2020-2021 DTM Test natijalarini qanday bilish mumkin? to’liq malumot oling
Kecha test topshirgan 100 mingdan ortiq abituriyentlar intiqlik bilan o‘z natijalarini kutishmoqda.
Chunki qoidaga ko‘ra, abituriyent to‘plagan ball xuddi o‘tgan yildagidek test topshirilgan kunning ertasiga e’lon qilinadi. O‘qishga kirgan yoki kirmaganligi esa barcha test sinovlari yakunlangandan keyin chiqadi.
Xushnudbek Xudoyberdiyev test natijalarini qanday bilish mumkinligini izohlab berdi.
Ko‘pchilik abituriyentlar o‘z natijasini qayerdan bilish mumkinligini so‘rashmoqda. Bu juda oson.
Abituriyent ruxsatnomasining pastki o‘ng burchagida QR kod bor. Ana o‘sha QR kod ostiga maxsus havola (link) yashiringan bo‘ladi. O‘sha havola ochilsa, abituriyentning test natijasi ko‘rinadi.
QR kodni qanday o‘qish mumkin?
1️⃣ Hozirgi zamonaviy smartfonlarning deyarli barchasida QR kodni o‘qish uchun telefon kamerasining o‘zi kifoya qiladi. Alohida qanaqadir programma o‘rnatish shartmas. Shunchaki telefon kamerasini yoqing va abituriyent ruxsatnomasining pastki qismidagi QR kod ustiga kamerani olib boring. Shunda telefon ekranida yozuv paydo bo‘ladi va abitur.dtm.uz saytidagi maxsus uzun havola chiqib keladi. O‘sha havolani brauzer orqali ochsangiz, natijangizni ko‘rish mumkin bo‘ladi.
2️⃣ Agar mabodo telefoningiz kamerasini QR kod ustiga olib borganingizda ekranda hech qanday o‘zgarish bo‘lmasa, unda QR kod o‘qiydigan maxsus ilova yuklab olishingiz kerak bo‘ladi. Masalan, mana dasturni yuklab olishingiz mumkin:
https://play.google.com/store/apps/details?id=tw.mobileapp.qrcode.banner&hl=en_US
Davlat Xizmatlari
2020-2021 DTM Test natijalarini qanday bilish mumkin?