21-iyun Finlyandiyada quyosh og’ishi kuni to’liq malumot oling
Yozgi quyosh turishi, yoki quyosh og’ishi, Finlyandiyada bu bayram juda ham keng nishonlanadi. 21-iyunda quyosh Tampere kengiligida 22 soat 40 daqiqa yoritadi. Quyosh botgan lahzadan boshlab tonggacha faqat 80 daqiqa o’tadi, shuning uchun umuman qorong’i bo’lmaydi. Natijada odamlar uxlashga yotmaydilar va butun mamlakatda bitta katta kechani uyushtirishadi. Yozning o’rtasi, yana shu yerda bu kunning boshkacha nomi — Yuxannes bayrami kuni, — sauna qabul qilishadi. Katta Gulxanlar yoqish hamma yomon va nokerak narsalardan qutulishadi usuli deb bilishadi. Finnlar bu kunda sosiskalarni gulxan atrofida pishirib iste`mol qilishadi. Ular sosiskalarni juda ham sevishadi, bu mahsulotni shuning uchun «finn sabzavoti» deb ataydilar. Yuxannes kuni mamlakat barcha aholisi shaharlardan o’rmonga, ko’llar va dengiz sohiliga otlanadi. Ko’llar soni bu yerda 200 mingdan ortiqroq, shu tufayli hammaga joy yetadi. Uyda qolganlar turar joylarini gullar va qayin shoxlari bilan bezatadilar. Shu bayram bilan bog’liq bo’lgan ko’p an’ana va,marosimlar majusiylik davriga xos, qachon shu kuni odamlar hosildorlik va yorug’lik bayramini nishonlashgan, kokko (alanga) esa ularning belgisi bo’lgan. Hosildorlik g’oyasini mujassam kilgan bayram tuylar uchun ommabop vaqt buldi: marosimga talabnomalar bir yil oldin beriladi. Kizlar Yuxannus kechasida yostiqning tagiga to’qqizta har xil gullardan o`t bilan to’qqiz marta bog’lab tuzilgan guldastani kuyishadi, tunda tushida bulajak turmush o’rtog’ini ko’rib qolish umidida bo’lishadi. Yuxannus yana Finlyandiya milliy bayrog’i kuni ham hisoblanadi.
Mundarija
скрыть
Muhim sanalar
21-iyun Finlyandiyada quyosh og’ishi kuni