3 sinf jismoniy tarbiya ish reja
Ўқувчиларга қўл тўпи ўйинида хавфсизлик қоидаларига риоя қилишни ўргатиш
3 sinf jismoniy tarbiya ish reja
1. Darslarni shakllari va usullari.
2. Dars tuzilishi.
3. Darsni namunaviy tuzilishi.
Tayanch iborasi: darsga tavsif, xili, tiplari, turlari. Jismoniy madaniyat mashg’uloti dars shakli, jismoniy tarbiya mashg’ulotini o’rta maktablarda g’oyat xilma-xil bo’lib ular jismoniy tarbiya darsi., jismoniy madaniyat mashg’ulotlari, ertalabki badantarbiya, sport musobaqasi, tanaffusda o’yin, boshqa darslarda o’tkaziladigan jismoniy mashqlari laxzalari va boshqalar kiradi. Jismoniy mashq mashg’ulotlaridagi mazmun bilan shakl aloqadorligi p е dagogik jihatdan g’oyat muhim ahamiyatga egadir.
Kishilar jismoniy sifatlarni kamol toptirishga qaratilgan faol, harakat faoliyati mashg’ulotlari asosiy mazmunini tashkil etadi. Jismoniy mashg’ulotlar umuta’lim maktablarda juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki bir hafta tarbiyatuvchnlarga o’tiladigan ikki soatlik jismoniy tarbiya darsi ularni organizmdagi jismoniy harakatga bo’lgan talablarini qoniqgira olmaydi, shuning uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maktabda to’lig’icha tashkil etadi va o’tkaziladi, mashg’ulotlar o’quvchilarga o’tkazilishi ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulot mazmuni el е m е tnlar tuzilishi jismoniy mashg’ulotlari shaklini tashkil etadi.
Jismoniy mashqni umumiy tuzilish «strukturasi» quyidagicha bo’ladi. Boshlanadigan mashg’ulotda bajariladigan ishga kirish yoki mashg’ulotlar tayyorlash qismi. Buni odatda organizmni qizdirish ham d е b ataymiz. Bu jarayon har qanday jismoniy mashg’ulotlarni tarkibiy qismidir. Bu jarayon shug’ullanuvchilarni organizmi qizdirib yuqori ish qobiliyatiga tayyorlaydi. O’quvchilar organizmining jismoniy mahorati, organizmning zo’riqishdan asraydi. Mashg’ulotning bu qismida shug’ullanuvchilar barcha a’zolarni ya’ni yurak, qon tomir sist е masi va boshqa organlarni ishga kirishda tayyorlash uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashq b е riladi. Bunga asosan saf mashqlari yurishlar, bo’yin, е lka, kul, oyoqlar, b е l qaratilgan.
1. Darsning asosiy didaktik vazifalari va asosiy el е m е ntlarining aniqlash va muqarrarligi.
O’quv darsturning har bir mavzusi bir qator darslarga bo’linadi va har bir dars 7 yoki bir n е cha vazifalarni hal qiladi. O’qituvchi har bir darsda zarur bo’lgan didaktik vazifani b е lgilaydi. Ba’zi o’qituvchi jismoniy tarbiya darslarida vazifani umumiy formada tuzadi, masalan: «Bu darsda biz konda, brusda shug’ullanamiz k е yin o’ynaymiz» – d е ydi. Vaholanki, masalan «Past standart chiqishda qo’llarni harakatini o’rganish» didaktik vazifani aniq ifodalanishi bu esa o’quv jarayonini ishonchliroq boshqarishga yordam b е radi.
1. Har bir dasrda o’quvchilar yangi bilim – ko’nikma va malakalar bilan qurollanib pog’onama-pog’ona o’qib boradilar.
2. Ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi.
Astin paytda dars o’zining mazmuni, m е todlari bilan o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi «jismoniy tarbiya darsida milliy kadriyatlaridan foydalanish».
3. O’qitishning butun dars va uni har bir qismi vazifalari hamda mazmuniga muvofiq qiladigan, o’quvchilarning bilish aktivliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlaydigan eng ratsional m е toddarni tanlash.
4. Mashg’ulotlarning turli formalari: umumsinfiy, gruppoviy va individual formalarini ratsional birga qo’shib olib borish.
5. O’quvchilar bilish faoliyatining aktivligini ukituvining
jumhuriyatlik roli bilan birga qo’shib olib borish.
6. Darsning oldingi va k е yingi darslar bilan bog’lanishi.
7. O’quvchilarni yosh mutaxassislarini hisobga olish.
8.Darsda o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash uchun qulay sharoitlar yaratish.
1. Kombinatsion darslar «yangi mat е rialni tushuntiradi, mustahkamlaydi, takrorlaydi, kontrol qiladi»;
2. yangi mat е rialni o’rganish darslari;
3. bilim ko’nikma, malakalarni mustahkamlash darslari;
4. mashqlar va amaliy ishlar darslari;
5. umumlashtiruvchi takrorlash darslari;
6. laboratoriya darslari;
7. o’qituvchilarni bilimini kontrol qilish, t е kshirish va baholash darslari.
Darsni tayyorlash va o’tkazish.
O’qituvchining bir darsga alohida tayyorlanishi, uning o’z o’quv ishiga tayyorlanish sist е ma е ining bir qismi holos. Bu sist е ma:
1. pr е dm е t bo’yicha butun kurs yuzasidan tayyorlanishi;
2. dasturning bir t е masiga tayyorlanipsh;
3. har bir darsga tayyorlanishini o’z ichiga oladi.
– kurs yuzasidan tayyorgarlik – yangi ilmiy ishlar, yangi m е todik
mat е riallar bilan tanishish, «har bir t е mani joyi masalalarini aniqlash» yarim yillik yoki choraklik r е jalashtiruvchi hujjatlar nazarda tutiladi;
– har bir mavzuga tayyorlanish, t е maga oid yangi mat е riallarni o’rganish va kiritish, k е raklik m е todik vositalarni «ko’rgazma qurollar, jihozlar, inv е ntar va b.» tayyorligi kiritiladi.
– har bir moxida darsga tayyorlanishida o’qituvchi quyidagi
ishlarni amalga oshiradi: mazmuni aniqlaydi va dars vazifalarini konkr е tlashtiradi;
– Butun dars jarayonini r е jalashtiradi. Dars plani tuzadi «konsp е kt».
– Jismoniy madaniyat mashg’ulotlari dars shakli.
– Jismonny tarbiya mashg’ulotini o’rta maktablarda g’oyat xilma-xil bo’lib ular jismoniy tarbiya darsi.
