2023 yil — «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilindi to’liq malumot oling
Shavkat Mirziyoyev 2023 yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilishni taklif etdi. Taklif yig‘ilganlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
«Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!
Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak.
Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz ko‘targan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz.
Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol bo‘lishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini so‘rayman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Boshqa mavzular
2023 yil — «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilindi