29-may Yerning eng baland cho‘qqisi Jomolungma zabt etilgan kun
29-may Yerning eng baland cho‘qqisi Jomolungma zabt etilgan kun
DO`STLARGA ULASHING:
1953-yil 29-mayda Yangi Zelandiyalik Edmund Xillari va Norvegiyalik Tansing bilan dengiz sathidan 8848 yuqori bo‘lgan jahondagi eng baland Jomolungma (Sakarmatxa, Everest) cho‘qqilarini zabt etishdi. Jomolungani Tibet aholisi — «Jahon ona ma’budasi” deb atashadi. Nepallar esa uni Sagarmatxa — «Jahon hukmdori” deb atashadi. Bir asr muqaddam bu balandlik topograflarning e’tiborini o‘ziga tortgan. Ulardan biri Djordj Everest bo‘lib, bu cho‘qqiga geografik xizmatlari uchun uning nomi berilgan. Everest tog‘iga chiqishning birinchi rejasi 1893-yilda ishlab chiqildi va cho‘qqini zabt etish uchun 1921-yilda birinchi bo‘lib urinib ko‘rildi. Everest cho‘qqisiga chiqishda 13-martda muvaffaqiyatsizlikka uchralib, 30 yil ketdi. 1953-yil 29-mayda Xillari bilan Tensing Nepal va Hindiston chegarasidagi Ximolay tog‘ining eng baland cho‘qqisini zabt etishib, Buyuk Britaniya, Nepal, Hindiston va BMT bayroqlarini o‘rnatishdi. Bu yangilik dunyoning boshqa shaharlariga 4 kundan so‘ng 1953-yil 2-iyunda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ga toj kiydirish marosimi kuniga yetib bordi. Britaniya qirolichasi Xillariga ritsarlik unvonini berib, ismiga «Ser” titulini qo‘shib aytish huquqini berdi. Sherp Tensing Norgey esa Britaniya fuqarosi bo‘lmagani uchun qirolicha uni medal bilan taqdirladi. Edmund Xillari hayotining ko‘p qismini Nepalda xizmat qilib o‘tkazdi. 2003 yilda jaxon Everestni zabt etilgan kunini 50 yilligini nishonlanayotgan kunda Edmund Xillarini Nepal fuqarosi yuksak unvoni bilan taqdirladi.
29-may Yerning eng baland cho‘qqisi Jomolungma zabt etilgan kun