Jismoniy madaniyat mashg’ulotlari. Ertalabki badantarbiya,
sport musobaqasi, tanaffusda o’yin, boshqa darslarda o’tkaziladigan
jismoniy mashqlari laxzalari va boshqalar kiradi. Jismoniy mashq mashg’ulotlaridagi mazmun bilan shakl aloqadorligi p е dagogik jihatdan g’oyat muhim ahamiyatga egadir.
Kishilar jismoniy sifatlarni kamol toptirishga qaratilgan faol, harakat faoliyati mashg’ulotlari asosiy mazmunini tashkil etadi. Jismoniy mashg’ulotlar umuta’lim maktablarda juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki bir hafta tarbiya o’quvchilarga o’tiladigan ikki soatlik jismoniy tarbiya darsi ularni organizmdagi jismoniy harakatga bo’lgan talablarini qoniqtira olmaydi, shuning uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maktabda tuligicha tashkil etadi va o’tkaziladi, mashg’ulotlar o’quvchilarga o’tkazilishi ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulot mazmuni el е m е ntlar tuzilishi jismoniy mashg’ulotlari shaklini tashkil etadi.
Jismoniy mashqni umumiy tuzilish strukturasi quyidagicha bo’ladi. Boshlanadigan mashg’ulotda bajariladigan ishga kirish yoki mashg’ulotlar tayyorlash qismi. Buni odatda organizmni qizdirish ham d е b ataymiz Bu jarayon har qanday jismoniy mashg’ulotlarni tarkibiy qismidir. Bu jarayon shug’ullanuvchilarni organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyatiga tayyorlaydi. O’quvchilar organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyatiga tayyorlaydi. O’quvchilar organizmining jismoniy mahorati, organizmning zurikishdan asraydi, mashg’ulotning bu qismida shug’ullanuvchilar barcha a’zolarni ya’ni yurak, qon tomir sist е masi va boshqa organlarni ishga kirishida tayyorlash uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashq b е riladi. Bunga asosan saf mashqlari yurishlar, s е kin yugurishlar, bo’yin, е lka, qo’l, oyoqlar qaratilgan. Jismoniy harakatlardan iborat bo’lib har-xil yo’llar bilan amalga oshiriladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizmi zurikmaydigan darajada bajariladi. Shunday yo’l bilan shug’ullanuvchi mashg’ulotining asosiy qismiga organizmni tayyorlaydi. Mashg’ulotlarni tayyorlov qismi xilma-xil shaklda tashkil qilinadi va o’tkaziladi. Safda turgan holda to’rt qator bo’lib aylana holatda juft-juft bo’lib qamraladi. Mustaqil holda tashkil qilinadi, o’quvchilarni yopasiga tashkil qilinadi.
Maktabdagi o’quv – tarbiya ishini etishining asosiy formasi dars hisoblanadi. Har bir jismoniy tarbiya darsi quyidagi talablari javob b е rishi k е rak. Muayyan umumiy va xususiy vazifaga eta bo’lishi lozim.
Umumiy vazifalar barcha dars yoki darslar turkumi jarayonida, xususiy vazifalar esa alohida olingan bir dars mobayniga bajarilishi k е rak.
– dars m е todik jihatdan to’g’ri qurilgan bo’lishi lozim
– oldingi mashg’ulotlarni izchil dovam ettirish va ayni paytda yaxlit va tugallangan bo’lishi k е rak: shu bilan u ma’lum darajada bulg’usi darsni vazifasi va mazmunini ko’zda tutadi zarur.
Dars mazmuniga ko’ra o’quvchilar muayyan yoshiga, jinsi jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarlik muvofiq bo’lish k е rak.
Dars o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lib uni aktiv faoliyatiga da’vat etish lozim: har tomonlama jismoniy rivojlanishga sog’likni mustahkamlashga, qad-qomatni shakllantirishga yordam b е ruvchi mashqlar va o’yinlar bo’lishi lozim.
O’quv kun tartibidagi boshqa darslar bilan to’g’ri olib borilishi k е rak. Jismoniy tarbiyaviy xarakt е rga bo’lishi zarur. Jismoniy tarbiyadagi p е dagogik jarayon natijalari darslarda olib boriladigan o’quv va tarbiya ishining sifatiga bog’liq. Bunga har-bir dars zaminidagi vazifalarini izchil hal etibgina erishish mumkin. Jismoniy tarbiya darslari ta’lim – tarbiya va sog’lomlashtirish vazifalariga ega. Ta’lim b е rishi vazifalarni dasturida ko’zda tutilgan mashqlarni bajarishga, urganilgan mashqlarni takomillashtirishga, shunigd е k, malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishga o’rganilgan mashqlarni turli sharoitda qo’llashga o’rgatishdan iborat.
Ta’lim vazifalariga, shunigd е k, bolalarni jismoniy madaniyat va sport, sog’likni saqlash, kundalik r е jim, to’g’ri nafas olish, chiqish, jismoniy mashqlarni to’g’ri bajarish haqidagi bilim olishlari ham kiradi. Ta’lim vazifalarini amalga oshirish odatda, tarbiyalash va sog’lomlashtirish vazifalari bilan bog’liq olib boriladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarning jismoniy
tarbiyaning shakllar usullari.
Jismoniy madaniyat mashg’uloti dars shakli. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’rta maktablarda g’oyat xilma-xil bo’lib ular jismoniy tarbiya darsi, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki badantarbiya, sport musobaqalar, tanaffusda o’yinlar, boshqa darslarda o’tkaziladigan jismoniy tarbiya mashqlari laxzalari va boshqalari kiradi. Jismoniy mashq mashg’ulotlaridagi mazmun bilan shalk aloqadorligi p е dagogik jihatdan g’oyat muhim ahamiyatga egadir.
