21-sentyabr Xalqaro tinchlik kuni to’liq malumot oling

Har yili 21-sentyabr kuni xalqaro jamiyatchilik — Xalqaro tinchlik kunini nishonlaydi. Tinchlik bu juda ham tengsiz ne’matdir. Ammo, notinchliklar hukm surayotgan ba’zi joylarda bu ertak misolidir. Ular yerto’lalarda, nostabillik va qo’rquvda yashamoqda. Aynan o’shalar uchun ham bu kun juda muhimdir. 1981-yilda BMTning General Assambleyasining 36/37 rezolyutsiyasiga ko’ra Xalqaro tinchlik kunini e’lon qilingan (International Day of Peace) va uni sentyabr oyining uchinchi seshanba kunida nishonlanishini tayinlagan. Bu bayramni nishonlanishidan maqsad, davlat ichida va o’zaro tinchlikni saqlashdan iborat. 20 yildan so’ng, 2001-yilda, General Assambleya bir ovozdan 55/282 rezolyutsiyasida 2002-yildan Xalqaro tinchlik kuni har yili 21-sentyabr kuni ommaviy zo’rlikka va qon to’kilishga qarshi kun deb e’lon qilgan. Shundan so’ng bu bayram millionlab insonlarni, shuningdek, jamiyat va yoshlar tashkilotlari kuchi bilan o’tkazilayotgan turli aksiya va tadbirlar o’tkazishga  jalb qildi. Chunki bu kun — insonlarni tinchlik haqida o’ylashga emas, balki, uning uchun hissa qo’shishga undaydi. BMT hamma xalqlar va insoniyatni Bu kunda har qanday harbiy harakatlarni to’xtatib, ijtimoiy informatsion aksiyalar o’tkazishga chaqiradilar. Shuningdek, Xalqaro tinchlik kunini nishonlashdan maqsad, ayrim toifali insonlarni tinchlikni saqlab qolish yo’lidagi qilinayotgan ishlarga nazar solishlarini, hamda bu yo’lda qilinayotgan hatti-harakatlarga ularni jalb qilishga qilingan intilishdan iboratdir. Shunday qilib, har yili BMTning shu kunga bag’ishlangan tantanali ochilish marosimi  Nyu-Yorkdagi BMTning shtab-kvartirasida Tinchlik Qo’ng’irog’i yonida BMT Bosh sekretarining murojaatidan so’ng qo’ng’iroqni chaladi va bir daqiqalik sukutdan so’ng, BMTning havfsizlik yig’ini raisi  nutq so’zlaydi. Yana bu bayram har yili ma’lum bir mavzuga bag’ishlangan bo’ladi. Shuning uchun bayram har yili; «Inson huquqlari va tinchlikni qo’llab-quvvatlash”, «Qurolsizlanish va tarqatmaslik”, «Yoshlar tinchlik va rivojlanish uchun”, «Tinchlik va demokratiya: o’zingni fikringni bildir”, «Chidamli dunyo barqaror kelajak uchun”, «Tinchlik ruhidagi ta’lim”, «Jahon xalqlarining huquqlari” va boshqalar nomi bilan atalgan. Oxirgi yillar davomida sodir bo’layotgan urushlar, terrorizm, harbiy chiqimlar, chuqur kelishmovchiliklar insonlarni Xalqaro tinchlik kunini qadrlashga chorlamoqda.
Mundarija скрыть

Muhim sanalar
21-sentyabr Xalqaro tinchlik kuni