3 oylik chaqaloq parvarishi to’liq malumot oling

3 oylik chaqaloq parvarishi to’liq malumot oling

3 oylik chaqaloq parvarishi
Mundarija скрыть

Agar bir oylik chaqaloq, 2 oylik chaqaloq bilan ota-ona muloqot qilib hali unchalik javob olmagan bo’lsalar, 3 oylik chaqaloq bilan endi xursand bo’lish vaqti keldi:

3 oylik chaqaloq muomala qilishni boshlaydi. Bolada rivojlanish bosqichining birinchisi yakunlanadi.

Uch oyga kelib bolaning vazni tug’ilgan paytidagiga nisbatan 1500 grammga oshadi. Bo’yi esa o’rtacha 3 sm ga ortadi. Lekin eng asosiy o’zgarishlar uning markaziy asab tizimida amalga oshadi. Bu borada ona suti qanchalik muhim ekanligi haqida unutmang.

Uch oylik bolaga onaning o’zi massaj qilishi, yengil jismoniy harakatlarni qo’shiq tinglab, shirin so’z ila amalga oshirish juda foydali bo’ladi.

Shu davrda AKDS emlatiladi.

✅Uch oylik bola:

1. O’z qo’llari bilan o’ynaydi;

2. Qo’l oyoqlarini tanasidan uzoqlashtira olib, «velosiped» harakatini bajara oladi;

3. Boshini ko’taradi, tomonlarga qaratadi;

4. Bir necha soniya tana og’irligini oyoqlarida ushlay oladi;

5. O’tqizib ushlab tursangiz boshini ushlay oladi;

6. Belidan yoniga dumalaydi;

7. Barmoqlari ochiq;

8. Narsalarni qo’llari bilan urmoqchi bo’ladi;

9. O’yinchoqlarni ko’proq ushlab turib, shiqirlatishga harakat qiladi;

10. Sochingizni yuladi;

11. Barmoqlarini so’radi;

12. «aaa», «ooo», «eee», «iii» tovushlarini cho’zadi;

13. Qichqiradi;

14. Kulishni boshlaydi;

15. «Karuselni ursam qimirlaydi», «o’yinchoqni silkitsam tovush chiqadi» degan o’y paydo bo’ladi;

16. Tizzangizda tura oladi;

17. Yotishdan ko’ra o’tirishini xohlaydi;

18. Yerda yotib dumalashni yaxshi ko’radi;

19. Qo’llari bilan o’ynashni xohlaydi;

Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, 3 oy bu bola rivojlanish bosqichining eng birinchisini o’tganidan dalolat beradi. Keyingi davr yangi bosqich hisoblanadi. Ana shu bola rivojlanishining o’tish davrida ma’lum qiyinchiliklarga duch kelish mumkin. Masalan, emizish bilan bog’liq bo’lgan qiyinchilik, ya’ni sut yetishmovchiligi kuzatiladi. Yoki kechalari oldingidan ko’ra ko’p uyg’onishi kuzatilishi mumkin. Buning barisi o’tkinchi va bosqichdan bosqichga o’tish tufayli yuzaga kelgan muammo ekanligini unutmang.

Bu davrda chaqaloqlar o’z qo’llari bilan o’ynashni, o’yinchoqni ushlashni o’rganadilar.

Birozdan so’ng o’yinchoqlarni o’gziga solish odati paydo bo’ladi. Shuning uchun olayotgan o’yinchoqlaringiz orgazm uchun xavfli moddalardan tarkib topmaganligiga amin bo’ling. Ko’plab plastik buyumlar tarkibida onkologik kasalliklarni keltiruvchi moddalarga ega bo’ladi. Bolalar o’yinchoqlarini mahsuloti xavfsizligi tasdiqlangan brendlar orasidan olish lozim.

✅1. Qimirlovchi yorqin rangli o’yinchoqlar. Bu davrda bolada muloqot qilishga ehtiyoji kuchayadi. Shunda qimirlab turuvchi o’yinchoqlar uni suhbat qurishga undaydi.

✅2. Chaqaloq barmoqlari bilan ushlay oladigan shiqildoqlar. Shiqildoq ushagan qo’lini qimirlatib o’yinchoqdan tovush chiqishini sezgan bola rosa quvonadi.

✅3. Arava, arg’imchoq, stulchaga o’rnatiladigan tovush chiqaruvchi rang-barang o’yinchoqlar. Bola bu davrda hali har xil joyga harakat qila olmasligi tufayli o’tirgan yoki yotgan joyi qiziqarli bo’lishi muhim.

✅4. Bosganda tovush chiqaruvchi o’yinchoqlar. Chiyildoq o’yinchoqlar hech bir bolani befarq qoldirmaydi.

✅5. Qattiq kartonlik kitoblar. Bolaning shu yoshidan boshlab kitobga mehrini uyg’otish mumkin. Buning uchun unga yoshiga yarasha kartonlik kitoblardagi hayvonchalarni, buyumlarni ko’rsatib nima ekanligini, qanday tovush chiqarishini qiziqarlik qilib ko’rsatib bering.

✅6. Rang-barang tish g’ajigichlari. Bu davrda chaqaloq uchun eng kerakli o’yinchoq.

✅7. Shakllik, katta-kichik, bir-biriga kiruvchi o’yinchoqlar. Rangi va shakli har xil bo’lgan blok va kubiklar bolani aqlini charhlaydi.

✅8. Bolaning kichik «o’yingohi». Onasi biron ish bilan band bo’lganida bolaning zerikmasligi va aqliy rivojlanishi uchun kerakli o’yinchoq.

✅9. Rang-barang yumshoq gilamchalar. Bu gilamchalarda dumalab, undagi rasmlarni tomosha qilish bu yoshdagi bola uchun juda qiziq bo’ladi.

Manba©

@yosh_onalarga_maslahatlar

Boshqa mavzular
3 oylik chaqaloq parvarishi