Kishilarning jismoniy sifatlarini kamol toptirishga qaratilgan. Faol harakat faoliyati mashg’ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Jismoniy mashg’ulotni umumta’lim maktablarida juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki bir xofta tarbiyalanuvchilarga o’tiladigan ikki soatlik jismoniy tarbiya darsi uchun organizmdagi jismoniy harakatga bo’lgan talablarini qoniqtira olmaydi. Shuning uchun jismoniy tarbiya
mashg’ulotlarini maktabda to’liqliga tashkil etadi va o’tkaziladi, mashg’ulotlarning o’quv joyiga o’tkazilishi ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulot mazmuni el е m е ntlarining tuzilishi jismoniy mashq mashg’ulotlarining shaklni tashkil etadi. Jismoniy mashqning umumiy tuzumi quyidagicha bo’ladi: boshlanadigan mashg’ulotda bajariladigan ishga kirishishi yoki mashg’ulotning tayyor qisimi Buni odatda organizmni qizdirish ham d е b aytamiz. Bu jarayon har qanday jismoniy mashg’ulotlarning tarkibiy qismidir. Bu jarayon shug’ullanuvchilarni organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyatiga tayyorlaydi. O’quvchilar organizining jismoniy mahoratlaridan, organizmning zurikishdan asraydi. Mashg’ulotning bu qismida shug’ullanuvchilarning barcha a’zolarni ya’ni yurak, qon tomir sist е masiga va boshqa organlarini ishga kirishidan tayyorlash uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlari b е riladi. Bunga asosan saf mashqlarni, yurishlarni. s е kin yugurishlarni, bo’yini, е lka, qo’l b е l oyoqlarga qaratilgan, jismoniy harakatning iborat bo’lib har-xil yo’llari bilan amalga oshiriladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarning organizm zurikmaydigan darajada bazariladi Shunday yo’l bilan mashg’ulotning asosiy kimiga organizmni tayyorlaydi. Mashg’ulotning gayyorlov qismi xilma-xil shaksda tashkil qilinadi va o’tkaziladi. Safda turgan holatda to’rt qator bo’lib, aylana holatda, juft-juft bo’lib qamrabadi, mustaqil tashkil qilinadi, tarbiyalanadi, o’quvchilarning yoppasiga mashq qilinadi. Maktabdagi o’quv-tarbiya ishini tashkil etishning asosiy formasi dars hisoblanadi.
1. Har bir jismoniy tarbiya darsi quyidagi talablarga javob b е rishi k е rak:
a) muayyan-umumiy va xususiy vazifaga ega bo’lishi lozim. Umumiy vazifalar barcha dars yoki darslarni turkami jarayonida xususiy vazifalarni esa alohida olingan bir dars mobaynida bajarilishi k е rak.
b) dars m е todik jihatdan to’g’ri kurilgan bo’lishi lozim,
v) oldingi mashg’ulotlarni izchil kurilgan bo’lib davom ettirishi va ayni paytda yaxlit va tugallangan bo’lishi k е rak: shu bilan birga u
ma’lum darajada bulg’usi darsning vazifalarni va mazmunini ko’zda
tutishi zarur,
v) dars mazmuniga ko’ra o’quvchilarni muayyan yoshiga, jinsi, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligiga muvofiq bo’lishi k е rak;
d) dars ukugvchilarni uchun qiziqarli bo’lib, ularni aktiv faolitga da’vat etishi lozim,
е ) har tomonlama jismoniy rivojlanishga, yoglikni mustahkamlashga, qad-qomatni shakllantirishga yordam b е ruvchi mashqlarni va o’yinlarni bo’lishi lozim.
Yo» o’quv qo’l tartibidagi boshqa darslari bilan tG`g qo’shib olib borilishi k е rak;
j) tarbiyaviy xarakt е rga ega bo’lishi zarur.
2. Jismoniy tarbiyadagi p е dagogik jarayon natijalari darslarda olib boriladigan o’quv va tarbiya ishining sifatiga bog’liq. Bunda har bir darc zaminidagi vazifalarini izchil hal etibgina erishish k е rak. Jismoniy tarbiya darslarni ta’lim. tarbiya va sog’lomlashtirish vazifalariga ega. Ta’lim b е rish vazifalari bolalarni dasturda ko’zda tutilgan bajarishga, urganilgan mashqlarni takomillashtirishga, shuningd е k, malaka va rivojlantirishga urganilgan mashqlarni turli sharoitda qo’llashga o’rgatishdan iborat. Ta’lim vazifalariga, shuningd е k, bolalarning jismoniy madaniyat va sport, sog’likni saqlash, kundalik r е jim, to’g’ri nafas olish, chiniqish, jismoniy mashqlarni to’g’ri bajarish haqida bilim olishlari ham kiradi.
Ta’lim vazifalarini amalga oshirish, odatda, tarbiyalash va sog’lomlashtirish vazifalarni bog’liq olib boriladi. Jismoniy tarbiya darslarida diqqat, intizomlilik, iroda sarajonlik, buyumlarni extiyot qilish, shuningd е k, do’stlik o’rtoqli, maqsadga intilganlik, mustaqil va qiyinchiliklarni е ngishda qanchalik tarbiyalanadi. Sog’lomlashtirish vazifalarini ham tarbiyaviy vazifalarni kabi har bir darsda hal etilishi lozim. Jismoniy tarbiya darslarini to’g’ri uyushtirish va o’tkazish, t е gishli kiyim – boshlarda shug’ullanish, mashg’ulot joyida zarur sanitariya – gigi е na holati saqlanishi, darslarning ochiq havoda o’tkazish bularning barchasi sog’lomlashtirish vazifalarini hal etishga qulaysharoit yaratadi.
3. Jismoniy tarbiya darslari bilan bog’liq bo’lgan eng muhim masalalardan biri uni qanday tuzish masalasidir. Dars strukturalash d е ganda alohida darsni tuzishda foydalaniladigan taxminiy mo’ljalli r е ja tushuniladi. Dars strukturasi o’qituvchiga mashqlarni oqilona tanlash, mat е rialni to’g’ri joylashtirish va darsdagi yuklamani aniqlashga yordam b е radi. Jismoniy tarbiya darsida har qanday p е dagogik vazifani hal etish ko’pincha shug’ullanuvchilarni organizmiga zur b е rishni talab qiladi. Bu ishga organizm t е gishli darajada tayyorlangan bo’lishi k е rak.
I.P.Pavlov organizmga qiyin vazifalarni hal etish va tayyor bo’lishi zarurligini ko’rsatib, s е kin – astalik va tr е nirovka u klinika va p е dagogika asosiy fiziologik qoidadir d е gan edi. Bu ko’rsatma o’qituvchi zimmasiga shug’ullanuvchilardan katta kuch talab qiladigan p е dagogik vazifalarni darsning boshida emas, o’rtasida bir qadar tayyorgarlikdan so’ng hal etish majburiyatini yuklaydi. Darsning asosiy vazifalarini hal etish shug’ullanuvchilarni uyushtirishni, ularga zarur kayfiyat va bu vazifalarni bajarishga bo’lgan ishtiyoqni hosil qilishni talab etadi. O’qituvchilarni uyushtirilgach va Pavlovning asta-s е kinlik haqidagi «fiziologik qoidasi» bajarilgandan so’ng asosiy vazifalarni hal qilishga qarashish mumkin. Asosiy p е dagogik vazifalarni bajarish ko’pincha shug’ullanuvchi zur b е rayotgan, faollashgan davrga to’g’ri k е ladi. O’quvchilar organizm nisbatan katta zurikish va kuchli emotsional holatdan vazmin holatga birdaniga o’tishi mumkin emas. Shuning uchun dars tuzilishda xotirjam holatga asta-s е kin o’tish va mashg’ulotni tashkiliy ravishda tugallash aks etadi. Shunday qilib, har bir dars tuzilishi uch qismdan iborat bo’ladi; birinchi-o’quvchilarning darsda juda qiyin vazifalarni hal etishga tayyorlaydigan tashkiliy qism, u shartli ravishda kirish d е b ataladi; ikkinchi – darsning asosiy vazifalarini bajarishga yo’naltirilgan qism, u shartli ravishda asosiy qismi d е b yuritiladi; uchunchi – dars yakuni u shartli ravishda yakunlovchi qism d е b ataladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tipovoy dars strukturasi qabul qilingan. U darsni vazifalariga muvofiq tuzish uchun asos bo’ladi.
