2023 yilda 4 sinf matematika darsligiga qanday o‘zgarishlar kiritildi

2023 yilda 4 sinf matematika darsligiga qanday o‘zgarishlar kiritildi

1. “Maktabgacha ta’lim” va “Boshlang‘ich ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari matematika fani dasturlarini xorijiy ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirish.

4-sinf uchun 2020-2021-O’quv yili

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:

o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;

o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;

ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari

1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

matnni tushunib o‘qiy oladi;

og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi;

65 — 70 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;

xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila oladi;

do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi.

sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi;

matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi;

70 — 75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;

7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi.

1. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid):

ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi;

mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;

yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi;

gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi.

ONA TILI fanidan o‘quv

DASTURi (1-4 SINF)

UQTIRISH XATI

Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.

2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.

Savodga o‘rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni, ya’ni ikki o‘quv choragini qamrab oladi. Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‘ra matndan gap, gapdan so‘z, so‘zdan bo‘g‘in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‘g‘in > so‘z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.

“Alifbe” darsligida berilgan: yangi so‘zlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, o‘quvchilarni so‘z ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o‘qishga, o‘qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy o‘qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ona tili erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ona tili (1-4-sinf) mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Ona tilining fonetik tizimi:

nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);

bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘z va so‘z ma’nolari (lug‘aviy tahlil: bir ma’noli so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar);

So‘z tarkibi: asos va qo‘shimcha (turlovchi, tuslovchi va yasovchi), asoslarda tovush o‘zgarishi, asos va qo‘shimchalar imlosi;

So‘z ma’nosi: so‘zlarning ma’nosiga ko‘ra guruhlash: shaxs-narsalar nomini bildiruvchi so‘zlar, shaxs-narsalarning harakatini, belgisini, sanog‘ini va tartibini bildiruvchi so‘zlar, shaxs-narsaga ishorani ifodalovchi so‘zlar (shaxsga nisbatan kishilik olmoshi).

Gap, gapning fikr bildirishi, gapning maqsadga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq va his-hayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so‘roq, undov va h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) belgilar: vergul, qavs, ikki nuqta, ko‘p nuqta;

gapning gap bo‘laklariga ko‘ra tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo‘laklar (ega va kesim), gapning asosiy mazmunini to‘ldiruvchi bo‘laklar (ikkinchi darajali bo‘laklar – ularning turi va nomlaridan mustasno);

gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning uyushiq bo‘laklari, ularning o‘zaro bog‘lanishi (ohang, bog‘lovchi so‘zlar yordamida);

Undalma uning shaxsga qarab bilishi, undalmali gaplarda tinish belgisining ifodalanishi. Gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog nutq, bayon, kichik hikoya;

Husnixatga o‘rgatish. Husnixatga o‘rgatishning vazifasi harf, so‘z, gap va matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o‘rganish jarayonida o‘quvchi tovushning shakli bo‘lgan harfni, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan grafik kamchilik hamda xatolarini o‘qituvchi rahbarligida o‘zi tuzata olishi kerak. Bu davrda eshitib yozish ko‘nikmalari ham rivojlantirib boriladi. 1-sinfda o‘quv yilining 2-yarmidan boshlab husnixat malakalari takomillashtirib boriladi. Shuningdek, 2-4-sinflarda esa har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasi “Husnixat daqiqasi”ga ajratiladi.

1-4-sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” fanining sodda elementlari ona tili fani mazmuniga, ya’ni mavzular kesimida ham singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, 1-4-sinflarda ona tili fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste’dodni yanada kamol toptirish uchun ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturi kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturiga moslashtirildi. Bunda yillik o‘quv soatlari A1 bosqichda 608 soat bo‘lsa, A1+ bosqichida esa 680 soatni tashkil etadi. Jumladan, nutq o‘stirish va husnixat darslari uchun har bir sinflar kesimida 68 soatdan ajratilgan.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga ko‘ra, Ona tili fanini o‘qitish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida quyidagi tayanch kompetensiya elementlari shakllantirilib boriladi.

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

radiodan eshitgan, televizordan ko‘rgan lavhalarni tushunish va turli manbalardan kerakli ma’lumotlarni izlab topish hamda undan foydalana olish;

televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish;

darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish. A1+

media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash;

mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topish va namuna asosida so‘zlar tuzish;

rasmli kitoblar, jurnal va gazetalarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini muntazam oshirib borish;

kun tartibiga rioya qilish, uni to‘g‘ri tashkil etish va badantarbiya bilan shug‘ullanish;

kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarida o‘zini tuta bilish.

