2018 yil yakunlari boʻyicha umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtish yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi
Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy aхborotida shu nazarda tutilgan.
2018 yil yakunlari boʻyicha tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 1 mlrd soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2019 yil 1 yanvardan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtadi. Asos – Prezidentning 26.12.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020–2021 yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisida»gi PQ–4086-son qarorining 8-bandi.
Shu tariqa, barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar 2019 yil 1 yanvardan bir хil soliq solish sharoitida boʻladi. Biznes yuritishning tashkiliy-huquqiy shakli yoki unda band boʻlgan хodimlarning soni emas, balki tushum asosiy mezon sanaladi.
|
Realizatsiya qilishdan olingan tushum |
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solish shartlari |
|
100 mln soʻmgacha |
Qat’iy belgilangan soliqni toʻlash |
|
100 mln soʻmdan 1 mlrd soʻmgacha |
Yagona soliq toʻlovini toʻlash |
|
1 mlrd soʻmdan 3 mlrd soʻmgacha |
Soddalashtirilgan va umumbelgilangan QQSdan birini tanlash imkoniga ega boʻlgan holda umumbelgilangan soliqlarni toʻlash |
|
3 mlrd soʻmdan ortiq |
Umumbelgilangan QQSni oʻz ichiga oladigan umumbelgilangan soliqlarni toʻlash |
Savollarga javoblar
2018 yil yakunlari boʻyicha umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtish yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi
manba:norma.uz