2023 yilda xalq ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

2023 yilda xalq ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
2023 yilda xalq talimi tizimida qanday ozgarishlar boladi 65ca8c855cbfe

1400 100 1971296205

2023 yilda xalq ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

DO`STLARGA ULASHING:

2023 yilda xalq ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Ma’lumki, kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’on qilindi. Unda 2023 yildagi eng ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinib, ikkinchi yo‘nalish sifatida ta’limni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Hususan, 2023 yil – “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi. Kelgusi yilda ta’lim tizimini isloh qilishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilandi:

— O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish Konstitutsiyada alohida belgilab qo‘yiladi;

— Ikki smenali maktablar yo‘q qilinadi. 2023 yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 ta maktab kengaytiriladi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelgusi besh yilda ularning soni mingtaga yetkaziladi;

— 2023 yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanadi;

— Kelgusi yildan boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;

— Kelgusi o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish Qoraqalpog‘iston va Xorazm kabi boshqa viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi va buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratiladi;

— 2023 yildan boshlab yangi dastur amalga oshiriladi. Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta’lim standartlari joriy etiladi. Kelgusi besh yilda barcha kollej va texnikumlar ushbu tizim bilan qamrab olinadi;

— Shu bilan birga, kimyo sanoati, elektr texnikasi, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinadi.

2023 yilda xalq ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?