21-Iyul — Inson qadami oyga yetgan tarixiy sana!

21-Iyul — Inson qadami oyga yetgan tarixiy sana!

21-Iyul — Inson qadami oyga yetgan tarixiy sana!

21 iyul inson qadami oyga yetgan tarixiy sana 660f06ad87a0fBugun 21-iyul — Insoniyatning tarixda ilk bora yerdan tashqaridagi osmon jismi — Oyga qadam bosgan kuni. 1969- yilning aynan shu kuni, 20:17:3921 iyul inson qadami oyga yetgan tarixiy sana 660f06ade9ad4 (UTC) da AQSHning Apollon-11 fazoviy kemasida astronavtlar Nil Armstrong hamda Edvin Oldrindan iborat ekipaj, oy modulini, tabiiy yo‘ldoshning g‘arbiy qismidagi «Sokinlik dengizi» hududida qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lishdi. Astronavtlar oy sirtida 21 soat 36 daqiqa df 21 soniya vaqt davomida bo‘lib, u joyga ilmiy tadqiqot asbob uskunalari hamda AQSH bayrog‘ini o‘rnatish ishlarini amalga oshirdilar. Oyga dastlabki qadamni qo‘ygan inson bu — Nil Armstrong edi. Ushbu tarixiy hodisa 21-iyul 02:56:15 UTCda amalga oshdi. 15 daqiqadan so‘ng oy yuzasiga ikkinchi astronavt Edvin Oldin ham qadam bosdi. Ular 21,55 kg oy tuprog‘idan namuna olib fazoviy stantsiyaga qaytish uchun tayyorlana boshladilar. Bu vaqtda fazoviy kemaning uchuvchisi Maykl Kollins ularni oy orbitasida kutib turdi. Mazkur tarixiy voqea insoniyatning ilm fan va texnika borasidagi eng buyuk muvvafaqiyatlaridan biri sifatida tarixning oltin sahifalaridan joy oldi. ta’kidlash joizki, mazkur fazoviy dastur alsilda ilmiy mohiyatdan ko‘ra siyosiy mafkuraviy maqsadlarni ko‘proq ko‘zlagan edi. Chunki, koinotga ilk parvozni amalga oshirga inson — Yuriy Gagarinning va sobiq ittifoqning muvaffaqiyatlari, kosmik tadqiqotlar borasida AQShni o‘ziga xos «poyga»da ortda qoldirayotgan edi. Shu tufayli mazkur dastur, Apollon-11 va oyga qadam g‘oyasi, prezident Kennedi tomonidan «milliy maqsad» sifatida e’tirof etilgan. Astronavtlar yerga qaytgach, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanishgan. Quyida ular oy sirtidan olib kelgan fotosuratlardan naminalarni havola etamiz.

 

21 iyul inson qadami oyga yetgan tarixiy sana 660f06ad87a0f

21 iyul inson qadami oyga yetgan tarixiy sana 660f06ae799b6

 

21 iyul inson qadami oyga yetgan tarixiy sana 660f06af5a417

21 iyul inson qadami oyga yetgan tarixiy sana 660f06b013503

21 iyul inson qadami oyga yetgan tarixiy sana 660f06b088d73

21 iyul inson qadami oyga yetgan tarixiy sana 660f06b101ed1


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Maqolalar
21-Iyul — Inson qadami oyga yetgan tarixiy sana!

Manba:orbita.uz