27 sentyabr– Xalqaro sayyohlik kuni to’liq malumot oling
1980-yildan 27-sentyabr Butunjahon Turizm kuni.
Mundarija
скрыть
Bugun 27-sentyabr kuni O’zbekistonda ham Butunjahon turizm kuni keng nishonlanmoqda. O’zbekistonning turistik tashkilotlar Assotsiatsiyasi ushbu kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida turizm festivalini o’tkazmoqda, kechga borib esa «O’zbekturizm” milliy kompaniyasi o’zining ushbu sohada xizmat ko’rsatgan xodimlari uchun sayohatlar va dam olish soatlarini uyushtirmoqda. TDIU xalqaro turizm fakul’teti tashabbusi bilan tashkillashtirilgan. Turizm festivali doirasida O’zbekiston turizmiga bag’ishlangan «O’zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga turizm” tanlovi taqdimoti hamda turli nominatsiyalar g’oliblarini taqdirlash marosimi, TDIU hududiy joylashgan «Ochiq osmon ostidagi muzey” bilan tarixiy-madaniy tanishuv turi, matbuot anjumani va tantanali miting o’tkazilishi rejalashtirilgan. Bayram tantanalarini musiqiy guruhlarning badiiy chiqishlari, milliy kostyumlar teatrining artistlari, o’zbek oshxonasining taomlar ko’rgazmasi va hunarmandlarning asarlari namoyishi bevosita to’ldiradi. Tashkilotchilarning fikricha, festivalning o’tkazilishi yoshlar tomonidan qilingan loyihalar va bu sohadagi ma’rifiy dasturlar turbiznes aloqalarini va turistik bilimlar tizimini mustahkamlaydi, turizm sektorining o’rnini va uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga qo’shgan hissasini ta’kidlaydi. Butunjahon turizm kuni (World Tourism Day) 1979-yilda UNWTO uchinchi Bosh assambleyasida Torremolinos ispan shahrida tasdiqlangan, 1980-yildan ushbu kun turli turli shiorlar ostida nishonlanib kelinmoqda. Joriy yilda Butunjahon turizm kunining rasmiy tantanalari «Turizm madaniyatni birlashtiradi” shiori ostida Misrdagi Asuan deb nomlangan shaharda bo’lib o’tmoqda, 2010-yilda esa ushbu kun Xitoyda «Turizm va bio xilma-xillik” shiori ostida qayd etilgan. Tashkilotchilar ushbu bayramga barcha qiziqqan fuqarolarni taklif etib, mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga muvofiqlashtiradi.
Muhim sanalar
27 sentyabr– Xalqaro sayyohlik kuni