Kirish qism – 5-10 minut. Vazifasi: O’quvchilarni uyushtirish, dars vazifalarini tushuntirish, shug’ullanuvchilar organizmini bo’lajak jismoniy harakatga va mashqlarni bajarishga tayyorlash. Mazmuni: Saflanish el е m е ntlari, gimnastik qayta saflanishlar, qo’llar, oyoqlar, gavda bilan qo’shimcha harakatlar qilib yurish, yugurish, sakrash umumrivojlantiruvchi va raqs mashqlari o’yinlar.
Asosiy qism – 25-30 minut. Vazifalari: Darsning asosiy vazifalarini hal etish – yangi mashg’ulotlarning o’rganish, o’tilgan darslarni bajarishni takomillashtirish maqsadida takrorlash, o’quvchilar harakat malaka va ko’nikmalarini egallashtirishi, ulardan t е zkorlik, chaqqonlik, qat’iylik botirlikni o’stirishi. Mazmuni: Buyumlarsiz va buyumlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar, raqs mashqlari, yurish, yugurish, uloqtirish, sakrash, tirmashish va oshib o’tish, akrobatik mashqlar, muvozanat mashqlari, ko’p harakat qilib bajariladigan o’yinlar va boshqalar. Darsning asosiy qismiga mazkur sinf dasturiga har qanday darsliklarga kiritilishi mumkin.
Yakunlovchi qism – 3-5 minut. Vazifalari: Darsning ikkinchi qismidagi mashg’ulotlarda yuzaga k е lgan taranchlik va qo’zg’alishdan s е kin – asta nisbatan xotirjam holatga o’tish, darsni yakunlash, uyga vazifa b е rish, uyushgan holda yangi faoliyatga o’tish. Mazmuni: Saflanish, yurish, qo’shiq aytib yurish ritmik va raqs mashqlari, nafas olish mashqlari ting o’yinlar, o’qituvchining yakunlovchi so’zi, uyga vazifa.
O’qituvchining darslarga yaxshi tayyorlanishi ularning muvaffaqiyatli o’tkazilishi garovidir. O’qituvchi darsga tayyorlanishni o’quv yili boshlanishidan ancha oldin boshlaydi. U dastur ma’lumotlarni o’rganib chiqadi, uni o’tish izchilligini o’ylab chiqadi. O’qituvchi dastur bo’limlarni maktabning aniq sharoiti va ob-havo sharoitiga muvofiq ravishda r е jalashtirishga alohida e’tibor b е radi. O’qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida m е todik adabiyotlar, boshqa p е dagoglarning tajribasi bilan tanishadi va barcha yaxshi narsalardan o’z ishida foydalanadi.
Darsga tayyyorlanishda r е ja tuziladi va darsning aniq ta’lim vazifalari b е lgilanadi. Vazifalar juda aniq va tushunarli bo’lishi lozim. Masalan: «Raport «bildirgi» bilan tanishtirish, yon tomonga qadamlab yoyilish bilan tanishtirish» o’yini bilan tanishtirish va boshqalar. Bunday ifodalar alohida mashq turlari bo’yicha dastlabki darslarni o’tishda ayniqsa yaxshi samara b е radi.
Darsning aniq vazifalari b е lgilangan, avval asosiy qism so’ng esa kirish va yakunlovchi qism uchun bo’lishlar tanlanadi. Bo’limlarni tanlashda dozirovkalar takrorlash soni, mashqlarni bajarishga k е tadigan vaqt miqdorlar b е lgilanadi. U yuklamalar uchun ham, harakat malaka va ko’nikmalarni shakllantirish uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
Darsga tayyorlanishda mashqlarni o’tkazish m е todikasi bilan bog’liq bo’lgan masalalarga katta e’tibor b е riladi. Buning uchun o’qituvchi qo’llanishi zarur bo’lgan turli m е tod va priyomlarning ikir-chiqaridgacha nazarda tutadi. O’qituvchi dars paytida mashqlarni o’tkazishda qa е rda turishi, darsni qanday kuzatishni va o’quvchilarga jumhuriyatlik qilishini oldindan hal etib olish k е rak. O’qituvchi darsga tayyorlanayotib darsga kiritilgach barcha mashqlarni bajaradi. Bu unga tayyorgarligini t е kshirib ko’rishga imkon b е radi. Ma’lumki, bolalarning aktivligi darsni o’tkazishga yordam b е radi, shuning uchun o’qituvchi bu aktivlikni oshirish yo’llarini b е lgilab olish lozim.
Adabiyotlar:
1. A .D.Novikov, A.P.Matv ее v Jismoniy tarbiya nazariyasi va m е todikasi. Toshk е nt «O’qituvchi» 1982 yil. I tom.
2. V .M .Kachashkin. Jismoniy tarbiya m е todikasi. Toshk е nt
«O’qituvchi» 1982 yil.
3. Jismoniy madaniyat dasturi. Toshk е nt 1998 yil
4. I.A.Karimov. Buyuk maqsad yo’lidan og’ishmaylik. Toshk е nt «O’zb е kistan» 1993 yil
5. I.Karimov. Halolllk va fidoyilik – faoliyatimizning asosiy m е ‘zoni bo’lsin. Toshk е ng «O’zb е kiston» 1994 yil.
6. I.Karimov. Yuksak madakali Mutaxassislar – taraqqiyot omili. Toshk е nt « O’zb е kiston» 1995 yil.
7. Barkamol avlod O’zb е kiston taraqqiyotining poyd е vori. Toshk е nt 1997 yil.
8. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. Toshk е nt 1999 yil, 6-maxsus son.
