2021-yil 15-iyuldan talabalar o‘qishini ko‘chirishning quyidagi tartibi joriy etiladi: to’liq malumot oling
⚡️2021-yil 15-iyuldan talabalar o‘qishini ko‘chirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
— O‘qishni xorijiy davlatlardagi (xalqaro 1 000 talik ro‘yxatga kirgan) oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh yo‘nalishlariga ko‘chirishda:
— alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha test o‘tkaziladi;
— test va kasbiy imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari joriy yil 25-iyulgacha, keyinchalik har yili 15-iyulgacha belgilanadi hamda OAVda e’lon qilinadi;
— o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
— test va kasbiy imtihonlar natijalari DTM hamda OTMning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi;
— o‘qishni xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
Talaba
2021-yil 15-iyuldan talabalar o‘qishini ko‘chirishning quyidagi tartibi joriy etiladi: