28-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: to’liq malumot oling

28-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: to’liq malumot oling

Bugun 28-iyul 2023-yil, juma.

👉 BAYRAMLAR:

🌙 Islom olamida Ashuro kuni.

🇺🇳 Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni.

🇺🇳 Butunjahon tabiatni muhofaza qilish kuni.

🌏 Tizim administratorlari kuni

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇪🇸 Ispaniya — Kantabriya institutlari kuni.

🇨🇦 Kanada ‐ Buyuk qo’zg’olonni xotirlash kuni.

🇦🇺 Avstraliya ‐ Maktab daraxti kuni.

🇹🇭 Tailand — Qirol tug’ilgan kun.

🇵🇪 Peru — Mustaqillik kuni.

🇸🇲 San-Marino — Fashizm ustidan qozonilgan G’alaba kuni.

👉 VOQEALAR:

— 754 — Papa Stefan II Pipin Pakanaga qirollik tojini kiydirdi.

— 1299 — Mashhur italyan sayyohi Marko Polo Venetsiyaga qaytib keldi

— 1586 — Ser Tomas Xarriot Buyuk Britaniya va Irlandiyaga kartoshka olib keldi.

— 1741 — Vitus Bering kemasi Alyaska sohillariga yetib keldi.

— 1794 — Robespyer,  Sen-Just  va yana 20 kishi qatl qilindi.

— 1821 — Peru Ispaniyadan mustaqillik e’lon qildi.

— 1851 — Dunyoda birinchi marta to‘liq quyosh tutilishi suratga olindi.

— 1858 — Birinchi marta barmoq izlari tanib olish uchun ishlatilgan.

— 1878 — Varna rus qo’shinlari tomonidan Usmonli imperiyasi boshqaruvidan ozod qilindi.

— 1914 — Avstriya-Vengriya Serbiyaga qarshi urush e’lon qildi. Birinchi jahon urushining boshlanishi.

— 1919 — Xalqaro Astronomiya Ittifoqiga asos solindi.

— 1928 — Amsterdamda yozgi Olimpiya o’yinlari ochildi.

— 1929 — Urush asirlariga doir Jeneva Konventsiyasi 48 davlat tomonidan imzolandi.

— 1976 — Xitoyning Tangshan shahrida 8.2 bal yer qimirlashi oqibatida 242 ming 769 kishi halok bo’ldi, 164 ming 851 kishi yaralandi

— 1980 — Vladimir Visotskiy Moskvada dafn qilindi.

— 1984 — Los-Anjelesda sotsialistik mamlakatlar boykot qilgan XXIII yozgi Olimpiya o’yinlari ochildi.

— 1989 — Latviya SSR Oliy Kengashi Latviya suverenitetini e’lon qildi.

— 1994 — Moldova Konstitutsiyasi qabul qilindi.

— 1995 — Bombey Mumbay deb nomlandi.

— 1997 — SSSR qulaganidan keyin Kubada birinchi xalqaro yoshlar va talabalar festivali ochildi.

👉 TAVALLUDLAR:

— 1165 — Ibn Arabiy (1240) — Islom ilohiyotchisi, so’fiylik nazariyotchisi.

— 1635 — Robert Guk (1703) — ingliz fizigi, kimyogar, matematik, astronom, biolog, ixtirochi va me’mor.

— 1804 — Lyudvig Feerbax (1872) — nemis faylasufi.

— 1904 — Pavel Cherenkov (1990) — sovet fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1958).

— 1909 — Enne Burda (2005) — nemis nashriyotchisi, Burda moden jurnalining asoschisi.

— 1915 — Charlz Xard Tauns (2015) — amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1964).

— 1925 — Barux Blamberg (2011) — amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1976).

— 1929 — Jaklin Kennedi (1994) — 1961-yildan 1963-yilgacha AQShning birinchi xonimi.

— 1930 —  Klara Yusupova — raqqosa, balerina, O’zbekiston xalq artisti.

— 1934 — Ilya Averbax (1986)  — sovet rejissyori, ssenariy muallifi.

— 1952 — Maha Vajiralongkorn Bodindradebayavarangkun — Tailand qiroli (2016-yildan).

— 1954 — Ugo Chaves (2013) — Venesuela Prezidenti (1999-2002, 2002-2013).

— 1972 — Elizabet Berkli — amerikalik aktrisa va model.

— 1979 — Shahzoda — oʻzbek pop qoʻshiqchisi, «Shuhrat» medali sohibasi.

— 1983 — Dilmurod Musayev — xonanda, YUNESKOning san’at yo’nalishi bo’yicha eng yosh  a’zosi.

— 1993 — Sher Lloyd — britaniyalik qo’shiqchi, aktrisa va model.

Muhim sanalar
28-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: