3-avgust BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: to’liq malumot oling

3-avgust BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: to’liq malumot oling

Bugun 3-avgust 2023-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro tarvuz kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇳🇪 Niger ‐ Daraxt ekish kuni.

🇻🇪 Venesuela — Bayroq kuni.

🇳🇪 Niger — Mustaqillik kuni.

🇰🇼 Ekvatorial Gvineya — Ozodlik kuni.

🇧🇲 Bermud orollari ‐ Ozodlik kuni.

🇺🇸 AQSh — Tarvuz kuni.

🇸🇻 Salvador — San-Salvador kuni.

👉 VOQEALAR:

— 1200 — Qutbiddin Muhammad Xorazm taxtiga o‘tirdi.

— 1492 — Kolumbning Yangi Dunyoga birinchi sayohati boshlandi.

— 1492 — yahudiylarning Ispaniyadan quvilishi.

— 1546 — Fransuz noshiri Etyen Dolet gumanistlar asarlarini nashr etgani uchun dorga osildi.

— 1596 — Nemis astronomi David Fabrisius birinchi o’zgaruvchan yulduz — Kit Mirasini kashf etdi.

— 1778 — Milanda “La Scala” opera teatri ochildi.

— 1795 — Parij konservatoriyasiga asos solindi.

— 1783 — Yaponiyada Asama vulqoni 35 ming kishini halok etdi.

— 1799 — Turkiya birinchi marta Bosfor orqali rus harbiy kemalariga erkin o’tishni ta’minladi.

— 1914 — Birinchi jahon urushi: Germaniya Fransiyaga urush eʻlon qildi.

— 1921 — rus shoiri Nikolay Gumilyov sovet tuzumiga qarshi chiqqanlikda ayblanib hibsga olindi.

— 1926 — Londonning birinchi svetoforlari Pikadilli maydonida o’rnatildi.

— 1946 — AQSH basketbol assotsatsiyasi tashkil topdi.

— 1950 — BMT Xavfsizlik Kengashi Xitoyning BMTga kirishiga qarshi ovoz berdi.

— 1956 — Suriyada harbiy to’ntarish amalga oshirildi.

— 1960 — Niger Fransiyadan mustaqillikka erishdi.

— 1979 — Ekvatorial Gvineyada harbiy to’ntarish sodir bo‘ldi.

-1980 — SSSR poytaxti Moskva shahrida yozgi olimpiyada oʻyinlarining yopilish marosimi bo’lib o’tdi.

— 1988  — Qizil maydonga samolyotini qo’ndirgan nemis uchuvchisi Matias Rust Sovet qamoqxonasidan muddatidan oldin ozod qilindi.

— 2004 — Merkuriyni o’rganish uchun MESSENGER sayyoralararo avtomatik  stantsiyasi (SAS) ishga tushirildi.

— 2011 — Liviyada Muammar Kaddafiy ag’darilganidan so’ng, doimiy konstitutsiya qabul qilingunga qadar amalda bo’ladigan Muvaqqat Konstitutsiyaviy deklaratsiya qabul qilindi.

👉 TAVALLUDLAR:

— 1189 — Yuan Chutsay (1243) — Xitoydagi Yuan (mog’ul) sulolasining davlat va harbiy arbobi, olim va yozuvchi.

— 1770 — Fridrix Vilgelm III (1840) — Prussiya qiroli (1797 yildan).

— 1893 — Aleksandr Gauk (1963) — Bastakor, SSSR Davlat simfonik orkestrining bosh dirijyori.

— 1903 — Habib Burg’uiba (2000) — Tunisning birinchi Prezidenti (1957-1987).

— 1908 — Birgit Kullberg (1999) — Shved raqqosi va xoreografi.

— 1920 — Fillis Doroti Jeyms (2014) — ingliz adibasi, detektivlar muallifi.

— 1928 — Qunduz Mirkarimova (2019) — raqqosa, baletmeyster va pedagog, Oʻzbekiston xalq artisti (1966).

— 1959 — Koiti Tanaka — yapon olimi, Nobel mukofoti sohibi (2002).

— 1977  — Anjela Bizli — britaniyalik tadbirkor, Wikia loyihasining asoschisi va vitse-prezidenti.

— 1979 — Evanjelin Lilli — kanadalik aktrisa.

— 1983 — Ulug’bek Qodirov — aktyor.

— 1986 — Darya Domrachyova — belorus biatlonchisi, 4 karra Olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni, Belorusiya Qahramoni.

— 1992 — Karli Kloss — amerikalik supermodel.

— 1994 — Koranten Tolisso — fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018).

Muhim sanalar
3-avgust BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: