2021 yil nima yili muchal to’liq malumot oling
Muchal yil hisobi haqida
Mundarija
скрыть
Muchal 12 hayvon nomi bilan ataladigan yil hisobi bo’lib, qadimda yaponlar, koreyaliklar, mo’g’ullar, xitoylar va turk xalqlari ko’p asrlar davomida shu hisobga amal qilganlar. 12 muchal yili haqida Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek asarlarida ham ma’lumotlar bor.
Muchal kalendari 22-martdan boshlanadi. Yanvar, fevral va 21 martgacha bo’lgan davr oldingi muchal yili hisobiga kiradi.
Odam yoshini muchal yil bilan hisoblaganda hisobga yana hir yil qo’shiladi. Odam yoshi ona qornidaligidan boshlab hisoblanadi.
O’n ikki yillik muchal kalendari quyidagi tartibda hisoblanadi: birinchi yil — sichqon (mush), ikkinchi yil — sigir (baqar), uchinchi yil — yo’lbars (palang), to’rtinchi yil — quyon (xargush), beshinchi yil — baliq (nahang), oltinchi yil — ilon (mor), yettinchi yil — ot (asp), sakkizinchi yil — qo’y (go’sfand), to’qqizincbl yil — maymun (hamduna), o’ninchi yil — tovuq (murg’), o’n birinchi yil — it (sak) va o’n ikkinchi yil — to’ng’iz (ho’k).
Muchal yil oylari osmondagi o’n ikki yulduz turkumi — o’n ikki burj nomi bilan ataladi. Birinchi oy — hamal, ikkinchi oy — savr, uchinchi oy — javzo, to’rtinchi oy — saraton, beshinchi oy — asad, oltinchi oy — sunbula, yettinchi oy — mezon, sakkizinchi oy — aqrab, to’qqizinchi oy — qavs, o’ninchi oy — jaddiy, o’n birinchi oy — dalv va o’n ikkinchi oy — hut.
Muchal va milodiy yillar nisbati
Muchal yili |
Milodiy yillar |
|||||||||||
Sichqon |
1936 |
1948 |
1960 |
1972 |
1984 |
1996 |
2008 |
2020 |
2032 |
2044 |
2056 |
2068 |
Sigir |
1937 |
1949 |
1961 |
1973 |
1985 |
1997 |
2009 |
2021 |
2033 |
2045 |
2057 |
2069 |
Yo’lbars |
1938 |
1950 |
1962 |
1974 |
1986 |
1998 |
2010 |
2022 |
2034 |
2046 |
2058 |
2070 |
Quyon |
1939 |
1951 |
1963 |
1975 |
1987 |
1999 |
2011 |
2023 |
2035 |
2047 |
2059 |
2071 |
Baliq |
1940 |
1952 |
1964 |
1976 |
1988 |
2000 |
2012 |
2024 |
2036 |
2048 |
2060 |
2072 |
Ilon |
1941 |
1953 |
1965 |
1977 |
1989 |
2001 |
2013 |
2025 |
2037 |
2049 |
2061 |
2073 |
Ot |
1942 |
1954 |
1966 |
1978 |
1990 |
2002 |
2014 |
2026 |
2038 |
2050 |
2062 |
2074 |
Qo’y |
1943 |
1955 |
1967 |
1979 |
1991 |
2003 |
2015 |
2027 |
2039 |
2051 |
2063 |
2075 |
Maymun |
1944 |
1956 |
1968 |
1980 |
1992 |
2004 |
2016 |
2028 |
2040 |
2052 |
2064 |
2076 |
Tovuq |
1945 |
1957 |
1969 |
1981 |
1993 |
2005 |
2017 |
2029 |
2041 |
2053 |
2065 |
2077 |
It |
1946 |
1958 |
1970 |
1982 |
1994 |
2006 |
2018 |
2030 |
2042 |
2054 |
2066 |
2078 |
To’ng’iz |
1947 |
1959 |
1971 |
1983 |
1995 |
2007 |
2019 |
2031 |
2043 |
2055 |
2067 |
2079 |
I z o h: Muchal yili — 21-martdan kelgusi yilning 20-martigacha.
BurjlarAlgoritm: Yilning muchalini topish uchun 4 ni ayirib 12 ga bo’linadi. Qoldiqqa qo’shilsa, muchal raqami chiqadi.
T.r |
Arabcha atalishi |
o’zbekcha atalishi |
Burj belgisi |
Hozirgi hisobda |
O’zbekcha maqollari |
1. |
Hamal |
Qo’y |
21-mart — 21-aprel |
Hamal kirdi — amal kirdi |
|
2. |
Savr |
Sigir |
22-aprel — 21-may |
Savrning sanog’ida qishning yog’ini bor. Savr — ekinga davr |
|
3. |
Javzo |
Egizak qiz |
22-may — 22-iyun |
Javzoning yarmida suv tagida arpa pishar |
|
4. |
Saraton |
Qisqichbaqa |
23-iyun — 22-iyul |
Saratonda suv qo’y, asadda tek qo’y |
|
5. |
Asad |
Arslon |
23-iyul — 22-avgust |
Asad — ekiningni yasat. Asadda oralab ye, sunbulada — saralab |
|
6. |
Sunbula |
Boshoq |
23-avgust — 23-sentabr |
Sunbulada suv sovir, mezonda — kun |
|
7. |
Mezon |
Tarozi |
24-sentabr — 22-oktabr |
Hamaldan so’ng qish kutma, mezondan so’ng — yoz |
|
8. |
Aqrab |
Chayon |
23-oktabr — 22-noyabr |
Aqrab kelar hayqirib, ayozini chaqirib |
|
9. |
Qavs |
Yoy |
23-noyabr — 22-dekabr |
Qavsda ekkuncha, qovurmoch qil |
|
10. |
Jaddiy |
Tog’ echkisi |
23-dekabr — 22-yanvar |
Jaddiyda yilingni cho’t qil, yangi rejangni but qil |
|
11. |
Dalv |
Qovg’a |
23-yanvar — 21-fevral |
Dalv keldi — dehqonga gal keldi |
|
12. |
Hut |
Baliq |
22-fevral — 21-mart |
Yaxshi kelsa hut, xurma-xurma sut, Yomon kelsa hut, keragida put |
Psixologiya
2021 yil nima yili muchal