2018-2019 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 9-10-11-sinf dunyo dinlari tarixi, 8-9-10-11-sinf davlat va huquq asoslari fanidan taqvimiy-mavzu rejalari)
Ikkinchi bosqichda (7-16 yoshdagi bolalar) o‘quvchilarning Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, ona yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak mas’uliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga bo‘lgan ijobiy fikrlarni yanada kuchaytirish, harbiy xizmat nufuzini ko‘tarish, yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish kabi ezgu ishlarga da’vat etiladi.
YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH KONSEPSIYASI
Mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini bu sohaga keng jalb etish, O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy ongi va dunyoqarashi, fuqarolik pozitsiyalarini vatanparvarlik asosida kamol toptirish maqsadida Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontseptsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontseptsiyasi loyihasi hususidagi fikr, mulohaza, taklif va istaklaringizni shu yilning 15 dekabr kuniga qadar quyidagi manzillarga yuborishingiz so‘raladi:
1. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Hurriyat” gazetasi tahririyati, elektron manzil:
info@uzhurriyat, ijod@sarkor
2. Mudofaa vazirligi elektron manzili:
vatan@evo, mv-vatan@mail.
I. Umumiy qoidalar
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Kontseptsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Kontseptsiya) – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyil va ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq dolzarb vazifalar va ularni hal etish yo‘llari, davlat va nodavlat tashkilotlar, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, o‘zaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi.
Konsepsiyada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid mavjud tizimga tanqidiy baho berilib, uni mamlakatimizni 2017—2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablari asosida milliy va jahondagi ilg‘or tajribalar, bugungi O‘zbekiston hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Mazkur Konsepsiyada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga jismonan va ma’nan sog‘lom avlodni tarbiyalashga oid yaxlit ta’lim-tarbiya tizimining uzviy va ajralmas bir qismi sifatida qaraladi.
Ona Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, uning shuhratini dunyoga tarannum etish bilan bog‘liq eng muhim tushunchalar, hayotiy va professional ko‘nikmalarni ilmu ma’rifat asosida yoshlarning qalbi va ongiga ilk bolalik davridan boshlab singdirib borish va shu tariqa O‘zbekistonning haqiqiy vatanparvar fuqarolarini tarbiyalash Kontseptsiyaning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi.
II. YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – millati, tili va kasbidan qat’i nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni o‘z fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlarining ko‘p bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarda jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan aloqador bo‘lgan davlat xizmati turlarida faollik ko‘rsatish, tinch va harbiy sharoitda Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli bo‘lish, ularda o‘z yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak mas’uliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirishdan iborat.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilanadi:
yoshlarni milliy g‘oya va O‘zbekiston Respublikasiga, uning xalqi va Prezidentiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish;
qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish;
milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushuncha hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash;
yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko‘nikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
jangovar harakatlarga moslashish, har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega yoshlarni tarbiyalash;
O‘zbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida, har bir qadamda himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoiy bo‘lish – bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar bilan yoshlar ongiga singdirib borish.
III. YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH TIZIMI VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi uzluksiz jarayon bo‘lib, u bir-biriga bog‘liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-mafkuraviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar majmuasidan iborat.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Qurolli Kuchlarning umumiy harbiy nizomlari, Mudofaa vazirligi, Qurolli Kuchlar tizimidagi idoralarning me’yoriy-huquqiy hujjatlari asosida olib boriladi.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi quyidagi tuzilmalarni qamrab oladi:
ta’lim-tarbiya jarayonining eng muhim va asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan bolalar bog‘chasidan boshlab ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga molik qadriyatlarni, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari;
ommaviy va harbiy-vatanparvarlik ishlarini amalga oshiradigan davlat va nodavlat tashkilotlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, Qurolli Kuchlar tuzilmalari, mudofaa ishlari boshqarmalari, harbiy qismlar va muassasalar, huquq-tartibot organlari, faxriylar kengashlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuzilmalari va boshqa tashkilotlar.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari muntazam ravishda tizimli va ilmiy asosda olib borilib, uning samaradorligi uchun jamiyatning barcha sub’ektlari mas’ul hisoblanadi. Xususan, uning asosiy sub’ektlarini quyidagilar tashkil etadi:
davlat va mahalliy hokimiyat organlari;
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari;
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari;
madaniyat va sport muassasalari (teatr, muzey, tarixiy obidalar, kinoteatr, kutubxona va boshqalar);
ommaviy axborot vositalari;
milliy va umumbashariy qadriyatlar, madaniyat, adabiyot, san’at;
madaniyat va istirohat bog‘lari;
bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlari;
harbiy boshqaruv organlari va boshqalar.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ob’ektlari millati, tili, jinsi, ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, barcha yoshlardan, xususan, quyidagilardan iborat bo‘ladi:
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilaridan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalaridan;
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilaridan;
tashkilot va korxonalarda faoliyat olib borayotgan yoshlardan.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy tamoyillari mazkur jarayonning ilmiy jihatdan asoslangani, uning muntazamligi, ta’lim-tarbiya va amaliyotning o‘zaro uyg‘unligi, tarixiylik va zamonaviylikning uzviy bog‘liqligi bilan ifodalanadi va quyidagilardan iborat bo‘ladi:
aniqlik va tezkorlik;
ta’lim-tarbiya ishlarining uyg‘unligi;
tarbiya jarayonining izchilligi;
harbiy-vatanparvarlik tarbiyasida erishilgan ijobiy natija va yutuqlarga tayanish tamoyillari.