A1+ og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho berish;

o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1 maktabda, oilada va turar joylarida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar va h. k.) ishtirok etish;

o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;

davlat ramzlarini bilish, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsata olish;

maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar va h. k.) ishtirok etish hamda muomala madaniyatiga amal qilish;

sinfda va oilada o‘z o‘rnini bilish, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni anglay olish;

o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish;

sinfdagi jihozlar va o‘quv qurollarini asrab-avaylash.

A1+ jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga munosabat bildirish

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

A1 orasta kiyinish va gigienik talablarga amal qilish;

maktabning ichki qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilish;

yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;

milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash.

A1+ Vatanimizda mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlarni hamda tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1 sinfida va oilada necha nafar kishi borligini, sinf xonasi jihozlari va o‘quv qurollari sonini bilish;

Mamlakatimizda nishonlanadigan bayram kunlari sanalarini aniq aytish;

kundalik faoliyatida turli jadvallardan foydalanish;

ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi va h. k.) tejab foydalana olish;

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish, kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qish.

A1+ aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish.

Shuningdek, me`yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.

  1. TK1 – kommunikativ kompetensiya
  2. TK2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  3. TK3 – o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  4. TK4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  5. TK5 – milliy va umummadaniy kompetensiya
  6. TK6 – matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  1. FK1 – nutqiy kompetensiya
  2. FK2 – lingvistik kompetensiya

UQTIRISH XATI
Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflarda o‘qish fani o‘quvchilarni ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantiradi. O‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.

Boshlang‘ich sinflarida o‘qish fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish;

o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali o‘quvchilarning ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat.

O‘qish (1-4-sinf) fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:

o‘quvchilarning og‘zaki nutqi adabiy til me’yorlari asosida shakllanishi va rivojlanishini ta’minlash, nutqiy kompetensiyani o‘stirish;

yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me’yorlariga rioya etish, uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda dastlab tanish, keyin notanish matn ifodali o‘qitilib, o‘quvchidagi ko‘nikma, malaka aniqlanadi. Shuningdek, miqdoriy ko‘rsatkich – o‘qish tezligi, ongli va ravon o‘qish, bir daqiqada nechta so‘z o‘qiy olishi ham belgilanadi.

Bolaning matn mazmunini to‘liq o‘qib olishi, qayta hikoyalashi, shuningdek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi.

Mazkur dasturdan o‘rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o‘quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayoti va xalqimizning bunyodkorlik yo‘lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga yordam beradi.

1-sinfning o‘quv yili oxirida bolalar Vatan va uning tabiati, insoniy qadriyatlari haqida kichik-kichik asarlarni o‘qiydilar.

2-sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo‘lmagan Vatan, ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati, axloqiy munosabatlar haqidagi asarlar bilan tanishadilar.

3- va 4-sinflar o‘qish dasturida mavzular ko‘lami ancha kengayadi.

Bu sinflarda o‘qish darslarining kattagina qismi asarni o‘qish va matn ustida ishlashga qaratiladi.

Darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish, asarlarni janr mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo‘lib o‘qish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og‘zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Sinfdan tashqari o‘qish o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi. Sinfdan tashqari o‘qish mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‘limga ajratiladi:

Birinchi bosqichda o‘qish doirasi, ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi.

Ikkinchi bosqichda shu o‘quv materiallar asosida bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. O‘quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya’ni kitob ustida ishlash jarayonida egallaydilar. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsa, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadilar, so‘ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o‘tadilar.

O‘quvchilar milliy va jahon adabiyotlarini o‘qib, tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik haqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi. Ularga ongli munosabat bildirish hamda o‘zlaridagi axloqiy-ma’naviy fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. Mutolaa o‘quvchilarning og‘zaki hamda yozma nutqlari rivojlanadi. Bolaning matn mazmunini to‘liq uqib olishi qayta hikoyalashi, shuningdek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi malakalari hosil qilinadi.

1-4-sinflarda “Konstitutsiya alifbosi”, “Dinlar tarixidan umumiy tushunchalar”, “Iqtisod va soliq alifbosi”, “Salomatlik darslari”, “Tejamkorlik saboqlari” kabi fanlarning sodda elementlari o‘qish fani mazmuniga, ya’ni mavzular kesimida singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan. Shuning uchun amaliy-tajriba va sinov mashqlarida kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni yengillashtirish va samaradorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq hamda sodda algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay olishga bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim. Dasturda fanni chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 2-3-4-sinflar (A1+) uchun mavzularga ajratilgan soatlar va kompetensiya elementlari alohida ko‘rsatilgan.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid adabiy-nutqiy va badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarning shakllantirilishi ham belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda o‘qish fanidan quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

A1 mavjud axborot manbalaridan eshittirishlarni tinglab tushunib va gapirib bera olish;

o‘z yoshiga mos kitoblarni, gazeta va jurnallarni tanlay olish va kutubxonadan foydalana olish;

kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar (oddiy tabriknomalarni yoza olish) bilan ishlay olish.

A1+ axborot manbalardan (turli badiiy adabiyotlardan) oqilona foydalana olish va ulardan xulosa chiqarish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlay olish;

o‘z xatosini tushunib, tuzatishga harakat qilish;

turli janrdagi (ertak, masal, hikoya va she’rga doir) kitoblarni muntazam o‘qib-o‘rganib borish va bilimini oshirish;

yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish va yaxshi fazilatlarni o‘zida aks ettirish.

A1+ o‘zini nazorat qilish;

og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho berish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1 davlat ramzlarini bilish;

o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilishi va unga rioya qilish;

o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish.

A1+ sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

A1 orasta kiyinish, yurish turishda kattalardan o‘rnak olish;

milliy bayramlarni bilish;

odob-axloq qoidalariga rioya qilish.

A1+ o‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlash.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompentensiyasi:

A1 maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish;

tejamkorlikka rioya qilish;

kundalik rejalarini tuza olish.

A1+ ehtiyoji uchun kerak bo‘ladigan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi va h.k.) tejab foydalanish.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.

  1. TK1 – kommunikativ kompetensiya
  2. TK2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  3. TK3 – o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  4. TK4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  5. TK5 – milliy va umummadaniy kompetensiya
  6. TK6 – matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  1. FK1 – adabiy-nutqiy kompetensiya
  2. FK2 – badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi

3-§. MATEMATIKA FANI

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida Matematika fanini o‘rganish bosqichlari

Ta’lim bosqichi Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi
Umumiy o‘rta ta’lim Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1 Matematika fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi
Matematika fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari A1+ Matematika fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi

Matematika o‘quv fanining maqsad va vazifalari

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;

milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

O‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;

inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;

o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
Matematika o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya

berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;

sodda sonli ifodaning qiymatini og‘zaki va yozma hisoblay oladi;

sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha oladi;

tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va tasvirlay oladi;

ob’ektlarni xossalari bo‘yicha tartiblaydi va sodda kombinatsiyalar tuza oladi;

sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma’lumotlar kirita oladi, eng sodda diagrammalar shaklida tasvirlay oladi.

arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalarni yecha oladi;

bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalarni yecha oladi;

sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha oladi;

elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topadi, foydalana oladi.

2. Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)

ma’lum matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi, rost va yolg‘on tasdiqlarni farqlay oladi;

zarur hollarda sodda hisoblash vositalarini qo‘llay oladi;

o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi;

matematikani o‘rganish jarayonida o‘zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira oladi;

mustaqil ravishda o‘z bilimlarini mustahkamlay oladi.

o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi;

o‘qituvchi bilan hamkorlikda nostandart va qiziqarli masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi.

2023 yilda 4 sinf matematika darsligiga qanday o‘zgarishlar kiritildi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Maktabgacha ta’lim muassasalarida elementar matematika asoslarini o‘qitish sifatini oshirish

Bunda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limning elementar matematika asoslarini o‘qitish, tarbiyalanuvchilarda ilk matematik tasavvurni takllantirish bo‘yicha tizimli va keng qamrovli ishlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin shaxsan mas’ul etib hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ularning yoshiga muvofiq ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish.

1. Bolalarning elementar matematika to‘g‘risidagi tasavvurlarini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish.

2. O‘rganilgan xorijiy tajriba asosida elementar matematika bo‘yicha maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik qo‘llanmasini ishlab chiqish hamda ularni o‘zaro muvofiqlashtirish.

3. O‘quv-metodik majmua asosida bolalarning elementar matematika tasavvurlarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni tayanch maktabgacha ta’lim muassasalarida tajriba sinov tariqasida o‘tkazish.

4. Tajriba sinov natijalari bo‘yicha “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida elementar matematika bo‘yicha o‘quv dasturini va o‘quv-metodik qo‘llanma ishlab chiqish.

5. Elementar matematika bo‘yicha zamonaviy o‘quv didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, didaktik o‘yinlar, elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish.

6. Elementar matematika bo‘yicha o‘quv dasturi va o‘quv-metodik qo‘llanma asosida barcha maktabgacha ta’lim tashkilot larida ta’lim jarayonini tashkil qilish.

7. “Ilk qadam” va “Ilm yo‘li” o‘quv dasturlari doirasida elementar matematika bo‘yicha onlayn- mashg‘ulotlar bazasini yaratish va ommalashtirish.

8. Maktabgacha ta’lim tizimidagi malaka oshirish kurslarida mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchilarga bolalarning elementar matematika bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘rgatish.

2023-yil sentyabrdan boshlab

Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin),

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

II. Umumta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitish sifatini oshirish

Bunda, umumta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklarni sodda va tushunarli tilda tayyorlash, hududlarda matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini samarali tashkil etish va Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan yaqindan hamkorlikda yoshlarni xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi o‘rinlarda — Ixtisoslashtirilgan maktablar) moddiy-texnik bazasini yaxshilash.

1. Ixtisoslashtirilgan maktablar binolari, moddiy-texnik va o‘quv-metodik ta’minotining amaldagi holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazish.

2. Xatlov natijasi bo‘yicha:

Ixtisoslashtirilgan maktablarning bino-inshootlarini ta’mirlash, ularga qo‘shimcha bino qurish;

Ixtisoslashtirilgan maktablarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, kompyuter sinfi, masofaviy tarzda onlayn dars o‘tish asbob-uskunlari bilan jihozlash, o‘quv-metodik, shu jumladan elektron darslik va multimedia materiallari bilan ta’minlash;

Ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik va o‘quv-metodik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha hisob-kitob qilish va moliyalashtirish manbalari yuzasidan takliflar tayyorlash.

3. Tayyorlangan takliflarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Tahlil natijasida zarur deb hisoblangan qurilish-ta’mirlash ishlarini kelgusi yillar uchun shakllantiriladigan investitsiya dasturlariga kiritish chorasini ko‘rish.

5. “Zamonaviy maktab” dasturi talablari asosida Ixtisos?ashtirilgan maktablar zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash.

6. Ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik va o‘quv-metodik jihatdan ta’minlash ishlariga soha bo‘yicha ilg‘or xorijiy moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rish.

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Qo‘chqorov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Matematika fanidan dars berayotgan o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish.

1. Matematika fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish.

2. Malaka oshirish kurslariga akademiklar va oliy ta’lim muassasalarining matematika kafedrasi professor-o‘qituvchilarini jalb etish.

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),

Matematika instituti (Ayupov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov)

Matematika fanidan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy etish.

1. Matematika fanidan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlashtirish tizimiga qo‘yiladigan talablar, sertifikat sohiblariga imtiyoz berishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Davlat test markazi (Karimov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov)

Maktab o‘quvchilari orasida Al-Xorazmiy nomidagi respublika va hududiy olimpiadalarni o‘tkazish.

1. Al-Xorazmiy nomidagi respublika va hududiy fan olimpiadalarni o‘tkazish tartibini tasdiqlash hamda respublika komissiyasi va ishchi guruhlarni tuzish.

2. Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda olimpiada topshiriqlarini tayyorlash va olimpiadani ochiq va x?lis tarzda o‘tkazish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov)

Matematika fani o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, oddiy va tushunarli yozilgan ommabop darslik va o‘quv qo‘llanmalarni nashr etish.

1. Matematika fanining o‘quv dasturlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish.

2. Matematika fani bo‘yicha yangi va tushunarli tilda yozilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etish rejasini tasdiqlash.

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov)

Ixtisoslashtirilgan maktablarda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturlash tillariga o‘qitishni tashkil qilish hamda o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining IT-akademiyasida tahsil olishlari uchun yo‘llanma berish.

1. Ixtisoslashtirilgan maktablarni yuqori tezlikdagi internetga ulash.

2. Ixtisoslashtirilgan maktablarning 7 — 11 sinflari o‘quvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturlash tillariga o‘qitishni tashkil qilish.

3. O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining IT-akademiyasida tahsil olishlari uchun maxsus chegirmalar asosida yo‘llanma berish tizimini yaratish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Ustozlar kengashi”ni tashkil etish.

1. Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Ustozlar kengashi”ning tarkibini shakllantirish va nizomini ishlab chiqish.

2. Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Ustozlar kengashi”ni tashkil etish.

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

Oliy ta’lim muassasalari qoshidagi litsey (gimnaziya)lar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida joylashgan Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi faoliyatini tugatgan akademik litsey negizida Nukus davlat pedagogika institutining matematikaga ixtisoslashtirilgan maktabini tashkil etish choralarini ko‘rish.

2. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashgan gimnaziya faoliyatini qayta tiklash.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev)

III. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish

Bunda, iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida matematika fanlarining soatlar hajmini ko‘paytirish, yangi va ta’lim bozorida talabgor mutaxassisliklarni ochish hisobidan yoshlarni matematika ta’limi bilan qamrov darajasini oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov shaxsan mas’ul hisoblanadi.

3.1. Matematika yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash va o‘qitish sifatini oshirish

Yuqori malakali matematik kadrlarni grant asosida tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini oshirish.

1. Matematik kadrlarni grant asosida tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2. Matematika bo‘yicha qabul parametrlarini oshirish choralarini ko‘rish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Qo‘chqorov)

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida “Aktuar va moliyaviy matematika” magistratura mutaxassisligini ochish.

1. “Aktuar va moliyaviy matematika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish.

2. Talabalarni kadrlar buyurtmachilari tashkilotlarida doimiy amaliyot o‘tashlarini ta’minlash.

3. Bitiruvchilarning kadrlar buyurtmachi tashkilotlarida ishga joylashuvi yoki ilmiy-tadqiqotlarni davom etishlari uchun zarur choralar ko‘rish.

4. Malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari mazmunini Markaziy bank va Moliya vazirligi tavsiyalariga asosan shakllantirish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Markaziy bank (Nurmuratov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov)

Respublika sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari yechimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash.

1. Oliy ta’lim muassasalarida “Mexanika
va matematik modellashtirish”, “Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda “Moliyaviy matematika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish.

2. Tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga “muhandis-matematik” va “matematika-mexanika o‘qituvchisi” qo‘sh (dual) kvalifikatsiyalarini berishni yo‘lga qo‘yish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Qo‘chqorov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

Matematik ta’limda fanlararo integratsiyani ta’minlash.

1. Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining muayyan aniq sohalarda amaliy masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ta’lim dasturlarini fanlar (yo‘nalishlar)aro integrativ prinsip asosida ixtisoslashtirilgan tartibda ishlab chiqish va joriy etish.

2. “Matematik iqtisodiyot”, “Matematik biologiya”, “Matematik fizika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Iqtisodiy ta�aqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Qo‘chqorov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

Matematika sohasi bo‘yicha iqtidorli talabalarning bo‘sh vaqtlari mazmunli hamda samarali o‘tkazilishini tizimli yo‘lga qo‘yish.

1. O‘zbekiston milliy universiteti, Qoraqalpoq, Buxoro, Namangan, Samarqand va Urganch davlat universitetlarida matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni aniqlash.

2. Matematika sohasi bo‘yicha iqtidorli talabalar uchun xorijiy va respublika oliy ta’lim muassasalari talabalarini jalb etgan holda yozgi maktablarni tashkil etish va doimiy ravishda o‘tkazib borish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov), O‘zbekiston Matematika jamiyati (A’zamov)

Matematika fani o‘quv-metodik dasturi mazmun va mohiyatini sohalarga moslashtirish.

Muhandis-texnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida oliy matematika kursining o‘quv yuklama hajmlarini, o‘quv dasturi mazmunini sohalarning amaliy vazifalariga muvofiqlashtirib ishlab chiqish va joriy etish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar, Matematika instituti (Ayupov), O‘zbekiston Matematika jamiyati (A’zamov)

“Maktabgacha ta’lim” va “Boshlang‘ich ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari matematika fani dasturining bugungi kun talablari asosida qayta ishlab chiqish.

1. “Maktabgacha ta’lim” va “Boshlang‘ich ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari matematika fani dasturlarini xorijiy ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirish.

2. “Maktabgacha ta’lim” va “Boshlang‘ich ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari matematika fani dasturida asosiy e’tiborni mantiqiy fikrlash va o‘yinlar ko‘rinishidagi masalalarni yechishga qaratgan holda soddalashtirish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov), O‘zbekiston Matematika jamiyati (A’zamov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

Oliy matematika fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar hajmini oshirish.

1. Oliy ta’lim muassasalarida tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan o‘quv rejalarida “Oliy matematika” fanini to‘liq o‘zlashtirish uchun yangi “Sonlar nazariyasi”, “Matematik modellashtirish”, “Graflar nazariyasi” qismlarini kiritish.

2. 2020/2021 o‘quv yilidan “Oliy matematika” fani bo‘yicha o‘qish muddatini fandagi mavjud ayrim qismlar soatini ko‘paytirish hisobidan
2 semestrdan 4 semestrgacha oshirish.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

Matematika fani bo‘yicha o‘quv adabiyotlari (darsliklar)ni turli dasturlar va umumiy metodologik asosda hamda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari yordamida tushuntiruvchi real misollar, grafik materiallar asosida tayyorlash.

1. Muhandis-texnika, tabiiy fanlar, gumanitar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun matematika fanidan alohida universal darslik yaratishga tanlov va turli grantlar e’lon qilish.

2. Gumanitar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan matematika fani dasturlarini qayta ko‘rib chiqish
va soddalashtirish.

3. Matematika fani bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalari asosidagi animatsiyalar, grafik materiallar asosida o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr etish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining matematik fanlar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini iqtisodiyotning real sohasidagi texnologiyalarda, shuningdek, amaliy hamda ilmiy faoliyatda qo‘llay olishini ta’minlash.

1. Mutaxassislikka bevosita aloqasi bo‘lmagan fanlarni qisqartirish.

2 . Qisqartirilgan fanlar hisobidan muhandis-texnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida yangi “Kompyuterli matematik tizimlar” fanini kiritish.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

Respublika oliy ta’lim muassasalarini matematika sohasi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga matematika mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini to‘liq davlat granti asosida tasdiqlash.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Qo‘chqorov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), kadrlar iste’molchisi bo‘lgan tarmoq vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari

Matematika sohasida stajirovka tizimini yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida tashkil etish.

1. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganish.

2. O‘zbekiston milliy universiteti, Qoraqalpoq, Buxoro, Namangan, Samarqand va Urganch davlat universitetlarida respublika oliy ta’lim muassasalari matematika o‘qituvchilarining stajirovkalarini tashkil etish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Madjidov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

Matematika fani o‘qituvchilarining tayyorgarlik darajasi, dars berish mahorati va metodikasini bilish darajasini muntazam oshirib borish.

1. Matematika o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlarini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

mustaqil ishlashga o‘rgatish metodikasini kiritish;

multimedia va axborot texnologiyalarini dars mashg‘ulotlarida faol qo‘llashni o‘rgatish, amaliy mashg‘ulotlar salmog‘ini oshirish.

2. O‘quvchilarga maktab dasturi mavzularini mustaqil o‘rganishlari uchun elektron resurslar va dasturiy platformalar ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish sharoitlar yaratish.

2020-yil may — iyul

2020-yil iyun oyidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), O‘zbekiston matematika jamiyati (A’zamov), Matematika instituti (Ayupov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

Talabalarda tizimli tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Talabalarda tizimli tahlilni o‘z sohasi va hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tegishli fanlarning o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Madjidov) , Matematika instituti (Ayupov)

Kasb-hunar maktablarida matematika fani dasturini ishchi kasblarning xususiyatlarini hisobga olgan ishlab chiqish.

1. Matematika fanining umumiy o‘rta ta’lim tizimi bilan uzviyligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirib o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha kasb-hunar maktablari uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

2. Matematika fani o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish va o‘quvchilarning o‘zlashtirishinimonitoring qilish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

3.2. Matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish

Oliy ta’lim tizimida matematika ta’limi va fani (fundamental, amaliy va innovatsion) rivojlanishini tanqidiy tahlil qilish.

1. Oliy ta’lim tizimida matematika ta’limi va fani rivojlanishi holatini o‘rganish va tahliliy materiallar tayyorlash.

2. Tahliliy materiallar asosida 2020 — 2023-yillarda oliy ta’lim tizimida matematika fanini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va tizimli amalga oshirish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), O‘zbekiston Matematika instituti (Ayupov), O‘zbekiston matematika jamiyati (A’zamov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

Oliy ta’lim muassasalarida matematika ilmiy maktablarini shakllantirish va matematika kadrlarining ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Matematika fanini o‘qitishda dunyoda yuz berayotgan yangiliklar asosida fan dasturlari va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi hamda mavjud muammolarga tez va to‘g‘ri yechim topishga yordam beruvchi ilmiy maktablarni shakllantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekiston va xorijda faoliyat olib borayotgan olimlardan iborat Matematiklar kengashini tashkil etish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov), O‘zbekiston Matematika jamiyati (A’zamov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

Matematika sohasidagi ilmiy natijalar xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidagi ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi, xalqaro matematiklar ilmiy hamjamiyatiga yetkazilishi va ular tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash.

1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ta’lim va fan sohasidagi ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, natijalar xalqaro darajada e’tirof etilishiga erishish uchun sharoitlarni kengaytirish maqsadida dunyo universitetlari reytingini belgilovchi Times Higher Education (THE), Quacquarelli Symonds (QS), Academic Ranking of World Universities (ARWU) Shanxay reyting agentliklari hamda yirik ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish va ular bilan tuziladigan har birining miqdori 300 ming AQSh dollaridan oshmaydigan shartnomalarni istisno tariqasida davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida e’lon joylashtirmasdan va elektron savdolarsiz, tendersiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri rasmiylashtirish va to‘lovlarni vazirlikning Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirish huquqini berish.

2. Yoshlarni doktorantura va magistraturada tahsil olishlari imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi matematika sohasida alohida tanlovlarni tashkil qilish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Madjidov) , “El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar, Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilingan talabalarning ilmiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning ilmiy faoliyatga bo‘lgan motivatsiyasini rivojlantirish.

1. Oliy ta’lim muassasalarining matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan matematika bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari magistraturada matematika mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga davlat granti asosida qabul qilish.

2. O‘zbekiston Milliy Universiteti, Buxoro va Samarqand davlat universitetlarida umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman — viloyat (shahar) — oliy ta’lim muassasasi) matematika fani bo‘yicha olimpiada o‘tkazish va 1 — 3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni mazkur oliy ta’lim muassasalarining mablag‘lari hisobidan o‘qishga qabul qilish.

3. Matematika fani bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, matematika fani bo‘yicha talabalar uchun to‘garaklar olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga o‘quv yili davomida oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maoshlariga 25 foizi miqdorida ustama haq to‘lab berilishini ta’minlash.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

Moliya vazirligi (Ishmetov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)

Matematika fanini raqamli texnologiyalar asosida yoshlar o‘rtasida ommalashtirish.

Yoshlar o‘rtasida matematika faniga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning matematika sohasidagi iqtidorini rivojlantirish va metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida Internet tarmog‘ida “Yosh matematiklar portali”ni tashkil qilish va uning doimiy faoliyatini ta’minlash.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov)

IV. Matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish

Bunda, fizik-matematika yo‘nalishidagi ilmiy tashkilotlarda matematika ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy kadrlarni tayyorlash, stajor-tadqiqotchilik institutining samaradorligini ta’minlash va matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliy muammolar bilan bog‘liqligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Matematika sohasidagi olimlar va yosh tadqiqotchilarni xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash.

1. Olimlar va yosh tadqiqotchilarning xorijda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish xarajatlarini moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlar moliyalashtiriladigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash.

3. Tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq tadbirlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadqiqotchilarni jalb qilish uchun e’lon qilish.

4. Jamg‘armaning yillik xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtirishni amalga oshirish.

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Matematika instituti (Ayupov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Markaziy bank

(Nurmuratov) va tijorat banklari

Matematika institutining ilmiy va hisoblash asbob-uskunalarini xarid qilish dasturlarini amalga oshirish.

1. Ilmiy va hisoblash asbob-uskunalarini xarid qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish.

2. Takliflarni Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritish.

3. Xaridlarni amalga oshirish.

Har yili noyabr oyida

Har yili dekabr oyida

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov),

Markaziy bank (Nurmuratov)

Yirik ilmiy maktablar faoliyatini kengaytirish va ularning barqaror rivojlanishini ta’minlash.

1. Hududlarda Matematika instituti bo‘linmalarini tashkil qilish.

2. Tashkil etiladigan har bir bo‘linmaga matematika sohasidagi ilmiy maktab rahbari bo‘lgan akademikni biriktirish.

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

Prezident maktablarida akademiklar ma’ruzalarini muntazam ravishda tashkil qilish.

1. Matematika, fizika va texnika sohasidagi akademik va olimlarni Prezident maktablariga biriktirish.

2. Ma’ruzalar ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Ma’ruzalarni o‘tkazish.

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Boboxo‘jayev)

Matematika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish, ularning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlarining matematik yechimni talab etadigan muammolar va jarayonlarini modellashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish va ularni shakllantirish.

2. Muayyan muammo yechimiga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzularini ishlab chiqish.

3. Amaliy natijaga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov)

Ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibini joriy qilish.

1. Mavjud ilmiy tadqiqot muassasalari ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari va metodikasini ishlab chiqish.

3. Baholash metodikasi asosida Hukumatning tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish.

4. Ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyati samaradorligini baholash va reytingini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev)

Olimlarning “Noyabr o‘qishlari” akademik seminarlarini tashkil qilish.

1. Yil davomida yuqori natijalarga erishgan olimlar ruyxatini shakllantirish va ushbu ro‘yxatni akademiklik uchun nomzodlar zaxirasi sifatida Fanlar akademiyasi Prezidiumida tasdiqlash.

2. Nukus, Urganch, Samarqand, Navoiy, Farg‘ona shaharlarida ma’ruzalar va natijalarni muhokama qilish.

Har yili noyabr oyida

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov)

V. Matematika sohasida ta’lim olayotgan va ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash

Bunda, matematika sohasidagi ilmiy faoliyatni va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvini ta’minlash,ilmiy-taqiqot ishlarining natijalarini amaliyotga joriy etish uchun O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Matematika sohasida faoliyat yurituvchi yosh olimlar uchun ilmiy loyihalarni kengaytirish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlarining matematik yechimni talab etadigan muammolar va jarayonlarini modellashtirish bo‘yicha ehtiyojlari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarining mavzularini ishlab chiqish.

2. Amaliy natijaga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov)

Matematika ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik T.A. Sarimsoqov nomidagi stipendiyani joriy etish.

1. Jamg‘arma tomonidan stipendiyani belgilash tartibini ishlab chiqish va tanlov komissiyasi tarkibini Jamg‘arma Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash.

2. Tanlovni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash.

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov)

Iqtidorli yoshlarni Yoshlar akademiyasi faoliyatiga jalb etish.

1. Iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha bo‘lgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalarni saralash bo‘yicha tanlov e’lon qilish va o‘tkazish.

2. Iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yangilab borish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

Talabalarning matematika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini rag‘batlantirish.

1. Talabalar�ing xalqaro olimpiadalarda qatnashish xarajatlarini moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash.

2. Jamg‘arma mablag‘lari tomonidan ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar moliyalashtiriladigan xalqaro olimpiadalar ro‘yxatini tasdiqlash.

3. Tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq xalqaro olimpiadalarda qatnashmoqchi bo‘lganlarning buyurtmalarini qabul qilish.

4. Jamg‘armaning yillik xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtirishni amalga oshirish.

Olimpiada o‘tkazilishidan ikki oy avval

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Matematika instituti (Ayupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Markaziy bank

Yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan amaldagi va kelgusidagi talab asosida matematika bo‘yicha doktoranturaga qabul qilish parametrlarini shakllantirish tizimi bo‘yicha takliflar tayyorlash.

1. Doktoranturaga qabul qilish parametrlarini shakllantirish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

2. Doktoranturaga qabul kvotalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish.

3. Metodikani joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov)

VI. Matematika sohasida ta’lim va ilm-fan masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, matematika fani bo‘yicha erishgan yutuqlarimiz haqida dunyo hamjamiyatida keng targ‘ib qilish

Bunda, chet eldagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov shaxsan mas’ul hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti darajasini (keyingi o‘rinlarda — Mukofot) jahondagi matematika sohasidagi nufuzli mukofotlar darajasigacha ko‘tarish.

1. Mukofot bilan taqdirlash tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Mukofot ta’sis etilganligi haqida Xalqaro matematiklar jamiyatini xabardor qilish va uni targ‘ib etish bo‘yicha hamkorlikdagi amaliy ishlarni kelishish.

3. Mukofot bo‘yicha talabgorlarni aniqlash va taqdirlash.

4. Mukofotning ilk sovrindorlari bo‘yicha Xalqaro matematiklar jamiyati va xalqaro miqyosdagi keng jamoatchilikni xabardor qilish

2020-yil yakuniga qadar

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), O‘zbekiston matematika jamiyati (A’zamov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

O‘zbekiston matematika jamiyatining xalqaro aloqalarini kengaytirish va Xalqaro matematiklar jamiyatiga to‘laqonli a’zo bo‘lishini ta’minlash.

1. O‘zbekiston matematika jamiyatining Xalqaro matematiklar jamiyati yig‘ilishlarida doimiy va faol ishtirok etish.

2. O‘zbekiston matematika jamiyatining Xalqaro matematiklar jamiyatiga to‘laqonli a’zo bo‘lishini ta’minlash.

3. O‘zbekiston matematika jamiyatini Xalqaro matematiklar jamiyatiga to‘laqonli a’zo bo‘lish bilan bog‘liq a’zolik badallarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lash.

A’zolikka qabul qilingandan so‘ng bir oy muddatda

O‘zbekiston matematika jamiyati (A’zamov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Matematika instituti (Ayupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

Umumta’lim maktablari, shu jumladan Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash.

1. Matematika fani bo‘yicha mahalliy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash uchun doimiy yangi nazorat materiallarini ishlab chiqish.

3. Mahalliy olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan hamda matematikaga qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash hamda ishtirokini ta’minlash.

4. Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilarini o‘rnatilgan tartibda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash.

5. Matematika fani bo‘yicha respublika olimpiadasi g‘oliblariga davlat oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli kirish huquqini taqdim etuvchi sertifikat berish.

Har o‘quv
yilida

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

Qoraqalpog‘iston Respublikasida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadanio‘tkazish.

1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalqaro olimpiadani o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlash va tasdiqlash uchun Vazirlar mahkamasiga kiritish.

2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada haqidagi to‘liq ma’lumotlarni aks ettiruvchi veb-sayt yaratish.

3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadani yuqori saviyada o‘tkazish.

4. Olimpiada tadbirlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (Ne’matov), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), matematika instituti (Ayupov), O‘zA (Kuchimov), MTRK (Xodjayev), Matbuot va axborot agentligi (Saidjanov)

Talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida “Algoritmlash va dasturlash” olimpiadasini o‘tkazish va uni tashkil qilish uchun elektron platforma ishlab chiqish.

1. Olimpiadani o‘tkazish bo‘yicha elektron platformani ishlab chiqish.

2. “Algoritmlash va dasturlash” olimpiadasini o‘tkazish tartibi va muddatlarini belgilash.

3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablarining bitiruvchilari orasidan olimpiadaga qatnashuvchilar ro‘yxatlarini shakllantirish va o‘tkazish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), Matematika instituti (Ayupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov)

Qiziqarli malumotlar
2023 yilda 4 sinf matematika darsligiga qanday o‘zgarishlar kiritildi