28-sentyabr Xalqaro gunglar kuni
28-sentyabr Xalqaro gunglar kuni
DO`STLARGA ULASHING:
28-sentyabr Xalqaro gunglar kuni
Xalqaro karlar (qulog’i yaxshi eshitmaydiganlar) kuni 1951-yilda Butunjahon kar va soqovlar federasiyasi yaralishi sharafiga ta’sis etilgan. Statistikaga ko’ra, dunyo bo’yicha har to’qqizinchi odam eshitish qobiliyatining buzilishida aziyat chekadi.
Eshitish qobiliyati pasayishi jarohat, kasallik natijasida yoki tug’ma bo’lishi mumkin.
Dunyoda 2500 ta til bor. Lekin bundan tashqari yana bir muloqat shakli borki, oxirgi paytda yanada ko’proq ilmli insonlarni qiziqtirib kelmoqda, bu imo-ishora tilidir – kongress, simpozium, konferensiya kabi kar va soqovlar tadbirlarida xizmat ko’rsatish uchun Butunjahon karlar federasiyasi 50 – yillarda «jestuno” nomli imo-ishoralar tizimini ishlab chiqdi.
1960-yilda abbat de L’Epe Fransiyada birinchi Parij karlar institutiga asos soldi. Abbat imo-ishora tilining tarafdori edi. Karlar kam gap va odamovi degan afsonalarga ishonmang. O’nlab ajoyib va buyuk shaxslar kar bo’lishgan. P’er de Ronsar Tiklanish davri shoiri, yaxshi raqqos bo’lgan , uni «fransiya shoirlari shahzodasi” deb atashgan.
Tarixda kar bo’lgan buyuk shaxslar ; Viktor Gyugo, Lyudving Van Betxoven – buyuk kompozitor, Antonio Sta’oli – italyan rassomi, Klod-Andre Desen – fransuz haykaltaroshi, Jan Jak Russo fransuz faylasufi va yozuvchi.
28-sentyabr Xalqaro gunglar kuni