchalarini shakllantirish.
3. Hayotning paydo bo’lishi va rivojlantirishning moddiy asoslari.
4. Tabiatshunoslik, biologiyada oid yutuqlarini qishloq xo’jaligiga
tadbiq qilish, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanish haqidagi
Quyoshing nuri bu hayot demakdir,
Tomchi suv nurdan yaralgan dunyo,
Barcha tirik zotga tabting kerakdir,
Olloh inoyati muqaddas ro’yo.
Bu zaminda hayotning paydo bo’lishi necha-necha million yillarga borib taqaladi. Ilk bir hujayrali o’simliklar bu turfa olam, bugungi borliqning ilk ajdodidir. Inson yaralibdiki, eng avvalo u o’z ehtiyojini tabiat qo’ynidan qondirdi. Chanqadi, suv ichdi, ochqadi o’t-o’lan yedi. U tabiat tufayli, uning mavjudotlari tufayli bugungi kunga yetib kela oldi. Shuning uchun ham u “Ona tabiat” deya nom ololdi.
Bugungi jadal rivojlanish davrida, texnika taraqqiyoti yuqori cho’qqini zabt etolgan bu pallada yana bir eng muhim ehtiyojni inson qalban his etmoq kerak. Tabiatni asrash kabi muqaddas tuyg’uni, burchini bolaga ona qornidagidayoq singdirilish lozim.
Bu bir qarashda boshqacharoq tushuncha tayulsada uni amalga oshirish uchun ona o’zi shu tushunchalar bilan qurollangan bo’lishi kerak.
Maktab ta’limi bola hayotining muhim bir bosqichidir. Bu pallada u shaxs bo’lib shakllana boshlaydi. Ana shu jarayonni to’g’ri yo’lga oluvchi insonlar bu boshlang’ich sinf o’qituvchilaridir. Ulardan bu borada kuchli ma’suliyat, salohiyat, bilim talab qilinadi.
Shuning uchun 1-2-sinflarda “Atrofimizdagi olam va 3-4-sinflarda”, “Tabiatshunoslik” darslari o’qituvchilarga tabiatni asrab-avaylash, uning manbalaridan oqilona foydalanish, odam va uning salomatligiga doir tushunchalar, foydali qazilmalar va ularning davlat iqtisodiga ta’siri kabi tuhunchalar berish uchun dars soatlari ajratilgan. Tabiatshunoslik so’zi “tabiat” hamda forcha “shenoxtan” (o’rganmoq) so’zlaridan tuzilgan.
1-2- sinflarda “Atrofimizdagi olam” darslarini o’tish orqali “Tabiatshunoslikning” eng dastlabki tushunchalari tanishtiriladi.
Har bir darsni o’tish jarayonida shu dars boshqa fanlar bilan bevosita bog’lab o’tilishi kerak.
Masalan: eng dastlabki tushunchalar, tabiatda o’zini tutish qoidalari, gullarni uzmaslik, qurbaqalarni, chuvalchaglarni o’ldirmaslik, daraxt shohlarini sindirmaslik kerakligini xalq pedagogikasi materiallaridan foydalangan holda, odobnoma darslariga bog’lab ham o’tish mumkin.
Tabiatda o’zini tutish eng avvalo jamiyatning kichik bo’lagi sanalmish oilada amalga oshiriladigan jarayon. Dars jarayonida sahna ko’rinishlari orqali tabiatda o’zini tutish qanday bo’lishligi ko’rsatib beriladi.
Sayohat darsi orqali tabiat manzaralari tomosha qilinib, naqadar go’zal ma’noning tamoman aksi ham bo’lishi mumkinligi, singan butoqlar, axlat to’la ariqlar kishi tabiatiga yomon ta’sir qilishi o’quvchilarning ayni o’zlari ishtirokida shu jarayon boshidan o’tkazdiriladi.
Sinov tajriba darslari orqali qurbaqaning, chuvalchangning qishloq xo’jalik hayotida yaxshi o’rin tutishligi sinf, yoki to’garak jonli burchagida tajriba-sinov qilib o’quvchilarga ko’rsatib beriladi.
Kishilarning pala-partish xo’jalik yuritishi, hayvon va baliqlarni ovlashi, o’zini tabiatning mutlaq hukmdori deb o’ylashi, tabiatga nisbatan noo’rin munosabatda bo’lishligi qanday achinarli ahvollarga olib kelayotganligi hozirgi kun misolida o’quvchilarga tushuntirib borilishi zarur. Masalan: indoneziya orollaridagi sunami bu tabiatni hech qachon kishanlay olmaslikning aniq nisolidir.
Bizning yurtimizning fojeasiga deyarli aylanib bo’lgan “Orol” fojeasi.
Suvdan nooqilona foydalanish oqibatlari ta’sirida hozirgi va kelgusi orol bo’yi hududlari aholisi tuz ichib, kechib yashashga mahkum.
Bu halokat davlat iqtisodiga qancha-qancha ta’sirlar qiladi. Masalan: Kemalar qatnovi, baliqchilik sanoati deyarli izdan chiqib bo’ldi.
Kun kechirishi baliqchilikka bog’liq bo’lgan xo’jaliklar iqtisodiy jihatdan past ahloqga, turli-yuqumli kasalliklar tarqalishi, hududning ekozonaga aylanishi davlat iqtisodiga ziyoni tshuntiriladi.
O’quvchilar oldiga muammo qo’yiladi. Qani, bu muammolarning yechimi bormi? Bor bo’lsa, u nimalar?
Birgalikda muhokamaga qo’yilishi, ularning sodda fikrlari o’qituvchining yakunlovchi aniq fikri bilan to’ldiriladi.
Masalan: Bizga toza havoni yetkazib beruvchi o’t-o’lanlarni, dav-daraxtlarni ko’plab ekib, parvarishlab, tabiat bilan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishlik bizning hissamiz bo’lishi uqtiriladi. Qadmiy milliy tarbiyamizga murojaat qilib: suvga tuflash gunohi azim, begunoh jonivorlarni qirish kechirilmas gunoh ish deya inform diyonat, odamgarchilik g’oyalarini ularga tushuntirib, ongiga singdirishimiz kerak. Odamlar tabiatdan faqat foydalanmay uni muhofaza qilishni ham bilishi kerak. Toza havo uchun kurashda bizga “yashil do’stlarimiz” o’simliklar yordam berishini, ular havodagi zaharli va foydasiz changlarni ushlab qolishini misollar yordamida tushuntirishimiz kerak.
3-sinf tabiat darslarida o’rab turgan tabiat, undagi jismlar, tuproq, suv, havo, foydali qazilmalar, shuningdek o’simlik va hayvonat dunyosi, sog’liqni va tabiatni himoyalash kabilar bilan tanishtiriladi.
Odam jonli tabiatning bir qismi bo’lib, u yerdagi hamma mavjudotlarning eng ajoyibidir, gultojidir.
Inson ana shu nomiga hamisha munosib bo’lmog’i kerak.
Foydali qazilmalar davlat tayanchi. U davlat iqtisodining sezilarli qismini tashkil qiladi. Lekin ulardan ham noo’rin foydalanish oqibati taqchilikka olib kelishi tushutiriladi.
Masalan: tabiiy gazni isrof qilish oqibatida gaz zaxiralari tugab qolishi mumkin. Sanoat rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’simlik bu paxtadir. Paxtadan – ip, yo’g’, kunjara, sovun, spirt, qog’oz, linoleyum, lak, charm, g’ildirak moylari kabi mahsulotlari olinadi.
O’qituvchi shu mavzuni o’tish orqali maqsadiga yetish uchun testlar tashkil qilishi mumkin. O’zaro savol-javoblar ham tashkil qilish maqsadga muvofiq.
“Paxta-milliy boyligmiz” mavzusida insholar, ijodiy ishlar qilishi ham mumkin. Paxtadan tayyorlanadigan ayrim mahsulotlarni yig’ib, sinfda “Milliy boylik” burchagi tashkil qilish ham mumkin.
4-sinflarda ekologik muammolar bilan yanada chuqurroq tanishtiriladi.
“Uyimiz ekologiyasi”, Ko’chamiz ekologiyasi, “Mahallamiz ekologiyasi” mavzularini ko’tarib, o’quvchilarga mustaqil ishlar, ko’rgazmalar tanlovlari, she’rlar va hikoyalar tanlovlari nainki sinfda balki maktablar aro tashkil qilish ham maqsadga muvofiq.
Konstitusiyamizda tabiatga, atrof-muhitga munosabatlari qonun bilan belgilab qo’yilgan. Masalan: 50-moddasida:
“Fiqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majbur” deyilgan.
Tabiatni muhofaza qilishga bag’ishlangan Davlat qonunlari, “Qizil kitob” kabi tushunchalarni muntazam berib borishi kerak. Yoshlarga atrof-muhitni muhofaza qilish va uni yaxshilash ta’limining asoslarini hozirgi tasavvurlarga ko’ra beshta fazaga bo’lish mumkin.
Birinchi-dunyo moddiydir va murakkab bog’lanishlar tizimidan iboratdir, uning elementlarini o’zgarishi o’zaro bog’langandir. Ikkinchi-tabiatni muhofaza qilishda dunyoning moddiylik qonuniyatlarni va ularning o’zaro ta’siri va munosabatlarini ifodalaydigan dasturlar va o’quv qo’llanmalari bo’lishi zarurligi. Uchinchi-insoniyat va jamiyat zarurligi; uchinchi-insoniyat va jamiyat jonli tabiat evolyutsiyasining natijasi va shining uchun tabiatning ajralmas qismi ekanligi; to’rtinchi-biosferada hosil bo’lgan o’zgarishlar va jamiyat uchun zararligi tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning boshqarma mexanizmi yo’qligi yoki taraqqiyot ilmiy-texnik jihatdan asoslanmaganligi; beshinchi-tabiat jamiyatning rivojlanish tezligiga ta’sir etishi, ammo lekin uning munosabatlar xarakteriga ta’sir ko’rsatmasligi. Mana shu metodologik asoslardan kelib chiqgan holda yoshlarga muhiti muhofaza qilish va uni yaxshilash bo’yicha hozirgi zamon jamiyati ekologik muammolari haqida ilmiy asoslangan bilimlar berishi kerak.
Atrof-muhitni himoya qilish ta’limoti ekologik ongli shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Avlodlar sog’lomligi uchun ekologik jihatdan sog’lom muhit kerak.
Bunday muhitni faqat har tomonlama yetuk, ekologik jihatdan yuqori madaniyatga ega bo’lgan shaxslardan tashkil topgan jamiyatgina hosil qilishi mumkin.
Madaniyatli shaxs tabiat komponentlarining o’zaro aloqadorligini yaxshi biladi. O’quvchilarga har doim, bugungi darajasiga o’z mehnati tufayligina erishganligini, ijtimoiy foydali mehnatning har doim afzalligi ilk tushunchalarini berib boriladi.
O’quvchilarga mustaqil ravishda ijodiy va mustaqil ishlar, topshiriqlar berib, ularning mustaqil yod qilish, yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirib borish kerak. Atrofdagi olam predmet va ob’yektlari haqida shakllangan tasavvurlarini o’quvchilar o’quv mashg’ulotlari, didaktik va ijodiy o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat qilish va ijtimoiy foydali mehnat qilish jarayonida amaliy mustahkamlaydilar.
Shu tarzda atrofdagi olam bilan tanishish bo’yicha materiallarni o’rganishda o’qtuvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ularning har taraflama yetuk shaxs bo’lib rivojlanishi maqsadida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalar hal qilinadi.
O’quvchilarga o’z qishlog’i va shahlari misolida jamiyat hayoti bilan tanishtiriladi. O’quvchilar iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlari. Shunga oid odamlarning kasblari, madaniyati va ta’lim haqidagi elementar tasavvuriga ega bo’ladilar. Tabiat va xo’jalik o’rtasidagi iqtisodning turli tarmoqlari orasidagi muhim o’zaro aloqalar ochiladi. Turli faoliyatda vijdonli, halol mehnatga hurmat tarbiyalanadi.
Mavzu: Tabiat va olam.
Maqsad: O’quvchilarda tabiat haqida tushuncha hosil qilish va uni asrashga, mehr uyg’otishga o’rgatish.
Dars jihozi: Rangli rasmli korgazmalar, test savollari, tarqatmalar, magnit tasma, ijtimoiy o’yinlar, xalq og’zaki ijodidan manunalar.
Dars o’qituvchining tabiat haqidagi so’zlari bilan boshlanadi. Sinf o’quvchilari ikki ‘Zamin” va “Obi – hayot” guruhlariga bo’linadi.
“Zamin” guruhi sardori.
