2019 — yilda dasturlashni o’rganing
Maqolaga kirishishdan oldin bir narsa haqida ta’kidlab o’tishni xohlardim. Siz web yoki mobile dasturlashni o’rganishni boshlashingizdan oldin, albatta bozorni yaxshilab o’rganib olishingiz kerak.
Masalan, O’zbekiston bozorida hozir albatta Java, PHP, JavaScript va endi kirib kelayotgan Python bozori chaqqon tillar jumlasidandir.
Siz agar 2019-yilda dasturlashni o’rganishni boshlagan bo’lsangiz, yoki endi boshlamoqchi bo’lsangiz albatta bozorni o’rganing. Qanday qilib bozorni o’rganish mumkin? Ustoz Shogird telegram kanali yoki Facebookdagi Tashkent developers : Jobs guruhiga a’zo bo’lib, qo’yiladigan postlardan o’zingiz analiz qilishingiz mumkin. Yoki bo’lmasam, katta dasturchilardan maslahat olishingiz kerak.
Asosiy qismga o’tsak
Siz 2019 — yilda dasturchi bo’lib ishga kirmoqchisiz, va qaysi texnologiyalarni birinchi bo’lib o’rganishingiz kerak. Shular haqida qisqacha gaplashamiz.
1 — JavaScript:
JavaScript yaqin yillarda shunchalik rivojlandiki, unda web, mobile,AI(sun’iy intelektual), o’yinlar ham tuzish mumkin. Siz agar dasturlashni endi boshlayotgan bo’lsangiz, JavaScript haqida o’ylab ko’ring, maslahatlashing.
Node.js JavaScript bilan siz full stack loyiha qilishingiz mumkin. Full stack loyiha bu, hamma funksiyalarga ega mukammal loyiha.
React.js, React Native, Elektron bilan siz, web app, mobil app va hatto Virtual reality (VR) dasturlar ham tuza olasiz.
Siz o’zingiz develop qilgan Robotlarni ham Johnny Fife bilan boshqara olasiz.
Eng muhimi JavaScript community(kamuniti) juda katta, siz xohlagan savollaringizga tezda javob olishingiz mumkin.
Demak JavaScript reklamasi yetarlicha bo’ldi.
6 — oyda Web dasturlashni o’rganish Roadmap, planini chizamiz.
1 — Oy
- Web, internet qanday ishlaydi? Qanday qilib o’zimni websitimni yarata olaman. Shu savollarga javob topamiz. Agarda siz Ingliz tilini bilsangiz ishingiz osonlashadi.
- Boshlang’ich Command Line ni o’rganamiz. Quyidagi havolada oson o’rganish mumkin, havola.
- Boshlang’ich HTML,CSSni o’rganish muhim . Havola yaxshi darslik. Yoki siz o’zbek tilida ham HTML, CSS ga asoslangan darsliklarni topishingiz mumkin. Youtube sizning yordamchingiz.
- Boshlang’ich Bootstrap — CSS frameworkini o’rganishingiz talab qilinadi.
- Boshlang’ich Flexbox, va CSS Gridlarni o’rganishingiz foydaliki, zarar qilmaydi. FreeCodeCamp haqida eshitganmisiz? Unda sinab ko’ring. FreeCodeCamp Ingliz tilida tuzilgan programming o’rganish platformasi, barchasi bepul. Rus va boshqa tillarga ham tarjima qilinyabti, yaqin kunlarda e’lon qilinsa kerak.
Juda Muhim:
Hech qachon barcha ma’lumotlarni, kodlarni yodlab olishga harakat qilib ko’p vaqtingizni yo’qotmang. Ulardan qanday foydalanishni o’rganib olib xohlagan paytingiz dakumentatsiyasiga qaytishingiz va qanday foydalanishni ko’rishingiz, loyihangizda qo’llashingiz mumkin. Sizdan faqat boshlang’ich bilim, ko’nikmani egallash talab qilinadi. Vaqt o’tgan sayin, haqiqiy loyihalarda o’rgangan bilimlarni mustahkamlashingiz mumkin.
Bitta texnologiyani zo’r qilib keyin boshqasiga o’taman, deb 4–5 oyingizni HTML, CSSni o’rganaman deb vaqtingizni zoye qilmang(agar siz verstka yo’nalishida ketmoqchi bo’lmasangiz albatta).
E’tibor bersangiz men faqat boshlangich bilimlarni egallang deyapman, xavotirga tushmang. Dasturchilarda ko’p uchraydigan hissiyot bu depressiya. Men hech narsa o’rgana olmayabman, hatto tuzukroq bir navigation bar, yoki Contact Form ham qila olmayabman, deb ko’p siqilishlar bo’lishi mumkin. Ishoning, bu hammada bo’ladi, hozirda Senior dasturchilardan ham so’rasangiz shunday xissiyotlar ularni ham boshidan o’tgani haqida so’zlab berishadi.
Siz mukammal bilimlarni egallashingiz keyingi oylar rejasiga kiritiladi. Hozircha boshlangich bilim bilan kifoyalaning. Boshlang’ich tamal toshini qo’ysangiz, poydevorni tiklasangiz, binoni yillar davomida tiklab borasiz.
