24-may Umberto Nobile ekspeditsiyasi dirijablda shimoliy qutbga yetgan kun

Mundarija скрыть
24-may Umberto Nobile ekspeditsiyasi dirijablda shimoliy qutbga yetgan kun
DO`STLARGA ULASHING:
1928-yilda Umberto Nobile shimoliy qutbga boradigan, Kingsbedan boshlangan va qutb orqali uchib o‘tadigan, «Italiya» dirijablidagi italiyaliklar ekspeditsiyasiga boshchilik qildi. Dirijabl Ekipaji 18 kishidan iborat bo‘lgan edi. Nobiledan tashqari dirijabl ekipajiga o‘n besh italiyalik, chex fizigi Begounek va shved meteorologi Malmgrenlar kirishdi. Kemaning komandiri Nobile edi. Ekspeditsiya boshlanishi oldida Nobile va uning yo‘ldoshlarini Vatikanda Rim papasi Piy XI qabul qildi.Yunalishi bir bo’lgan kuchli shamol yordamida «Italiya» dirijabli 1928-yil 24-mayda shimoliy qutbga yetib bordi. 100 metr balandlikka tushib, ekspeditsiyada a’zolari muz ustiga uchta bayroq tashlashdi: Norvegiya, Amerika va Italiya bayroqlarini, va yana Rim papasi Piy XI topshirgan emandan ishlangan katta butni ham. Ekipaj qutb ustida 2,5 soat bo’lib, havodan atrof xududni o’rganishdi. Undan keyin balandlikka ko’tarilib Alyaska tomon jo‘nashdi. Lekin Nobile rejalar jadvali amalga oshmadi. 25-mayda dirijabl Barens dengizi ustida halokatga uchradi. Nobileni qutqarish uchun bir necha ekspeditsiya tashkil etilgan edi — Italiyada, Norvegiyada va boshqa mamlakatlarda. Amundsen samolyotda fransuz ekipaji bilan 18-iyunda Norvegiyaning Tromsyo shahridan uchib chiqdi, lekin uning tayyorasi Barens dengizi ustida jabrlandi. 23-iyunda Nobile lageri joylashgan katta muz bo’lagiga, Shvetsiya harbiy xavo kuchlari uchuvchisi Eynar Lundborg qo’na oldi. Samolyotda faqat bitta yo‘lovchi joy bo‘lgan edi. Nobile birinchi bo‘lib oyogi singan mexanik Chechone olib ketishni qat’iy talab qildi, lekin Lundborg Nobiledan boshqa birorta odamni olishdan bosh tortdi — ehtimol, u boshliqlari buyrug’ini bajargandir. Nobile muzlikni samoletda tark etdi. Ekspeditsiyaning boshqa tirik qolgan a’zolarini «Krasin» nomli muzyorari dengizchilari qutqarishdi. Masofasi 5300 kilometr bo’lgan Kengsbeydan Tellerga dirijablda Muz okeanining qadam yetmagan kengliklari ustidan uchib o‘tish havoda uchish tarixida eng yirik yutuqlardan biri bo’ldi.

DO`STLARGA ULASHING:

 24-may Umberto Nobile ekspeditsiyasi dirijablda shimoliy qutbga yetgan kun.