25-may Bolgariyada «Atirgullar festevali» kuni to’liq malumot oling
Bolgariyada atirgullar alohida o’rin egallaydi. Stara tog’larining janubiy vodiylarida avvaldan moyli atirgullar o’stirilib, undan butun dunyoga taniqli atirgul moyi tayyorlangan. Shuning uchun atirgul mamlakatning asosiy ramzi hisoblanadi va har yili atirgullar festivali o’tkaziladi. Atirgullar haqida juda ko’p qo’shiqlar yaratilgan. Bolgar xalqining yozgi milliy marosimlarining belgisi sifatida doimo xizmat qiladi. Bolgariyaning atirgul yog’lari o’zining sifati bilan butun jahonga mashhur. Birinchi atirgullar festivali 1903-yilda Karlova shahrida o’tkazilgan. Keyinchalik bu bayram Bolgariya shuningdek ko’pgina chet el turistlarini o’ziga jalb qiluvchi Karlova va Kazanlik shaharlarining asosiy bayramlaridan biri bo’lib qoldi.
Muhim sanalar
25-may Bolgariyada «Atirgullar festevali» kuni