2022-2023 uchun OTMga qabul kvotalari soni e’lon qilindi to’liq malumot oling
Prezidentning «2022-2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab:
— oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ta’limning masofaviy shakli joriy etiladi;
— davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘liq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
— abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15 iyunidan 15 iyuliga qadar (15 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 15 iyunidan 5 iyuliga qadar (5 iyul kuni ham) amalga oshirish;
test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi;
Qayd etilishicha, 2022-2023 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:
a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;
kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;
masofaviy ta’lim shakliga — 3 610 nafar;
b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar;
v) xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 100 nafar etib tasdiqlash belgilanmoqda.
Boshqa mavzular
2022-2023 uchun OTMga qabul kvotalari soni e’lon qilindi