27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Mundarija скрыть
27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
DO`STLARGA ULASHING:
1994-yil 27-iyundan boshlab har yili O’zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlana boshlandi. Bu kasbiy bayram O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 1993-yil 24-iyun farmoniga binoan tasis qilindi. Bu bayram nafaqat soha xizmatchilari, balki ularning ijod va mehnat mahsulidan bahramand bo’layotgan mushtariylar, barcha ziyolilar tomonidan mamlakatimizda qutlug` bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda. Matbuot va ommaviy axborot vositalarining hayotimizdagi o’rni va ta`siri ortib, xalqmiz o’rtasida «To’rtinchi hokimiyat” sifatida tobora katta ishonch va hurmat qozonib borayotgan ekan, buning negizida jurnalistlar, muharrirlar, noshirlar, matbaa sohasi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarining ming-minlab zahmatkash ishchi-xizmatchilarining kundalik og`ir va ser mashaqat mehnati mujassamdir. Matbuot, televidiyeniye, turli axborot vositalarining-bugungi globallashuv zamonida jahon miqyosida barcha-barcha o’lkalar va xalqlar hayotida hal qiluvchi o’rin olayotgan bu sohaning tobora oshib borayotgan ahamiyati va tasiri kattadir. Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari soni 1991-yilga nisbatan 3,5 barobar ortib, 1326 taga yetdi. Bugun bosma nashrlarning qariyb 53 foizi, tele va radiokanallarning 64 foizdan ziyodi, veb-saytlarning esa 98 foizdan ortig`i nodavlat ommaviy ahborot vositalaridir. Mamlaatimizda yashaydigan millat va elatlarning to’qqiz tilida bosma nashrlar faoliyat yuritmoqda, ko’p tilli veb-saytlar soni ham oshib bormoqda.Telekommunikatsiyalar tizimi sun`iy yo’ldosh orqali dunyoning 180 mamlakatiga 28 yo’nalish bo’yicha to’g`ridan-to’g`ri uzatiladigan xalqaro kanallarga ega. Respublika fuqarolari fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqi, o’zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqlari bilan ta’min etilganligi mustaqil rivojlanish yo’lidan borayotgan O’zbekiston Respublikasi xalqlarining muhim siyosiy yutug`idir. Mat’buot va ommaviy axborot vositalarining, ularda mehnat qilayotgan jurnalistlarning huquqiy maqomi, kasbiy faoliyatiga doir bir qator qonunlar qabul qilindi.