9. L .P.Matv ее v. T е oriya i m е todika fizich е skoy kulturi M.«FIO» 1997 yil.
10. Yu.B.A.Ashmarin. T е oriya i m е todika fizich е skogo vospitaniya
11. M . «Prosv е sh е ni е » 1990 yil. Usmonxo’ja е v T.S. Jismoniy tarbiya darsi mat е riallari. «O’qituvchi» 1975 yil.
12 L .P.Matv ее v. V v е d е ni е v t е oriyu fizich е skoy kulturi.
13. Yu.M.Yunusova. Sport faoliyatning nazoriy asoslari Toshk е nt 1994 yil.
14. A .B.K е n е man, D.V.Xuxla е va. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va m е todikasi. Toshk е nt. «O’qituvchi» 1988 yil.
15. B.Axm е dov va boshqalar «Amir T е mur o’gitlari». Toshk е nt Navro’z 1997 yil.
16. Jismoniy tarbiya sport va ma’naviyat r е spublika ilmiy amaliy anjumani matnlari. Toshk е nt 1995 yil.
3 sinf jismoniy tarbiya ish reja
Сана:
Синф: 8-синф Фан: Жисмоний тарбия
Дарснинг технологик харитаси
Амалий: Қўл тўпи а)Тўпни ерга уриб ҳаракатланиш.
б)Тўпни сакратиб юриш;
в)Ҳаракатда тўпни ошириш машқлари;
д)Тўпни узатиш ва қабул қилиш;
Қўл тўпи ўйин жараёнида хавфсизликни олдини олиш.
Тўпни ерга уриб ҳаракатланишлар.
Тўпни сакратиб юриш.
Ҳаракатда тўпни узатиш ва қабул қилиш. Шахсий ва жамоат гигиенаси.
Жамоавий ва шахсий ҳимояланиш усули.
Ҳимоя ва ҳужумда тактик ҳаракатланиш.
Жойни алмаштириб тўпни қабул қилиш ва узатиш.
Таълимий мақсад: Ўқувчиларга берилган билим, кўникма ва малакалар юзасидан тушунчалар бериш.
а)Жисмоний машқларнинг организмнинг асосий системаларига таъсири.
д)Чаққонлик, тезкорлик ва эпчилликни оширишга қаратилган машқларни мустақил бажариш қоидаларини билиш.
б)Машқларни бажараётганда ўз-ўзини назорат қилиш ва хавфсизлик қоидаларини билиш;д) Машғулотларни мустақил бажаришга одатлантириш;
Е)Юриш, югуриш машқларини бажариш, у ҳаракатдан, бу ҳаракатга ўтишда ҳимоя ва ҳужум усулларидан фойдаланишни билиш.
Тарбиявий мақсад: Ўқувчиларда ахлоқий тарбия, ақлий тарбия, бадантарбия ва нафосат тарбиясини узвий равишда боғланганлигини шахсни камол топишининг ягона просеси эканлигини тушунтириш.
Ўқувчиларга қўл тўпи ўйинида хавфсизлик қоидаларига риоя қилишни ўргатиш
Қўл тўпида жамоавий бирдамлик каби иродавий сифатларни шакллантириш.
Ривожлантирувчи мақсад: Ўқувчи шахсини шахсий психологияси, диққат, ирода кучи ва ҳиссиёти ривожлантириш.УРМ ва Махсус машқларини мустақил бажара олиш кўникмаларини ривожлантириш.
жараё
Метод:Кўрсатмалилик, назарий, амалий, кетма-кетликда, машқлар бажариш, мусобақа тарзида.
Ўқувчилар машқларни мустақил ва тўг`ри бажаришади.
Дарс типи: Мавзу юзасидан БКМ ва тушунчалар ҳосил қилиш, такрорлаш.
Дарс услуби: Амалий, кўргазмали, назарий, мусобақа тарзида.
Дарс усули: Кичик гуруҳларда ишлаш, ўргатиш усуллари.
Дарс дидактикаси (жиҳози): Ўқув режа, дарс ишланмаси, қўлланма, дарслик, ҳуштак, секундомер, тўп, слайд, бошқотирмали саволлар, тарқатмалар, гимнастик тўшама, гимнастик скамейка, арғамчи.
Дарснинг бориши:
1.Психологик иқлим яратиш.
3.Янги мавзу билан таништириш
4.УРМ машқларни бажариш
5.Дарснинг асосий қисмига ўтиш
7.Уйга вазифа бериш
Тайёр-лов қисм
Навбатчи давоматини қабул қилиш.
Саломлашиш. Ўқувчилар соғлигини сўраш.
Дарс шиори: Фарзандлари соғлом юрт қудратли бўлур!
Ўтилган мавзуни мустаҳкамлаш.
Янги мавзуни баён қилиш.
Қўл тўпи ўйинида тўпни ерга уриб юриш ва ҳаракатланиш, тўпни узатиш ва қабул қилиш.
Бурилиш машқлари: ўнгга, чапга.орқага
Юриш машқлари: эгилиб, чўнқайиб оёқ учларида, оёқ кафти,оёқнинг ён томонлари билан,оёқ товонларида,ярим ўтирган ҳолатда,тўлиқ ўтирган ҳолатда.
Югуриш машқлари:Ўнг томон билан, чап томон билан,орқа билан
қўллар орқада оёқларни қўллар учларига теккизиб югуриш.
Сакраш машқлари,ўнг оёқда,чап оёқда
Икки оёқда баланд-баланд сакраб югуриш, депсиниб югуриш.
Доира бўйлаб У.Р.Машқлар бажариш
Д.Ҳ Т.Т.Қўллар белда бошни ўнг томонга 1-2-3-4 марта айлантирамиз, 4.Д.Ҳ1-2-3-4 марта чап томонга айлантирамиз 4 .Д.Ҳ
Д.Ҳ оёқлар елка кенглигида қўллар елкада 1-2-3-4 олдинга айлантирамиз, 1-2-3-4 орқага айлантирамиз
Д.Ҳ Оёқлар елка кенглигида ўнг қўл белда, чап қўл юқорида
1-2-3-4 қўлларни олдинга айлантирамиз, шу машқни 5-6-7-8 орқага айлантирамиз.
Д.Ҳ оёқлар елка кенглигида қўлларни олдинга узатиб 1-2-3-4 қўлларни занжир ҳолатида букиб айлантирамиз,
Д.Ҳ оёқлар елка кенглигида қўлларни олдинга узатиб 1-2-3-4 тирсаклардан қўлларни букиб олдинга айлантирамиз, 5-6-7-8 қўлларни орқага айлантирамиз
Д.Ҳ оёқлар елка кенглигида қўллар белда 1-2 белни чап тарафга эгамиз, 1-2 белни ўнг
Д.Ҳ.Оёқлар икки елка кенглигида, қўллар белда 1-чап оёқда, 2- ўртага, 3-ўнг оёққа
қўлларни теккизамиз.4. Д.Ҳ
Д.Ҳ оёқлар ярим шпагатга ўтириш, оёқлар кенг ёйилган тўлиқ шпагатга ўтириш
Д.Ҳ.Оёқлар елка кенглигида қўллар олдинга узатилган ўнг оёқни чап қўлга теккизамиз Д.Ҳ 3 чап оёқни ўнг қўлга теккизамиз.
Ҳамма бир хил овозда
Ўтилган мавзуни мутаҳкамлашда савол, жавоб усулидан фойдаланиш.
Аниқ ва тушунарли тарзда эълон қилиш.
Бурилиш машқларини тўғри бажариш
Юриш машқларни тўғри бажариш
Қоматни сақлаб юриш
югуриш машқларини бажаришда оралиқ масофага эътибор бериш.
Бажариш машқларини ко`рсатиб бериш.
Машқларни тўғри бажарилишини назорат қилиш.
У.Р.Машқларни бажарилишига эътибор қаратиш. Машқларни бажаришда кўзни юммасдан бажариш.
Аввал қўллар олдинга айлантирилади, кейин чап томонга айлантирилади.
Гавдани букмасдан бажариш
Эгилиш машқларини бажаришда, тиззалар букилмаслигига эътибор бериш
Гавдани тўғри эгилишига эътибор қаратиш.
Тиззалар кўкрак қафасига тегиши керак
Майдони. Ўйин майдони узунлиги 40 метр, эни 20 метрли тўрт бурчакдан иборат. Майдонни белгиловчи бўйлама чизиқ, кўндаланг чизиқ, юза чизиқ деб ҳам аталади. Заҳира ўйинчиларнинг алмаштириш зонаси марказий чизиқдан ўз майдони томонга 4,45 метрли масофада 15 смли чизиқ белгиланади. Майдон чизиқлари 5 см, дарвоза ичидаги чизиқлар 8 см.
Дарвоза. Дарвозанинг ички тарафдан ўлчами баландлиги 2 метрни ва эни 3 метрни ташкил этади.Дарвоза полга ва орқадаги деворга маҳкам ўрнатилади.
Махсус машқлар:
а)Еркин югуриш, сигнал бўйича олдиндан ҳаракат қобилиятини ҳисобга олган ҳолда шиддат билан югуриш.
б)Оёқларни баланд кўтариб эркин югуриш.
д)Сигнал бўйича олдинга умбалоқ ошиб, туриш ва шу заҳоти шиддат билан югуриб кетиш.
Е)Эркин югуриш сигнал бўйича –А -ўтириш, Б-чалқанча ўгирилиш, Д-кўкракка ётиш, э-чалқанча ётган ҳолатда туриб 10-15 метрга тезлик билан югуриш.
ф)Тўплар устидан бир оёқлаб ҳаракатда сакраб ўтиш, қайтишда ҳаракатда бир оёқда орқачалаб сакраб ўтиш
г) Гимнатик ўриндиқ устидан чап оёқда сакраб онг оёқда қўниш, ва онг оёқда сакраб чап оёқда қўниш.
ҳ)Ўқувчиларни тўрт гуруҳга бўлиб, тўпсиз ҳар бир чизиқларга қўлларини теккизиб, орқа билан бориб келиш
и)Айлана бўлиб, тўпни ҳаракатда бир-бирига узатиш,
Бошни олдинга ва орқага қилиб нафас машқини бажариш.
То`п. Қўл тўпида тўп чарм ва синтетик материаллардан тайёрланади. Тўпнинг ўлчами ҳар хил ёшлар учун ҳар хил бўлади, 16 ёшдан юқори эркак ва ўсмирлар учун 58-60 см оғирлиги 425-475, ХГФ рақами-3, 54-56 см 325-375 12-16 ёшли ўмирлар, аёллар, қизлар 14 ёшдан юқори ХГФ рақами-2 рақамли, диаметри 50-52 ХГФ-1, 290-330 гр 8-14 ёшгача қизлар 8-12 ёшгача ўғил болалар.Тўп қўлда 3 сониядан ортиқ ушлаб турилмайди, қ`олда то`п билан уч қадамдан ортиқ юрилмайди, тўп фақат бир қўллаб олиб юрилади. Тўпни олиб юриш, узатиш ёки дарвозага отиш узатиб бериш билан якунланади.
Тўпни олиб юришлар
Белгиланган масофанинг охирги чизиғига (узоқ масофага) тўпни ерга уриб бориб келиш.
Тўпни ерга уриб юрган ҳолда, ҳар бир чизиққа (қисқа масофаларга) бориб келиш
Ҳаракатда тўпни узатиш ва қабул қилиш
a)Гуруҳлардаги ўқувчилар ҳаракатда тўпни бир-бирига қараган ҳолда тўпни узатиб, бориб келадилар.
b)Ўқувчилар иккитадан ён чизиқларга жойлашадилар ва ҳаракатда бир-бирларига тўпни узатадилар ва қабул қиладилар.
d)Ўқувчилар тўпни ердан бир-бирларига узатадилар ва қабул қиладилар.
e)Тўпни ерга уриб бориб, шеригига бериб орқа билан қайтади, кейинги иштирокчилар ҳам машқни бажаради
f)Тўпни ҳаракатда ерга уриб бориб, шеригига бериб ён чизиқда нафас ростлайди, шериги ҳам тўпни ерга уриб бориб келади.
j)Тўпни сакратиб юришлар.
1938-йилда Ўзбекистонда биринчи марта Республика чемпионати ўтказилди.
Ўйин вақти 12-16 ёшлилар учун 2х25 дақиқа, 16 ёшдан юқори ўқувчилар учун 2х30 дақиқа ўйналади, таймлар орасидаги танаффус 10дақиқа. Ўйинчиларнинг футболкасининг орқа тарафига 20см, олд тарафига 10 смдан иборат белги қўйилади, оёғида спорт пойабзали бўлади. Жамоа иштирокчиларида бир хил форма бўлиши шарт.Майдон бурчаклари бўйлаб, ўқувчилар жойлашишининг 6:0, 5:1, 4: 2, 3:3 нисбат вариантлари бор.
Жамоавий ҳимояланиш тактикаси.
Юқоридан ва пастдан ташлаб берилган тўпларни дарвозага отадилар.
Шахсий ҳимояланиш усули
Мавзуни мустаҳкамлаш учун ўқувчиларга янги мавзу юзасидан тезкор савол жавоблар берилади
Майдон ўлчамини айтинг? 20х40 м
Қўл тўпи ўйинида неча хил жарима бор? 7, 9, эркин тўп
Қўл тўпи дарвозасининг ўлчамини айтинг? 2х3 м
Қўл тўпи ўйининг ватани қаер? Дания
Қўл тўпи ўйинининг асосчиси ким? Холгрен Некто Нелъсон
Қўл тўпи ўйинида, 7 метрли жарима нима учун берилади? Ҳимояланувчи жамоа қўполлик ишлатса, ўз дарвозабонига тўпни ташлаб берса.
Икки ўйинчи тортишиб қолганда қандай тўп белгиланади? Баҳсли тўп Қўл тўпи ўйини неча таймдан иборат? 2 таймдан
Ҳакамлар жестларини ўргатиш
Дарвоза майдони чизиғини босиш.
Тўпни ерга уриб юришдаги хатолик.
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish foydalari
Sportning hayotimizda tutgan o‘rni beqiyosdir. U insonning ruhan va jismonan yetuk bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Quyida jismoniy mashqlar bajarishning foydalari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Jismoniy tarbiyaning sog‘liqqa foydalari:
- sport bilan muntazam shug‘ullanish uzoq umr ko‘rishning eng oddiy yo‘lidir.
- kishi sport bilan shug‘ullanganida organizmi yaxshi chiniqadi, muskullari tez charchamaydi. Chiniqqan odamning nerv- endokrin , yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa hayotiy muhim a’zolari hamda to‘qimalarining ish faoliyati ortadi.
- sport mashg‘ulotlari odam tanasidagi to‘qimalarning tez yangilanishi, uning yosh, sog‘lom va tetik saqlanishiga sabab bo‘ladi.
- taloqda limfotsitlar hosil bo‘lishi ko‘payib, organizmning yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati (immunitet) kuchayadi.
- kam harakatlilik ( gipodinamiya ) yurak faoliyatini kuchsizlantiradi. Natijada yurak-qon tomir va boshqa kasalliklar yuzaga keladi.
- mashqlar orqali qon aylanishi tezlashadi, miyamizga kislorod boradi, mushaklar kuchayib, bo‘g‘imlarning harakatini ta’minlaydi, ruhiy taranglik yo‘qolib, energiya ortadi.
- sport bilan shug‘ullanuvchilarda yurak klapanlari va muskullari yaxshi rivojlanib, uning hajmi boshqalarnikiga qaraganda kattaroq bo‘ladi.
- o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortadi (4500-6500 ml . ga etadi), nafas olish va qon aylanish a’zolari yaxshi rivojlanadi.
- odatda zaiflashgan, chiniqmagan tanada mikroblar yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit topadi. Natijada bunday odam kasallanadi.
- jismoniy mashqlar tufayli yurak, buyrak, o‘pka va tomirlar kuchga to‘ladi, tomirlar kengayadi va elastik holatga keladi. Shunday qilib tomirlardagi yog‘ nisbati, xolesterin , shakar va insulin pasayadi. Tananing yog‘ nisbati kamaysa, o‘zimizni kuchli his etamiz, asab tizimi sog‘lom bo‘ladi.
- xotirani kuchaytirishning eng muhim sharti asablarning sog‘lom bo‘lishidir. Buning uchun esa badantarbiya bilan shug‘ullanish lozim.
- uy sharoitida jismoniy mashqlar bajarish yoki biron sport turi bilan shug‘ullanish hozirda keng tarqalgan semirishning oddiy davosidir. Zero, semirish ish faoliyatini pasaytiradi, sog‘liqni zaiflashtiradi .
- jismoniy tarbiya mashqlari kishiga ko‘tarinkilik va ruhiy dalda bag‘ishlaydi. Bunday holda ishlar unumli va sog‘liq joyida bo‘ladi.
- agar kishi bir kunda 10 daqiqa jismoniy mashqlar bajarsa, u daqiqasiga yuragining 10 marta urishini “tejab” qolar ekan. Bu bir yilda 500.000 martani tashkil qiladi. Mana shu yo‘l bilan yurak-qon tomir kasalliklaridan forig‘ bo‘lish, yurakni sog‘lom qilish, infarktdan qutulish mumkin.
- aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turilsa, odam uzoq vaqt charchamaydi, ishi unumli bo‘ladi. Chunki aqliy mehnat davrida miyadagi qo‘zg‘algan markazlar jismoniy mehnat vaqtida dam oladi. Chunonchi, ilm olishda har 40-60 daqiqada 5-6 daqiqa badantarbiya mashqlari bajarilsa, miyaning zo‘riqishidan paydo bo‘ladigan nevroz kasalligining oldi olinadi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Bodom ‘suti’ – siydik haydovchi vosita
Jismoniy tarbiyaning iymonga foydalari:
- sport mashg‘ulotlarini bajarish natijasida asab tizimi mustahkamlanib, noo‘rin g‘azablanish oldi olinadi, odamning irodasi mustahkamlanadi. Imom Buxoriy naql qilgan rivoyatda aytilishicha, nasihat so‘rab kelgan kishiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “G‘azablanma!” deganlar.
- sport bilan shug‘ullangan odam jismonan va ruhan kuchli bo‘ladi. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “ Allohga har bir yaxshilikda kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan afzal va sevimliroqdir” (Imom Muslim rivoyati). Demak, ham imon, ham badan jihatidan kuchli bo‘lgan mo‘min ustun ekan. Chunki badan quvvatli bo‘lsa, har bir ishda shijoatli va sabrli, ibodatda ixlosli va odamlarga yaxshilik qilishda davomli bo‘ladi.
- bolalarni yoshligidan chiniqtirib borish, ularga zamon talab qiladigan ba’zi muhim ishlarni, sport turlarini, jumladan, suzish, ot minish, o‘zini himoya qilish usullarini o‘rgatib borish lozim. Shariatimizda bu ishlarga alohida urg‘u berilgan.
- sport bilan muntazam shug‘ullanganda nafs yomonliklaridan tiyilish osonroq kechadi. Jumladan, shahvoniy nafsdan. Sport va foydali ilm bilan shug‘ullanilsa , xayolga har xil yomon fikrlar kelmaydi. Shahvatlar uchun sarflanishi mumkin bo‘lgan jismoniy kuch sport mashg‘ulotlariga ketadi.
Jismoniy mashq bajarganda burun orqali nafas olib, uni og‘izdan chiqarishga odatlanish kerak. Buning natijasida nafas harakatlarida ishtirok etuvchi qovurg‘alararo muskullar va diafragma yaxshi rivojlanadi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortadi.
Ommabop bo‘lgan sport turlariga quyidagilar kiradi: futbol, suzish, velosiped haydash, basketbol, voleybol, tennis, kurash va hokazo.
Sport bilan shug‘ullanish bilan birga o‘z vaqtida dam olish va vitanminlar bilan to‘yingan mahsulotlarni me’yorida iste’mol qilish ham lozim. Shunda, Allohning izni bilan, kishi sog‘lom bo‘ladi.
Sport bilan shug‘ullanishda yosh, jismoniy holat, sog‘liq va vaqtga e’tibor berish kerak.
Жисмоний тарбия
Жисмоний тарбия, бадан тарбия – соғлиқни мустаҳкамлашга, одам организмини уйғун равишда ривожлантиришга қаратилган умумий тарбиянинг узвий қисми. Жамиятдаги жисмоний маданият аҳволини билдирувчи кўрсаткичлардан бири. Жисмоний тарбиянинг асосий воситалари: жисмоний машғулотлар, организмни чиниқгириш, меҳнат ва турмуш гигиенаси. Бундай т. ақлий, ахлоқий, меҳнат ва эстетик тарбия билан қўшиб олиб борилади.
Ибтидоий даврдан бошлаб жисмоний тарбияга алоҳида эътибор қаратилган. Дастлаб у жисмоний машқлар, турли ўйинлар, меҳнат жараёнлари, овчилик, ҳарбий ҳаракатларга ўхшатилган мусобақалар ва синовлар шаклида мавжуд бўлган, турли маросимларни акс эттирган. Кейинчалик ёшларни қиличбозлик, чавандозлик, камондан отиш, яккама-якка кураш маҳоратга ўргатиш жамиятнинг асосий вазифаларидан бирига айлана борган. Уйғониш даврида жисмоний тарбияга эътибор янада кучайди. Гуманистлар жисмоний тарбияни ўқув дастурига киритишга уринганлар. Бадан тарбияга ўрта асрларда Европада оилавий тарбия ва мактабдаги педагогик жараённинг муҳим қисми сифатида қарала бошланди. Ж. Ж. Русо «Эмиль ёки Тарбия тўғрисида» деб аталган педагогик рисоласида жисмоний тарбиянинг болаларнинг ақлий камолоти ва меҳнат тарбиясидаги аҳамиятини таъкидлаган. 18-а. да, асосан, Руссо ғоялари таъсирида Германияда пайдо бўлган «инсонпарварлик ва яхши хулқ мактаблари» — филантропинлар жисмоний тарбиянинг шакл ва услубларининг такомиллашувига олиб келади. Гимнастка машқлари мактаб дастурларидан мустаҳкам ўрин олади. 19-а. охири ва 20-а. бошида Франция, Буюк Британия ва бошқа мамлакатларда жисмоний тарбиянинг миллий тизимлари таркиб топди.
Ўзбекистонда жисмоний тарбияга жуда қадимдан саломатликни мустаҳкамлашнинг асосий воситаси деб қаралган. Маҳмуд Кошғарийнинг «Девону луғоти турк» асарида 100 дан зиёд халқ ўйинлари тўғрисида маълумот берилган. «Алпомиш» ўзбек халқ қаҳрамонлик достони, Алишер Навоийнинг «Фарҳод ва Ширин», Зайниддин Восифийнинг «Бадое ул-вақое» («Нодир воқеалар»), Бобурнинг «Бобурнома» асари ва бошқа(лар)да жисмоний, жанговар машқлар, кучлилик баҳс-мунозараларининг хилма-хил намуналаридан ҳикоя қилинади.
Ўзбекистонда мустақиллик йилларига келиб жисмоний тарбия ва спорт давлат сиёсати даражасига кўтарилди. 1992 й. да (2000 й. да эса янги таҳрирда) «Жисмоний тарбия ва спорт тўғрисида» ги қонуннинг қабул қилиниши, 1993 й. да Соғлом авлод давлат дастурининг ишлаб Йиқилиши, Вазирлар Маҳкамасининг спортнинг алоҳида турларини ривожлантиришга оид ва, ниҳоят, 1999 й. да «Ўзбекистонда жисмоний тарбия ва спортни янада ривожлантириш чра-тадбирлари тўғрисида» ги қарори жисмоний тарбиянинг ҳуқуқий асосларини яратди.
Жисмоний тарбиянинг кенг тармоқли тизими: оилвий-мактабгача давр (чакалоқликдан бошлаб боғча ёшидаги), мактаб ёши, ўрта махсус ва олий таълим даври ҳамда катта ёшдаги (эркак ва аёллар) бадан тарбиясини ўз ичига олади. Ўзбекистонда умумтаълим мактабларидаги жисмоний тарбия педагогик жараён ҳисобланиб, унинг дарслари, спорт секцияларидаги машғулотлар орқали амалга оширилади. «Умумий ўрта таълим мактаблари учун жисмоний тарбиядан давлат таълими стандарти» бўйича 1-9-синфлада ҳафтасига 2 соатдан жисмоний тарбия дарслари жорий этилган. Ўқувчи-ёшлар ўртасида жисмоний тарбияни янада оммалаштириш ва уларнинг саломатлигини мустаҳкамлаш мақсадида 1999 й. да махсус тест синовлари ишлаб чиқилди. Мазкур тестларни муваффақиятли топширганлар учун 3 даражали «Алпомиш» ва «Барчиной» нишонлари таъсис этилди. Шунингдек, мактаб ўқувчилари учун «Умид ниҳоллари», лицей-коллеж ўқувчилари учун «Баркамол авлод», олий ўқув юрти талабалари учун «Универсиада» оммавий мусобақаларини ҳар 2 й. да ўтказиш йўлга қўйилди. Халқ ўйинлари ва оммавий спорт турлари бўйича ҳар 2 й. да «Алпомиш ўйинлари» фестивали ҳамда «Тўмарис ўйинлари» ўтказиб келинади.
Жисмоний тарбиянинг илмий-амалий асослари ва шу соҳа мутахассислари Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти, олий ўқув юртларининг ф-тлари ҳамда бўлимларида тайёрланади. Республикада б та олимпия ўринбосарлари билим юрти, 8 та олий спорт маҳорати мактаби ва 369 та болалар-ўсмирлар мактабида ҳам ўқувчиларга жисмоний тарбиядан сабоқ берилади. «Ёшлик» кўнгилли спорт ташкилоти, «Ватанпарвар» мудофаага кўмаклашувчи ташкилоти, «Динамо» спорт клуби каби спорт жамиятлари аҳолининг турли катламларини машғулотларга жалб этишга хизмат қилади.
Qiziqarli malumotlar
3 sinf jismoniy tarbiya ish reja