3-avgust Kolumbning birinchi sayohati boshlangan kun
3-avgust Kolumbning birinchi sayohati boshlangan kun
DO`STLARGA ULASHING:
1492-yil 3-avgustda Xristofor Kolumbning birinchi ekspeditsiyasi boshlandi. Dengizchi sayyoh, asli genuyalik 1476-1484-yillarda Lissabonda hamda Madeyra va Portu-Santu orollarida yashagan. Yerning shar shaklida ekanligi to’g’risidagi ta’limotga va 15 asr olimlarining noto’g’ri hisoblariga asoslanib, Kolumb Yevropadan Hindistonga olib boradigan. Uning fikricha, eng qisqa dengiz yo’lining loyihasini tuzdi. 1-ekspeditsiyada 1492-1493-yillar 90 kishi bilan «Santa-Mariya”, «Pinta”, «Nilya” kemalarida Palosdan safarga chiqdi. Kanar orollaridan g’arbga burilib, Atlantika okeanini kesib o’tib, 1492-yil 12-oktyabrda (bu sana Amerikaning rasmiy kashf etilgan vaqti debhisoblanadi) Bagama arxipelagidagi San-Salvador okeanga tushadi. Kuba va Gaiti orollari sohilini kashf etdi. 1493-yil 15 marta Kastiliyaga qaytib keldi. 2-ekspeditsiyasida (1493-1496) Kolumb admiral unvoni va yangi kashf etilgan yerlarning vitse qiroli lavozimida 1500 kishilik ekipaj bilan 17 kemada safarga chiqdi. Dominika, Gvadelupa, Kichik antil, Puetro-Riko va Yamayka olimlarini, Kubaning janubiy qirg’oqlari bo’ylab suzib, bir necha orol va yarim orollarni kashf qildi, gayitining Jan, sohillarini tadqiq qildi. 1496-yil 11-iyunda Kastiliyaga qaytib keldi. 3-ekspeditsiyasida (1498-1500) Kolumb 6 kema bilan Atlantika okeanini 10 shakilda kesib o’tib, Trinidal okeanni kashf etdi. Janubiy tomonidan Pariya qo’ltig’iga va orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohil va Pariya okeanigacha kirib borib, Janubiy Amerikani kashf etishni boshlab bordi. Janubiy Amerikaning shimoliy-sharqiy sohillarini tekshirib undan Karib dengizi orqali Gaiti oroliga o’tdi. 1500-yilda Kastiliyaga qaytib keldi. 4-ekspeditsiyasida (1502-1504) Kolumb 4 kema bilan 1502-yil 12-iyunda Martinika orollariga keldi. Undan Gonduras qo’ltig’iga suzib, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika va Panama sohillarini kashf qildi. 1504-yil 7-noyabrda Kastiliyaga qayitib keldi. Kolumbning kashfiyotlari yangi yerlarni mustamlakaga aylantirish, o’sha yerlarning indeyslar deb atalgan tub aholisini qul qilish vaqirib tashlash bilan birgalikda kechdi. Kolumbning birinchi bo’lib Amerikani ochganligi to’g’risida ilmiy adabiyotlarda munozara ketmoqda. Amerika rasmiy kashf etilishidan V asr ilgari Beruniy G’arbiy yarim sharda quruqlik bo’lishi mumkin, degan fikrni yozib qoldirgan. Shimoliy va Shimoliy-Sharqiy Amerikaga Kolumbdan avval normanlar borganligi aniqlangan, ammo Kolumb kashfiyotlaridan keyingina Amerikaqit’asi geografiya faniga ma’lum bo’ldi.
3-avgust Kolumbning birinchi sayohati boshlangan kun