“Zamin” – bu yer demakdir
Ya’ni rizq – ro’z demakdir
Yer dunyoda yagona
Hamma odamga ona
Yedirgan ham ona yer
Kiydirgan ham ona yer
Zaminda odam hayot
Faqat unga kular baht
Shu sabab qo’yib ixlos
Yerni qilaylik e’zoz !
“Obi hayot” guruhi sardori.
Obi hayot suv demak
Yashash, yasharish demak
Suv yorug’lik, suv hayot
Suvdan umr davomli
Suv qadrini bilmaslik
Inson degan nomga dog’
Non, suvga bepisandlik
Dunyoda yomon gunoh
O’quvchilar: Ona tabiatga rahmat !
Ikkala guruhdan o’quvchilar tabiat haqida she’rlar aytishadi.
Istayman havo bo’sam,
Dardlarga davo bo’lsam.
Shamollarga sas bo’lsam,
Bir toza nafas bo’lsam.
Yo shabnam qatra bo’lib,
Olam sehriga to’lib.
Shoda – shoda dur bo’lsam,
Xalqqa mehri zo’r bo’lsam.
O’quvchilarning bilimi, qobiliyatini, donoligini, chaqqon va ziyrakligini baholash uchun har bir guruhga 4 tadan yesy so’rovi tarqatiladi.
TEST SAVOLLARI:
1. Jonli tabiat qaysi qatorda to’g’ri?
a) Oy, suv, o’simlik
b) Odamlar, hayvonlar, o’simliklar
v) Havo, toshlar, hayvonlar
2. Tabiat hodisalari qaysilar?
a) Shovqin, chang b) Zilzila, dovul
v) Yong’in, nurash
3. G’alla o’simliklarni top.
a) Bug’doy, makkajo’xori b) Paxta, sholi
4. Shaklga ega bo’lgan jism qaysi?
a) Suyuq jism b) Qattiq jism v) Gazsimon jism
5. Manzarali daraxtlarni top?
a) Olma, tut, jiyda
b) Xurmo, anjir, yong’oq
v) Terak, archa, chinor
6. Foydali qazilmalarni kimlar izlaydilar?
7. Hayvonlar qaysi qatorda to’g’ri?
a) Kapalak, burgut, tulki
b) Bo’ri, cho’chqa, sigir
v) Chumoli, tiptatikan, to’ti
8. Tabiatda suv qanday aylanadi?
a) Bug’lanish natijasida
b) Shamol ta’sirida
O’quvchilar tomonidan “Amaliy ishlardan namuna ko’rsatiladi. har qaysi guruhdan ikkitadan o’quvchi ishtirok etadi.
1-tajriba : Yonib turgan sham ishtirokida issiq va sovuq havoning harakatini ko’rsating?
2-tajriba : Tuproqni suvli stakanga soling, nima sodir bo’ladi?
3-tajriba : Bo’sh xaltachaga honadan havo yig’ing va tushuncha bering.
4-tajriba : Ko’mirning suvdagi va qog’ozdagi holatini ko’rsating.
O’quvchilarga tarqatmalar tarqatiladi va javoblari o’rgatadi?
1-tajriba : Tabiatshunoslik nima va nimani o’rgatadi?
2-tajriba : Tuproq tarkibida nimalar bor?
3-tajriba : Tabiat jismlari qanday holda bo’ladi, nomlarini ayting?
4-tajriba : Qazilma boyliklari qaysilar?
5-tajriba : Qanday o’simliklarni bilasiz, ular nima uchun kerak?
6-tajriba : Madaniy o’simliklarga nimalar kiradi?
7-tajriba : O’zbekiston “Qizil kitobi” nima?
8-tajriba : tabiatga nimalar kiradi?
Dam olish daqiqasi juda qiziqadi reklama aosida tashkil qilinadi.
O’qituvchi: (qo’lidagi o’simlikni ko’rsatib) Qiziqing bu “Zupturum” o’simligi. Zupturum o’ti qimmatli dorivor o’simlik hisoblanadi. Uning barglari yara va kuygan joylarga qo’yilsa tezda tuzaladi.
Asalari chaqqon kishini ham shu o’t bilan davolaydilar. bargidan shamollash, oshqozon va ichak kasalliklarini davolash uchun dori olinadi. Zupturum o’lkamizning barcha joylarida o’sadi.
Har ikkala guruh o’quvchilari tabiat to’g’risida maqollar aytishadi.
– Ariq qazimasang suv chiqmas.
– To’kilsa manglay tering, unumli bo’lar yering.
– Qirg’iz xalqi mol bilan, o’zbek xalqi bog’ bilan.
– Yozgi mehnat qishgi rohat.
– Qolgan ishga qor yog’ar.
– Bahordagi harakat – kuzgi barakat.
O’quvchilarning topqirligini baholash uchun ikki guruh a’zolari bir – birlariga tabiat to’g’risida topishmoqlar berishadi.
– Ariqdan oyna oldim. (muz)
– Ooq tovuq, katagi sovuq. (qor)
– Tebranadi, joni yo’q. (zilzila)
– O’zi tanho yagonadir, tabiatga chin onadir.
Bolalarning xotirasini charxlash maqsadida ikki guruhdan bittadan o’quvchi chiqib tez o’yini o’tkaziladi.
– Jo’ja cho’qib go’ja cho’qir.
– Qo’ng’iroq qo’zichoqnikimi, qo’g’irchoqnikimi.
Tahtaga tushunish qiyin bo’lgan so’zlar izohi yoziladi.
Shaxtyor – qazilmalarni qazib oladigan kishi.
Geolog – qazilma boyliklarini izlab topadigan kishi.
Kon – yer osti boyliklari uyilib yotgan joy.
Silos – makkajo’xoridan tayyorlangan mollarga beriladigan ozuqa.
Har ikkala guruhning to’plagan reyting ballari o’qituvchi tomonidan e’lon qilinadi. G’olib bo’lgan guruh rag’batlantiriladi.
Darsni mustahkamlash.
O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarning fikri tinglanadi.
Uyga vazifa.
Bahs munozara dars o’quvchilarning yershunoslik kasbi haqidagi she’rni aytish bilan yakunlanadi.
Men yershunos bo’laman,
Tekshiraman yer sharini.
Bir kun aytib beraman,
Uning hamma dardlarin.
Istagim yer qadriga,
Yetmagan zot qolmasin.
Biz uni e’zozlaylik,
Yerimiz hech tolmasin.
Mana dardinga shifo,
Yerjon, ingrama, deyman.
Isitmalab hech qachon,
Og’rib tebramna, deyman.
T E S T L A R.
1. DTS bo’yicha o’quvchi ufqning asosiy tomonlarini nima bilan aniqlash
malakasiga ega bo’lishi kerak?
a) Quyoshga, oyga, suvning oqishiga qarab b) Oyga, kompasga qarab
d) Quyoshga, shamolga, kompasga qarab
e) Quyoshga, mahalliy belgilarga, kompasga qarab
j) To’g’ri javob berilmagan
2. Tabiatshunoslikdan o’quvchi bilishi kerak bo’lgan talablarni belgilang.
a) Kompyuter va uning imkoniyatlarini
b) Hozirgi zamon fan – texnikasining imkoniyatlarini
d) Elektr asboblari va ulardan foydalanishni
e) Atmosferadagi hodisalarni j) Barcha javob to’g’ri
3. Ikki yillik sabzavot o’simliklarini toping.
a) Karam, sabzi, bodring b) Lavlagi, piyoz, pomidor
d) Rediska, bodring, karam e) Karam, sabzi, piyoz
j) To’g’ri javob yo’q
4. Tabiatdan o’quvchilar amalda qo’llay olishlari lozim bo’lgan ko’nikmalar
a) Jism massasini o’lchay olish b) Havo haroratini o’lchay olish
d) Uy hayvonlarini parvarishlay olish e) Gazdan foydalana olish
j) Ufqning asosiy tomonlarini topa olish
5. Umumiy boyliklarga nimalar kiradi?
a) Er, suv osti boyliklari b) Suv, o’simlik va hayvonot dunyosi
d) Tabiiy zahiralar e) Er osti boyliklari
j) Barcha javoblar to’g’ri
6. “Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga
majburdirlar” degan modda qaysi hujjatda ko’rsatilgan?
a) O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasida
b) Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasining 29-moddasida
d) “Tabiatni muhofaza qilish” to’g’risidagi Qonunda
e) Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasining 19-moddasida
j) A va B javoblar to’g’ri
7. Odam tanasi nimalardan tarkib topgan?
a) Organlardan b) Bo’laklardan d) Qismlardan
e) Yaxlit tanadan j) Hamma javoblar to’g’ri
8. O’zbekistondagi avtonom respublika va viloyatlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) 10 ta viloyat, 1 ta avtonom respublika
b) 12 ta viloyat, 1 ta avtonom respublika
d) 13 ta viloyat, 2 ta avtonom respublika
e) 13 ta viloyat, 1 ta avtonom respublika
j) 14 ta viloyat, 2 ta avtonom respublika
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Boshlang’ich ta’lim o’quv dasturi.
2. Boshlang’ich ta’lim jurnallari.
3. Tabiatshunoslik 3-4-sinflar darsligi.
4. Inson va tabiat.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Tabiatshunoslik test sinovi. I-chorak. 3-sinf. Tabiat nima?
b)Quyosh ,yulduzlar,Oy,Yer,tosh,tabiiy gaz,bulut,havo,suv.
d)Yer yuzasidagi barcha o’simliklar va hayvonlar.Ular oziqlanadi,o’zidan ko’payadi va rivojlanadi.
2.Jonsiz tabiat nima?
a)Inson qo’li bilan yaratilgan narsalardan tashqari atrofimizdagi olam
b)Quyosh ,yulduzlar,Oy,Yer,tosh,tabiiy gaz,bulut,havo,suv.
d)Yer yuzasidagi barcha o’simliklar va hayvonlar.Ular oziqlanadi,o’zidan ko’payadi va rivojlanadi.
3.Jonli tabiat nima?
a)Inson qo’li bilan yaratilgan narsalardan tashqari atrofimizdagi olam
b)Quyosh ,yulduzlar,Oy,Yer,tosh,tabiiy gaz,bulut,havo,suv.
d)Yer yuzasidagi barcha o’simliklar va hayvonlar.Ular oziqlanadi,o’zidan ko’payadi va rivojlanadi.
4)Tabiat hodisalari nima?
a)Yomg’ir , qor yog’ishi.
b)Yer ostidan vulqon otilishi,osmonda bulut hosil bo’lishi,chaqmoq chaqishi,momoqaldiroq gumburlashi,shamol eshishi,yomg’ir yog’ishi,quyoshning nur sochishi kabi jarayonlar
d)Yer yuzasidagi barcha o’simliklar va hayvonlar.Ular oziqlanadi,o’zidan ko’payadi va rivojlanadi.
5.Globus nima?
a)Yer sharining kichratirilgan shakli
b)havorang egri bugri chiziqlar.
6 Globusdagi havorang egri bugri chiziqlar nima?
a)Daryolar b)ko’llar d)dengizlar c) okeanlar
7.Globusda katta qismini havorangda tasvirlangan u nima?
a)Daryolar b)ko’llar d)dengizlar c) okeanlar
8.Yer usti suvlarini belgilang:
a)Okean dengiz daryo ko’l
c)Yomg’ir qor va do’l
9.Muzliklar qayerda bo’ladi?
a)Yerning g’arbiy qismida b)Yerning shimoliy qismida d) yerning shimoliy va janubiy qismida
10.Yer osti suvlarini belgilang:
a)Okean dengiz daryo ko’l b)quduq, buloq. c)Yomg’ir qor va do’l
11.Ob –havo deb nimaga aytiladi?
a) Havoning ma’lum vaqt va joydagi holatlari ob havo deb ataladi.
b) Yomg’ir qor va do’l yog’ishi.
d) Quyosh ,yulduzlar,Oy,Yer,tosh,tabiiy gaz,bulut,havo,suv.
12.Yog’inlarni belgilang:
a) Yomg’ir qor va do’l b)sel kelishi d)qirov tushishi
13.Konlarni qidirib toppish ishlari bilan qaysi kasb egalari shug’ulllanadi?
a)Haydovchi b)Geolog d)Iztopar
14.Toshko’mir shartli belgisini belgilang.
a) b) d)
15.Tabiiy gazning shartli belgisini belgilang:
a) b) d)
16.Mis rudasining shartli belgisini belgilang:
a) b) d)
17.Osh tuzi qayerdan olinadi?
a)Tog’lar yonbag’ridan olinadi
b)Qurib qoldan dengizlarning suvi o’rnida osh tuzi konlari paydo bo’ladi.
d)Okeanlar tubidan olinadi.
18.Vulqon deb nimaga aytiladi?
a)Yer ostidan qaynoq suyuq holatdagi moddalarning otilib chiqish joyi
b)Yer ustidagi qotgan tetallar.
d)Qaynoq otilib turadigan suvlar
19.Ko’mir necha xil bo’ladi?
a)toshko’mir b)Qo’ng’ir ko’mir d)Toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir
20.Neft qanday holatdagi yonilg’i?
a)gaz b)suyuq d)qattiq
21.Tabiiy gaz qanday holatdagi yoqilg’i?
a)gaz b)suyuq d)qattiq
22.Toshko’mi qazib olinadigan yer osti joyi nima deb ataladi?
a)Kon b) yopiq kon d) shaxta
23.Neft O’zbekistonning qayerlaridan uchraydi xaritadan belgilang:
a)Buxoro ,Namangan ,Surxondaryo
b)Buxoro qoraqalpog’iston qashqadaryo
24. Tabiiy gaz O’zbekistonning qayerlaridan uchraydi xaritadan belgilang:
a)Buxoro ,Namangan ,Surxondaryo
b)Buxoro qoraqalpog’iston qashqadaryo
25.Oltin O’zbekistonning qayerlaridan uchraydi xaritadan belgilang:
a)Buxoro ,Namangan ,Surxondaryo
b)Buxoro qoraqalpog’iston qashqadaryo
Tabiatshunoslik. II chorak yakuni. III-sinf
1.Tabiiy o’simliklar deb nimaga aytiladi?
a)Odamlar tomonidan ekilib ,parvarish qilinadigan o’simliklar
b)Ormonlarda ,tog’larda, yaylovlarda, ya’ni tabiat bag’rilarida o’sadigan o’simliklar.
d)Poyalari yog’ochlangan,ya’ni qattiq holatda,bir nechta to’p bo’lib o’sadi.
e)Poyasi yog’ochlangan,qattiq,bitta va yog’on bo’lib o’sadi.
2.Daraxtniga berilgan ta’rifni belgilang.
a)Odamlar tomonidan ekilib ,parvarish qilinadigan o’simliklar
b)Ormonlarda ,tog’larda, yaylovlarda, ya’ni tabiat bag’rilarida o’sadigan o’simliklar.
d)Poyalari yog’ochlangan,ya’ni qattiq holatda,bir nechta to’p bo’lib o’sadi.
e)Poyasi yog’ochlangan,qattiq,bitta va yog’on bo’lib o’sadi.
3.Butaga berilgan ta’rifni belgilang:
a)Odamlar tomonidan ekilib ,parvarish qilinadigan o’simliklar
b)Ormonlarda ,tog’larda, yaylovlarda, ya’ni tabiat bag’rilarida o’sadigan o’simliklar.
d)Poyalari yog’ochlangan,ya’ni qattiq holatda,bir nechta to’p bo’lib o’sadi.
e)Poyasi yog’ochlangan,qattiq,bitta va yog’on bo’lib o’sadi.
4.Madaniy o’simliklar deb nimaga aytiladi?
a)Odamlar tomonidan ekilib ,parvarish qilinadigan o’simliklar
b)Ormonlarda ,tog’larda, yaylovlarda, ya’ni tabiat bag’rilarida o’sadigan o’simliklar.
d)Poyalari yog’ochlangan,ya’ni qattiq holatda,bir nechta to’p bo’lib o’sadi.
e)Poyasi yog’ochlangan,qattiq,bitta va yog’on bo’lib o’sadi.
5.Ariq bo’ylarida o’sadigan o’simliklarni belgilang:
d)Archa,yong’oq,do’lana,yovvoyi olma, bodom
6.Tog’ yon bag’rida o’sadigan daraxtlarni belgilang.
d)Archa,yong’oq,do’lana,yovvoyi olma, bodom
7.Butalarni belgilang.
d)Archa,yong’oq,do’lana,yovvoyi olma, bodom
8.Gidroelektrostansiya nima?
a) Bu daryo to’g’on bilan to’silib, turbina parraklarining aylanishidan elektr toki olinadigan inshoot.
b)Tabbiy gaz zahirasi.
9.Granit qanday rangda bo’ladi?
10.Granit qayerlardan qazib olinadi?
a)Toshkent, Namangan,Samarqand viloyati hududidagi tag’lardan
b)Toshkent va Samarqand viloyatlari hududidagi tog’lardan
d)Surxondaryo va Toshkent viloyati tog’li hududlaridan qazib olinadi.
11.Qora metal rudalarini belgilang:
e)Hamma javoblar to’g’ri.
12.Rangli metallarga qaysi metallar kiradi?
a) oltin ,kumush,mis
d) oltin ,kumush,mis, alyumin,qo’rg’oshin
13.Neftdan olinadigan yoqilg’ini belgilang:
a) gaz b)benzin d) simob
14. Tabbiy gaz deb nimaga aytiladi?
a) suyuq holatdagi yoqilg’iga aytiladi
b) qattiq holatdagi yoqilg’iga aytiladi
d) gaz holatdagi yoqilg’iga aytiladi.
15.Neft qanday holatdagi yonilg’i?
a)gaz b)suyuq d)qattiq
16.Tabiiy gaz qanday holatdagi yoqilg’i?
a)gaz b)suyuq d)qattiq
17.Toshko’mi qazib olinadigan yer osti joyi nima deb ataladi?
a)Kon b) yopiq kon d) shaxta
18.Neft O’zbekistonning qayerlaridan uchraydi xaritadan belgilang:
a)Buxoro ,Namangan ,Surxondaryo
b)Buxoro Qoraqalpog’iston Qashqadaryo
19. Tabiiy gaz O’zbekistonning qayerlarida uchraydi xaritadan belgilang:
a)Buxoro ,Namangan ,Surxondaryo
b)Buxoro Qoraqalpog’iston Qashqadaryo
20.Oltin O’zbekistonning qayerlaridan uchraydi xaritadan belgilang:
a)Buxoro ,Namangan ,Surxondaryo
b)Buxoro Qoraqalpog’iston Qashqadaryo
21.Temirdan yasalgan buyumlarni belgilang:
a) alyumin tog’ora,kosa, payola
b) ketmon,bolta, bolg’a
22. Marmar nima uchun ishlatiladi?
a)Muxtasham va chiroyli binolar saroy ustunlariga marmarlar bilan bezatiladi
b) poydevorlari,eshik peshtoqiga ishlatiladi
d) Bino devorlariga ishlatiladi.
23.Granit qayerlarda ishlatiladi?
a)Muxtasham va chiroyli binolar saroy ustunlariga marmarlar bilan bezatiladi
b) Imoratlarning poydevorlari,eshik peshtoqiga, ko’prik ustunlariga ishlatiladi
d) Bino devorlariga ishlatiladi.
24. Qum va gil nima uchun ishlatiladi?
a)Muxtasham va chiroyli binolar saroy ustunlariga marmarlar bilan bezatiladi
b) Imoratlarning poydevorlari,eshik peshtoqiga, ko’prik ustunlariga ishlatiladi
d) Bino devorlariga ishlatiladi,yo’llarda asphalt yotqizishda ,oyna va shishalarni yasashda ishlatiladi.
25.Tejamkorlik deganda nimani tushunasiz?
a) Foydalanayotgan narsalarni tejab tergab ishlatish.
b) Oqayotgan suvning jumragini o’chirish,Kerak bo’lmagan xolatlarda elektr chiroqlari va asboblarini o’chirish, gazdan unumli foydalanish
d) Hamma javoblar to’g’ri.
Odobnoma test sinovi. 1 chorak.
1.Qaysi qatordagi javoblarda tarixioy obidalar to’g’ri ko’rsatilgan?
b)maktab va litseylar
s)qadimiy bono va inshoatlar
d)daryo va kanallar
2.Registon maydoni qaysi shaharda joylashgan?
a)Buhoroda b)Samarqandda s)Xivada d)Toshkentda
3. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog’ida kimning maqbarasi joylashgan?
a)Bahovuddin Naqshband b)Imom Termiziy d)Alisher Navoiy d) Imom Buhoriy
4. Minorai Kalon –Qanday ma’noni bildiradi va u qaysi shaharda joylashgan?
a)Katta minora – Buxoroda b)Baland minora- Xivada s) Qadiomiy minora –Samarqandda
d)Kichik minora –Buxoroda
5.Qachon O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilindi?
a)1991 yil 31- avgust
b) 1992 yil 8-dekabr
d)1991 yil 18 -noyabr
c)1992 yil 12 -iyul
6.Qachon O’zbekiston davlat bayrog’I qabul qilindi?
a)1991 yil 31 avgust
b) 1992 yil 8-dekabr
d)1991 yil 18 noyabr
c)1992 yil 12 iyul
7. Qachon O’zbekiston davlat gerbi qabul qilindi?
a)1991 yil 31 avgust
b) 1992 yil 8-dekabr
d)1991 yil 18 noyabr
c)1992 yil 12 iyul
8.Qachon O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi?
a)1991 yil 31 avgust
b) 1992 yil 8-dekabr
d)1991 yil 18 noyabr
c)1992 yil 12 iyul
9.O’zbekisto Respublikasi davlat madhiyasi matni muallifi kim?
a) Abdulla Oripov b) Omon Matjon d) Xudoyberdi To’xtaboyev
10.Vatanga muxabbat eng avvalo nimadan boshlanadi?
a)Ona tuproqdan boshlanadi b)Osoyishtalikdan boshlanadi D)Obodlikdan boshlanadi
11. Inson begana yurtda o’zini to’la to’kis baxtli his qilishi mumkinmi?
a)Mumkin b) yo’q,u Vatanini sog’inib yashaydi d) U o’ziga bog’liq
12.Samarqand shahrida Registon maydonida qanday muhtasham obida bor?
a) Hazrati Imom majmuasi
b) Sherdor ,Tillakori va Ulug’bek madrasasi
13.Toshkent shahrida qanday muhtasham obida bor?
a) Hazrati Imom majmuasi
b) Sherdor ,Tillakori va Ulug’bek madrasasi
d) Ichan qal’a
14.Xiva shahrida qanday muhtasham obida bor?
a) Hazrati Imom majmuasi b) Sherdor ,Tillakori va Ulug’bek madrasasi d) Ichan qal’a
15.Bobur mirzo nimani xidlab to’yib yig’ladi?
a) tarvuzni b)qovunni d) olmani
16.Vatanni kimga o’xshatishadi?
a) Onaga b) otaga d) og’aga
17.Tog’ri javobni belgilang?
a) Vatan biz tig’ilib o’sgan joy.
b) Vatan bu- oilamiz,maktabimiz,qishlog’imiz,O’zbekistonimiz
d) Barcha javoblar to’g’ri.
18.Pasport nima?
a) Hujjat b) Fuqaro shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjat. D) chipta
19.O’zbekiston fuqarolariga passport necha yoshdan beriladi?
a) 20 yoshdan b) 18 yoshdan d) 16 yoshdan
20.Konstitutsiyaning 41- moddasida nimalar haqida belgilangan?
a) Har kim bilim olish huquqiga ega.
b) Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar.
d) Har kim malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
21. Abu Ali ibn Sino kim bo’lgan?
a) Buyuk tabib b)Buyuk munajjim d)Buyuk sarkarda
22. Amir Temur kim bo’lgan?
a) Buyuk tabib b)Buyuk munajjim d)Buyuk sarkarda
23. Mirzo Ulug’bek kim bo’lgan?
a)Buyuk tabib b)Buyuk munajjim d)Buyuk sarkarda
24. Alisher Navoiy kim bo’lgan?
a)Buyuk shoir b)Buyuk tabib d)Buyuk munajjim
25.Burch nima?
a)Hurmatda bo’lish b)Bajarilishi zarur bo’lgan vazifa d)aziz va mo’tabar
Ona tili.I chorak 3-sinf
1.Nutq deb nimaga aytiladi?
a)Gaplar orqali bildirilgan fikr.
b)Nutqning yozma shakli
d)Kim? Nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar.
2. So’roq gap deb nimaga aytiladi?
d) Biror narsa –voqea haqida xabarni bildirgan gap
c)Kuchli his-hayajon ,quvonch,ajablanish bilan aytilgan gap
3.Gap nimalardan tuziladi?
a)so’zlarda b)harflardan d) gaplardan
a)Nutqning yozma shakli
b)Mazmun jihatdan bog’langan gaplar
c)Barcha javoblar to’g’ri.
5.So’zlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
a)Kim? Nima ? qanday? qanaqa?
b) nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi?
d)barcha javoblar to’g’ri.
