25-noyabr Surinam mustaqil respublika bo’lgan kun
25-noyabr Surinam mustaqil respublika bo’lgan kun
DO`STLARGA ULASHING:
25-noyabr Surinam mustaqil respublika bo’lgan kun. Batafsil
Tailand va Hindistonda «Maymunlar uchun ziyofat» bayrami kuni
25-noyabr Germaniyada «Rojdestvo yarmarkasi» kuni
Germaniyada noyabr va dekabrda Rojdestvo yarmarkasi va bozorlari fasli boshlanadi. Faqat Berlin rayonlarining o’zida ular 20 dan ortiq bo’lib, 25-noyabrdan ochiladi. Odatga ko’ra, Rojdestvo yarmarkasi eski maydonga joylashadi va katoliklarning Rojdestvo bayrami boshlangunga qadar davom etadi. Sehrli, issiq glintveynning va qovurilgan sosiskaning isi havoda hukmronlik qiladi, shishadan, yog’ochdan, loydan va toshdan yasalgan badiiy buyumlar sotiladi, bolalar uchun karusellar ishlab turadi va hamma atrof shirin paxta bilan o’rab olinadi. Bu yerda turli davlatlar Rossiya, Polsha, Yaponiya, Koreya, Tailand va Hindiston oshpazlarining tayyorlagan ovqatlarini tatib ko’rish mumkin. Rojdestvo bozorida hech mubolag’asiz, Germaniya xalqining hunarlari tarixini o’rganish mumkin. Tabiiyki, yarmarkada archa bezaklarini tanlash imkoniyati juda katta, axir Germaniyada archa katoliklarning Rojdestvo bayrami arafasida bezatiladi-da. Germaniyaliklar, archaning shishadan yasaladigan bezaklari 1847-yilda asli Tyuringdan bo’lgan bir kambag’al shisha puflovchi tomonidan o’ylab topilgan, deb hisoblashadi. Aytishlaricha, o’sha yili bolalariga sovg’a sifatida berish va archaga osish uchun ishlatiladigan haqiqiy olma, yong’oq sotib olish uchun uning puli yo’q edi. Shunda u, bu narsalarning hammasini shishadan yasashga qaror qildi. Keyinroq Tyuring shisha puflovchilari o’z masterlarini sharaflab, turli rangdagi va hajmdagi shishali archa bezaklarini ishlab chiqarishni boshladilar.
25-noyabr Surinam mustaqil respublika bo’lgan kun