2018 yilda Oʻzbekistonga kelganlar soni koʻproq boʻldi

2018 yilda Oʻzbekistonga kelganlar soni koʻproq boʻldi

2018 yilda ocabbzbekistonga kelganlar soni kocabbproq bocabbldi 660bb07d71372

Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolari soni 2,3 marta ortganligi ta’kidlanmoqda, bu esa mamlakatimizda turizm rivojlanayotganligidan dalolat beradi. 2018 yilda Oʻzbekistonga 6,4 mln (2017 yilda – 2,8 mln) kishi tashrif buyurgan.

 

Respublikamizga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Qozogʻiston Respublikasidan – 2 456,9 ming kishi (umumiy sonining 38,2%i), Tojikistondan – 1 700,7 (26,4%), Qirgʻizistondan – 1 101,5 (17,1%), Rossiyadan – 460,2 ming kishi (7,2%) ekanligi ta’kidlandi.

 

Uzoq хorijiy davlatlardan esa, Turkiyadan – 74,8 ming kishi (1,2%), Xitoydan – 37,1 (0,6%), Janubiy Koreyadan – 32,7 (0,5%), Hindistondan – 22,2 (0,3%), Germaniyadan – 19,1 (0,3%) va Yaponiyadan – 17,2 ming kishi (0,3%) tashrif buyurgan.

 

Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadlari qarindoshlarini yoʻqlash (73,2%) boʻlgan. Sayyohlik maqsadida kelganlar – 7,1%, хizmat yuzasidan – 0,9%, davolanish maqsadida – 0,8%, ishlash uchun – 0,6% va oʻqishga kelganlar – 0,2%ni tashkil qildi.

 

Mamlakatimizga kelganlar orasida erkaklar 53,1%ni, ayollar esa 46,9%ni tashkil etdi.

 

Davlat statistika qoʻmitasining «Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va ketgan shaхslar soni (2018 yil yanvar-dekabr)» hisoboti.

Savollarga javoblar
2018 yilda Oʻzbekistonga kelganlar soni koʻproq boʻldi

manba:norma.uz