27-oktyabr Tikanli sim ishlab chiqarish uchun patentga talabnoma berilgan kun
27-oktyabr Tikanli sim ishlab chiqarish uchun patentga talabnoma berilgan kun
DO`STLARGA ULASHING:
27-oktyabr Tikanli sim ishlab chiqarish uchun patentga talabnoma berilgan kun
1873-yil 27-oktabrda Tikanli sim ishlab chiqarish uchun patentga talabnoma berilgan. Jozef Glidden Amerikaning Illinoys shtati fermeri 1873-yil 27-oktabrda tikanli sim ishlab chiqarish uchun patentga talabnoma bergan va uning ko’rinishi xuddi shundayligicha qolgan. Tikanli sim- u uzun sim atrofi mayda tikanchalar bilan o’ralgan bo’lib, tikanlari juda o’tkirdir. Bu sim qimmat bo’lmagan to’siqlarni himoyalash, hamda mavjud bo’lgan to’siqlarni yanada mustahkamlash uchun mo’ljallangan edi. Inson yoki jonzod tikanli simdan oshib o’tayotganda juda ham noqulayliklarga uchraydi va undan tashqari jarohat ham olishi mumkin. Patent 1874-yil 24-noyabrda olingan. Bu ixtiro juda keng tarqalib ketti va 1880-yilda AQShning Buyuk tekisliklarining o’zgarishiga katta hissa qo’shdi. Tikanli simlardan to’qilgan to’siqlar fermerlarga ancha qulayliklar yaratdi, ular mollarini boqishda otli cho’ponlar (kovboy)lardan foydalanmay qo’yishdi, rancho sohiblariga esa o’z poliz ekinlarini adashib qolgan hayvonlardan asrashga yordam beradi. Bunday ixtiro shtatlarda chorvachilikning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Tikanli sim keyinchalik faqatgina mollarni asrashga emas, balki odamlardan asrashga ham yordam bergan.
27-oktyabr Tikanli sim ishlab chiqarish uchun patentga talabnoma berilgan kun