6. Buyruq gap deb nimaga aytiladi?
a) Biror narsa –voqea haqida xabarni bildirgan gap
b)Buyurish, maslahat, iltimos mazmunini bildirgan gap
d) Biror narsa –voqea haqida xabarni bildirgan gap
c)Kuchli his-hayajon ,quvonch,ajablanish bilan aytilgan gap
7.Kim? nima? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni belgilang:
a)oq,qora b)ashula aytdi , raqsga tushdi d) olma,o’qituvchi
8.Qanday ? Qanaqa ? so’roqlariga javob bergan so’zlarni belgilang:
A)Yam-yashil, ko’m-ko’k b)ko’rinmaydi, eshitadi d) Salima, Vohid
9. His – hayajon gap deb nimaga aytiladi?
a) Biror narsa –voqea haqida xabarni bildirgan gap
b)Buyurish,maslahat,iltimos mazmunini bildirgan gap
d) Biror narsa –voqea haqida xabarni bildirgan gap
c)Kuchli his-hayajon ,quvonch,ajablanish bilan aytilgan gap
10. Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qiladi? so’roqlariga javob bo’lgan so’zni belgilang ;
a)O’yladi, o’qiyapti, yuguradi. B) baxt, ulug’, fabrika . d) tiniq, kata,tekis.
11.Alifboda nechta harf bor?
a) 28 ta b)29 ta d) 30 ta
12.Bo’g’inga to’g’ri ajratilgan so’zni toping;
a)do’-ppi, i-ssiq b)do’p-pi,yak-ka d)do’pp-i ,yak-a
13. Darak gap deb nimaga aytiladi?
a)Biror narsa haqida so’rash maqsadini bildirgan gap
b)Buyurish, maslahat, iltimos mazmunini bildirgan gap
d) Biror narsa –voqea haqida xabarni bildirgan gap
c)Kuchli his-hayajon ,quvonch,ajablanish bilan aytilgan gap
14.His-hayajon gapni aniqlang:
a)Oh, asal juda mazali! b) Sen nechanchi sinfda o’qiysan?
d) Bugungi ishni ertaga qo’yma. c)Kapalak boshqa gulga qo’ndi.
15.So’roq gapni belgilang.
a) Oz so’zla, ko’p o’yla. b) Asalarini ko’rganmisiz? d)Bozor-tabarruk joy.
16.Darak gapni belgilang.
a)Oq ayiq oldin qayiqqa qaradimi? b)Makkajo’horining donidan un tayyorlanadi.
d)Chiroyli yoz.
17. Buyruq gapni aniqlang:
a)Oh,asal juda mazali! b) Sen nechanchi sinfda o’qiysan?
d) Bugungi ishni ertaga qo’yma. c)Kapalak boshqa gulag qo’ndi.
18.Bosh bo’laklar deb nimaga aytiladi?
a) Asosiy mazmunni to’ldirish uchun qo’llanilgan bo’lak
b)Gapning asosiy mazmunini tashkil etgan gap bo’lak
d)Sozlarning mazmuniga qarab ,ma’lum vazifani bajaradi.
19. Ega deb nimaga aytiladi?
a) Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan bo’lak
b)Gapning egasi haqida nima deyilganini bildirgan bo’lak
d) Gapning asosiy mazmunini tashkil etgan gap bo’lak
20.Ikkinchi darajali bo’laklari deb nimaga aytiladi?
a) Asosiy mazmunni to’ldirish uchun qo’llanilgan bo’lak
b)Gapning asosiy mazmunini tashkil etgan gap bo’lak
d)Sozlarning mazmuniga qarab ,ma’lum vazifani bajaradi.
21.Kesim deb nimaga aytiladi?
a) Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan bo’lak
b)Gapning egasi haqida nima deyilganini bildirgan bo’lak
d) Gapning asosiy mazmunini tashkil etgan gap bo’lak
22.Kesim qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
a)Kim? kimlar? Nima? nimalar?
b) nima qildi? nima qildilar? Nima qiladilar? Nima qilyaptilar?
d) Qanday? qanaqa?
23.Ega qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
a)Kim? kimlar? Nima? nimalar? b) nima qildi? nima qildilar? Nima qiladilar? Nima qilyaptilar?
24.(Kim ?) kasallarni davolaydi?
a)haydovchi b)shifokior d) o’quvchilar
25. (Nima?) chiqdi olamga. a)oftob b) avtobus d)artist
Ona tili test sinovi . II-chorak yakuni .
1. Ikkinchi darajali bo’laklar deb nimaga aytiladi?
a) Gapdagi fikr yana ham to’laroq bo’lishi uchun ishtirok etadi.
b) gapning bosh bo’laklari.
2.Nuqta o’rniga so’roqqa mos so’zni tanlab qo’ying:
(Qanday ?) … quyosh botdi.
a) to’lin b) horg’in d)osmonda
3.To’g’ri tuzilgan gapni belgilang:
a) Haydaydi yerni traktorda traktorchi.
b)Yerni traktorda traktorchi haydadi.
d) Traktorchi traktorda yerni haydadi.
4. Gapda so’zlar qanday bog’lanadi?
a) gapda so’zlar mazmunan o’zaro bog’lanadi.
b) gapda so’zlar so’roqlar bilan o’zaro og’lanadi.
d) Gapda so’zlar qo’shimchalar bilan bog’lanadi.
5.Osmonni qora bulut qopladi.Momaqaldiroq gumbirladi.Shamol qo’zg’aldi.
Matnda nechta gap bor?
a) 2 ta b) 3 ta d) 4ta s)12 ta
6. Mazmuniga mos so’zni qo’ying.
O’quvchilar (kimlarga?)… sovg’a tayyorladi.
a) chiroyli b) qog’ozdan d)kichkintoylarga
7. O’zakdosh so’zlar deb nimaga aytiladi?
a) Ma’no va shakl jihatdan umumiy qismga ega bo’lgan so’zlarga aytiladi.
b) Gapdagi fikr yana ham to’laroq bo’lishi uchun ishtirok etadi.
d) gapning bosh bo’laklari.
8.Tushirib qoldirilgan o’zakni toping:
Ishladi,… chan, …siz; mevali,…siz,… zor.
9. Topishmoqning javobini toping:
Gulsiz bo’lar mevasi,
Shirin –shakar donasi.
Qat-qat to’nli,
Qarich bo’yli.
a) piyoz b) karam d) tarvuz
10.So’z yasovchi qo’shimchalarni belgilang.
a) –chi, -la,-kor,-dosh,-li,-siz.
11.Gapda sozlarni o’zaro og’lovchi qo’shimchalarni belgilang.
a) –chi, -la,-kor,-dosh,-li,-siz.
12.Nuqtalar o’rniga so’z yasovchi qo’shimchalardan mosini qo’ying:
Ilm.. bir yashar, ilm.. ming yashar
d)-li,la
13. Nuqtalar o’rniga so’z yasovchi qo’shimchalardan mosini qo’ying:
Baliq.. qushlar dengiz ustida uchadi.
14. Nuqtalar o’rniga so’z yasovchi qo’shimchalardan mosini qo’ying:
Quyosh.. O’zbekiston-meva.. bog’larga kon.
a) -li b)-chi d)-siz
15.Nuqtalar o’rniga mos so’zni toping:
Gullarni parvarish qiladigan kishi-…
a) suvchi b) gulchi d) bog’bon
16. Nuqtalar o’rniga so’z yasovchi qo’shimchalardan mosini qo’ying:
Onam bahor.. ipak qurti boqdi.
a)_- ni b) –da d) – ning,
17. Nuqtalar o’rniga so’z yasovchi qo’shimchalardan mosini qo’ying:
Men maktab.. kelib onam.. yordamlashaman
a) -ni, -ga, b) -dan, -ni d) -dan,-ga
18. So’roqlarga mos so’zni toping:
(Kimning? ) … shirintoy ukase bor.
a) Zilalaga b) Ziloladan d) Zilolaning
19.So’roqlarga mos so’zni toping:
(Kimdan?) hamma bezor.
a) Bekorchiga b) Bekorchidan d) Bekorchini
20. Nutq deb nimaga aytiladi?
a)Gaplar orqali bildirilgan fikr.
b)Nutqning yozma shakli
d)Kim? Nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar.
8.Qanday ? Qanaqa ? so’roqlariga javob bergan so’zlarni belgilang:
A)Yam-yashil, ko’m-ko’k b)ko’rinmaydi, eshitadi d) Salima, Vohid
9. His – hayajon gap deb nimaga aytiladi?
a) Biror narsa –voqea haqida xabarni bildirgan gap
b)Buyurish,maslahat,iltimos mazmunini bildirgan gap
d) Biror narsa –voqea haqida xabarni bildirgan gap
c)Kuchli his-hayajon ,quvonch,ajablanish bilan aytilgan gap
10. Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qiladi? so’roqlariga javob bo’lgan so’zni belgilang ;
a)O’yladi, o’qiyapti, yuguradi. B) baxt, ulug’, fabrika . d) tiniq, kata,tekis.
11.Alifboda nechta harf bor?
a) 28 ta b)29 ta d) 30 ta
O’qish. Test sinovi. I chorak. 3-sinf.
1.Mustaqillik nima degani?
a)Musatqilik – bu avlod -ajdodlarimiz ko’p yillar osha kutgan erkinlik, hurlik degani.
b) Erkin fikrlash degani .
d) Mustaqil harakat qilish degani.
2.O’zbekiston qachon mustaqil deb e’lon qilindi?
a) 1991 -yilning 31- avgustda
b) 1991 -yilning 1- sentabrda
d) 1991 -yilning 18 noyabrda
3. Ozod vatan,hur Vatan,
Tuprog’I zar,dur Vatan.
Ko’zimizga to’tiyo
Aylasak arzir vatan-
Serquyosh O’zbekiston,
Beqiyos O’zbekiston!
Quyidagi misra qaysi she’rdan olingan?
A) Mustaqilik ahillikdan. Po’lat Mo’min
b) O’zbekiston. Orif To’xtash.
D) Vatan . Miraziz A’zam
4.Biz yashayotgan mamlakat nima deb ataladi?
a) O’zbekiston. B) Amerika d) Moskva
5.Qahramon baqalarni qutqarish uchun nima qildi?
a) Baqalarni boshqa ko’lga o’tkazdi.
b) Soydan ariqqa suv o’tadigan joydan toshni olib tashladi.
d)Suvni oqizmay qo’ydi.
6. “O’qituvchining o’gitlari” she’rida qaysi ulug’ajdodlarimizning nomlari tilga olingan?
a)Navoiy, Ulug’bek, Bobur, Amir Temur
b)Imom Buhoriy, Naqshbandiy
d) Ibn Sino, Yusuf Hos Hojib
7.Vatan.(Sahna) matnini kim yozgan?
A) Abdulla Oripov b) Erkin Malikov d)Aziz Abdurazzoq
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
O Zbekiston Tarixi Fanidan Audio Kitoblar – Бесплатно скачать Mp3
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу O Zbekiston Tarixi Fanidan Audio Kitoblar в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию 6 Sinf O Zbekiston Tarixi To Liq Majburiy Fanlar Ўзбекистон тарихи тўлиқ Мажбурий фанлар длительностью 126.32 MB, размер файла 1 ч, 35 мин и 59 сек.
Все песни были найдены в свободном доступе сети интернет, а файлы с произведениями не хранятся и не загружаются на наш сервер. Если Вы являетесь правообладателем или лицом, представляющим правообладателя, и не хотите чтобы страница с произведением, нарушающие Ваши права, присутствовала на сайте, воспользуйтесь данной формой DMCA.
Сейчас слушают песни
O Zbekiston Tarixi Fanidan Audio Kitoblar
Гостья Из Будущего Отрывки
Ноги Двигаются Сами Навали Пацан Басов
Dil De Diya Hai Jaan Tumhe Denge
Владимир Карызна Играй Жалейка
Шох Садои Баланд
Somebody S Watching Me Michael Jackson Tik Tok
Fati Brolashvili Gabede
Vita Bella Havana
Таджикские Песни Про Любовь На Русском
Move Your Body Öwnboss Sevek
Песнь Песней Соломона
Первый Дождь Первая Трава Мс Улыбочка
Sleeping Sounds Calm Piano Music Body Soul Music Zone
Hyper Mode Remix
О Привет Эдесон
Георгий Сидоров Истоки Знания
Перышкин Физика 8 Класс
Сборник Песен Адель
Copyright ©Gtxmusic 2023
All Rights Reserved
Почта для жалоб и предложений: [email protected]
Слушайте и скачивайте бесплатно mp3 музыку. Популярная и свежая музыка всегда доступна для скачивания бесплатно!
Qiziqarli malumotlar
3 sinf tabiat kitobi