2019-2020 o quv yili imtihonlari uchun tasdiqlangan darsliklar ro yxatini yuklab oling

2019-2020 o quv yili imtihonlari uchun tasdiqlangan darsliklar ro yxatini yuklab oling

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, birinchi sinfda o‘qishni boshlaydigan o‘quvchilarning har biriga 12 turdagi o‘quv qurollari va o‘quvchilik portfeli tayyorlab qo‘yilgan. 1-sinfga kelayotgan o‘quvchilar har yili yangidan nashr etiladigan 12 nomdagi darsliklar bilan ham ta’minlanadi.

10-sinf uchun 12 fandan yangi darsliklar tayyorlandi

Joriy yilda umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qadam qo‘yadigan bolalar uchun o‘quv darsliklari 7 tilda tayyorlanib, ta’lim muassasalariga yetkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov KUN.UZ’ga ma’lum qildi.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, birinchi sinfda o‘qishni boshlaydigan o‘quvchilarning har biriga 12 turdagi o‘quv qurollari va o‘quvchilik portfeli tayyorlab qo‘yilgan. 1-sinfga kelayotgan o‘quvchilar har yili yangidan nashr etiladigan 12 nomdagi darsliklar bilan ham ta’minlanadi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab, umumta’lim maktablarida o‘quvchilar 10 sinflarda o‘qishni davom ettirishadi. Ularning ta’lim olishi uchun 10 sinfning 12 fani bo‘yicha tuzilgan yangi o‘quv reja va dasturlar asosida darsliklar tayyorlangan.

Qolaversa, farzandi maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan ota-onalarga davlat byudjyeti hisobidan 7 turdagi kitoblar beriladi. Ota-onalar bu kitoblar orqali farzandlarini maktabga mustaqil o‘zlari tayyorlashadi.

2019-2020 o’quv yili imtihonlari uchun tasdiqlangan darsliklar ro’yxatini yuklab oling

Davlat test markazi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2019/2020 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarini topshiradigan abituriyentlar tomonidan qabul test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun qaysi darsliklardan foydalanish zarurligi haqida koʻplab savollar tushmoqda.

Ushbu savol boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilindi:

-2019/2020 oʻquv yili oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga kirish qabul test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari tomonidan tavsiya etilgan darsliklardan foydalanish mumkin.

– Test topshiriqlari amaldagi tartibga binoan (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-sonli qarorining 8-bandi) “umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi”.

– Joriy yilda test sinovlariga tayyorgarlik koʻrishda foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar bilan birgalikda oʻquv dasturlarida oʻrganish nazarda tutilgan ayrim badiiy adabiyotlar keltirilgan. Test topshiriqlari ham ushbu badiiy adabiyotlardan tuziladi, mazkur adabiyotlarni toʻliq oʻqib chiqish tavsiya etiladi (DTMning saytida darsliklar roʻyxatining past qismida izoh berilgan).

Qaysi darsliklardan foydalanish xususida:

Quyidagi turdagi darsliklar mavjud:

– Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etilgan darsliklar;

– 10-sinf va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlimi muassasalari oʻquvchilari uchun tavsiya etilgan darsliklar, 11-sinf va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari uchun tavsiya etilgan darsliklar.

Boʻlajak abituriyentlar oʻzi oʻqiydigan (yoki bitirgan) taʼlim muassasasi uchun tavsiya etilgan darsliklarni oʻqish zarur, boshqa taʼlim turi yoki taʼlim muassasalari uchun tavsiya etilgan darsliklarni oʻqish talab etilmaydi.

Test topshiriqlari tegishli taʼlim muassasalari uchun tavsiya etilgan oʻquv dasturlari asosida tuziladi. Abituriyentlar uchun savollar kitobini shakllantirishda ular bitirgan taʼlim muassasa turi, ushbu turdagi taʼlim muassasalarida foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar inobatga olinadi.

2019-2020 oʻquv yiliga oʻtkaziladigan qabul test sinovi uchun test topshiriqlari tuziladigan darsliklar roʻyxati:

Fan Til Yuklab olish
Biologiya Qoraqalpoq Yuklab olish
Biologiya O‘zbek Yuklab olish
Biologiya Rus Yuklab olish
Fizika Qoraqalpoq Yuklab olish
Fizika O‘zbek Yuklab olish
Fizika Rus Yuklab olish
Fransuz tili Fransuz Yuklab olish
Geografiya Qoraqalpoq Yuklab olish
Geografiya O‘zbek Yuklab olish
Geografiya Rus Yuklab olish
Informatika Qoraqalpoq Yuklab olish
Informatika O‘zbek Yuklab olish
Informatika Rus Yuklab olish
Ingliz tili Inglizcha Yuklab olish
Kimyo Qoraqalpoq Yuklab olish
Kimyo O‘zbek Yuklab olish
Kimyo Rus Yuklab olish
Matematika Qoraqalpoq Yuklab olish
Matematika O‘zbek Yuklab olish
Matematika Rus Yuklab olish
Nemis tili Nemis Yuklab olish
Ona tili O‘zbek Yuklab olish
Qoraqalpoq tili Qoraqalpoq Yuklab olish
Rus tili Rus Yuklab olish
Tarix Qoraqalpoq Yuklab olish
Tarix Rus Yuklab olish
Tarix O‘zbek Yuklab olish

Qiziqarli malumotlar
2019-2020 o quv yili imtihonlari uchun tasdiqlangan darsliklar ro yxatini yuklab oling