23-dekabr — Saturnning yo‘ldoshi Reya kashf qilingan kun
23-dekabr — Saturnning yo‘ldoshi Reya kashf qilingan kun Reya — Saturnning ikkinchi eng katta tabiiy yo’ldoshi, quyosh tizimidagi kattaligi bo‘yicha to’qqizinchi va og‘irligi bo‘yicha o’ninchi tabiiy yo’ldoshdir. Reya 1672-yil 23-dekabrda Jovanni Kassini tomonidan kashf etilgan. Kassini oʻzi kashf etgan Saturnning 4 ta yoʻldoshini Fransiya qiroli Lyudovik XIV sharafiga “Lyudovik yulduzlari” (lat. Sidera Lodoicea) deb atagan. Astronomlar uzoq vaqtgacha Reyani Saturnning beshinchi yo’ldoshi (Saturn V) deb atashgan. Tabiiy yo’ldoshning zamonaviy nomi Reya titanining sharafiga berilishini 1847-yilda Jon Xerschel tomonidan taklif qilingan edi. Uning g’oyasiga ko’ra, Saturnning yettita sun’iy yo’ldoshini o’sha paytda taniqli titanlar — Kronos (yunon mifologiyasidagi Saturnning analogi) ning aka-uka va opa-singillari nomi bilan atash lozim topilgan.23-dekabr — Saturnning yo‘ldoshi Reya kashf qilingan kun
DO`STLARGA ULASHING:
Saturndan olisligiga ko‘ra Saturnning yettita asosiy yo’ldoshi orasida beshinchi o’rinda turadi.
23-dekabr — Saturnning yo‘ldoshi Reya kashf qilingan kun