2 — Oy: JavaScript
- Boshlang’ich JavaScript, JavaScript qanday ishlaydi? Ba’zi oddiy loyihalarda JavaScript qo’llanishi, shular haqida o’rganing. Juda ham foydali bir web sahifa bor Zamonaviy JavaScript, ruslar qilishgan juda foydali, ingliz tiliga ham tarjima qilingan.
- DOM (Document Object Model)ni o’rganing, juda ham ko’p kurslar mavjud, boshlanishiga faqat bitta websahifani tavsiya qila olaman.
2-oyda shular bilan cheklanib qolamiz. Va uchinchi oyda ham JavaScriptni davom ettiramiz.
3 — Oy: Intermidiate JavaScript va GIT/GitHub
- ES5, ES6, ES7, ES8 va ES9 haqida tanishib chiqing. Bunga bitta website va kursni tavsiya qilishim mumkin, u ham ingliz tilida.
- Git va GitHubda ishlashni o’rganing, bu orqali siz har bir JavaScript loyihangizni Portfolio o’rnida Github sahifangizga rep ostida qo’yib borasiz. Kelajakda ish beruvchiga o’z qilgan ishlaringizni ko’rsata olasiz.
4 — oy: JavaScript, NPM + va loyihalar.
Bilasizki, mashg’ulotsiz, amaliyotsiz natijaga erishish qiyin. 4 oyni loyihalar oyi deb olsak, WesBosni 30ta JavaScript lohiasini tugating. Yoki boshqa JavScript loyihalarni GitHubdan ko’chirib olib, uni qaytib yozib chiqing.
Masalan, githubdan bir yaxshi JavaScriptda yozilgan loyihani olingda, kodlarini ko’rib tushunishga va qo’llagan usuliga e’tibor bering.
- Murakkablashgan JavaScript kursini tavisiya qila olaman.
- NPM ni o’rganishingiz sizga ko’p imkonlarni beradi. NPM nega muhim? Shu savolga ham o’zingiz javob topishingiz kerak.
- Mozila Dev saytidan foydalaning reference uchun.
- Practice, Practice , Practice. Loyihalar ustida ishlashingiz kerak, va barcha lohilarni Githubga joylashtirib boring. Kichik lohiyalardan boshlab murakkablarigacha Githubga joylashtiring.
5 — Oy: JavaScript kutubxonalari
- React.js, shaxsan men React bilan ishlashni yoqtiraman. React.js juda qulay va oson.
- Reactni o’rganing, React.jsda Youtube yoki Udemyda yaxshi kurslar bor, reviewlariga qarab kursni tanlab olishingiz kerak.
- React.jsda 5–6 ta ko’zga ko’rinadigan loyihalar qiling. Porfolio juda muhim.
- Loyihalarni Deploy qilishni o’rganing, Heroku, Netlify yoki GitHubda
5-oyni faqat React o’rganishga bersangiz ham yutqazmagan bo’lasiz.
6 — oy
Nihoyat oxirgi oyga ham yetib keldik. Bu oyda hali ham ko’p qo’lingiz programming bilan kelishmagan bo’lsa, xavotir olmang. Hammada shunaqa bo’ladi. Bu bosqichda siz Advanced, murakkabroq bo’lgan texnologiyalarni o’rganishingiz kerak, va albatta boshlang’ich bilimlarni o’zlashtiring.
- HTTP, JSON va AJAX larni o’rganing, ular bilan qanday qilib server bilan muomala qilishni bilib olasiz.
- API server bilan ishlashni o’rganing.
- Node.js, Express.js ni o’rganing
- RESTful API bilan ishlashni o’rganing.
- Boshlang’ich database bilan ishlashni o’rganish foydadan holi emas.
Unutmang, tepadaga aytilgan texnologiyalar front end qismga kirish bo’ladi. Web yo’nalishida ketmoqchi bo’lganlar uchun foydali bo’ladi.
Asosiysi siz maqsadni to’g’ri qo’yib, REJAni to’g’ri chizib bilishingiz kerak. Dasturchi rejasiz hech nimaga erisha olmaydi. Reja bu juda muhim asosdir.
Sanab o’tilgan texnologiyalarning 20% mening 80% natijam uchum asosdir
Bu nima degani, sizni hali ham qo’lingiz kelishmayotgandir. Hali ham qiynalayotgan bo’lishingiz mumkin. Endi ish qidirishni boshlasangiz bo’ladi. Team bilan ishlab siz o’zingiz xohlagandek dasturchi bo’lishingiz mumkin.
Ustoz-shogird yoki boshqa joylarda e’lonlarni kuzatib boring, Junior dasturchilarni qabul qiladigan tashkilotlarga RESUMEni junating, Github va barcha loyihalaringizni Resumega yozing. Ishingizni ko’rsating, va dasturchi bo’lib 2019 -2020— yilda ishga kiring.
Dasturchi bo’lib ishga kirsangiz, agarda bizni ham bu yo’lda ozroq hissamiz bo’lgan bo’lsa, bizni Duolarda eslab qo’ysangiz shuning o’zi yetadi.
Internetdan va havoladagi maqoladan ilhomlanib yozildi.
Manba:
Ta‘lim
2019 — yilda dasturlashni o’rganing