IV. YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING USUL VA SHAKLLARI
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash usullari – yoshlarda zarur hayotiy bilim, ko‘nikma, mahorati va mustahkam irodani, jumladan, yuksak ma’naviy-axloqiy, jangovar ruh va fuqarolik fazilatini shakllantirishga qaratilgan, ularning ongi, ruhiyati va faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan usul va uslublarni anglatadi.
Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy usullaridan hisoblanadi:
mashq qildirish va mustaqil ishlash;
o‘rnak ko‘rsatish, shaxsiy namuna va boshqalar.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning shakllari. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash turli shakllarda, jumladan, ilmiy, amaliy anjumanlar, savol-javob kechalari, kitobxonlik, elektron o‘yinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tarzida va boshqa shakllarda tashkil etiladi va ular ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rang-barangligini ta’minlaydi, pirovard natijada jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Bunda quyidagi shakllar ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi:
ma’ruza o‘qish, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar;
boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchi va faxriylar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan shaxslar bilan uchrashuvlar;
ilmiy-nazariy va amaliy konferentsiyalar, seminar-treninglar, muayyan mavzuga bag‘ishlangan kechalar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari;
to‘plangan ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish;
jamoatchilik fikri va harbiy jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganish;
teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qo‘shiqlari, OAV, veb-saytlar va elektron o‘yinlar, turli gadjetlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish;
urush va mehnat faxriylari, jangovar harakatlar ishtirokchilari, davlat va jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar vakillari bilan uchrashuvlar;
harbiy xizmatga chaqiriluvchilar kuni, mardlik saboqlari va ekskursiyalar.
V. HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING BOSQICH VA YO‘NALISHLARI
Davlat yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini tashkil etish, uning natijalarini monitoring qilib borishni ta’minlaydigan asosiy institut hisoblanadi. Davlat yosh avlodning tarbiya jarayonini oilada, maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, harbiy xizmat davomida, shuningdek, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, turli davlat va jamoat tashkilotlari miqyosida tashkil etadi.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari asosan to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich (3-7 yoshdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabki tasavvurlar paydo bo‘ladigan bosqich hisoblanib, unda oila va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga turli she’rlar, kuy va qo‘shiqlar o‘rgatish, multfilm va elektron o‘yinlar namoyish etish, rasmlar chizish orqali dunyoni anglash, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishish asosida ularda ona yurtga muhabbatni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
Ushbu bosqichda quyidagilarga alohida e’tibor berish talab etiladi:
harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish maqsadida ertak va hikoyalarni aytib berish;
ona Vatanga muhabbat, Vatan himoyasi muqaddas burch ekani bilan bog‘liq mavzulardagi she’r va qo‘shiqlarni yod oldirish;
bolalarning tasavvurini kengaytirishga qaratilgan rasmlar chizdirish va jismoniy qobiliyatini mustahkamlash uchun turli musobaqa va tanlovlar tashkil etish, shu orqali ularni ma’naviy rag‘batlantirish;
harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi multfilmlar va elektron o‘yinlar namoyish etish;
harbiy muzeylar va harbiy-vatanparvarlik mavzusi bilan bog‘liq madaniyat va istirohat bog‘lariga ekskursiyalar uyushtirish.
Ikkinchi bosqichda (7-16 yoshdagi bolalar) o‘quvchilarning Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, ona yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak mas’uliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga bo‘lgan ijobiy fikrlarni yanada kuchaytirish, harbiy xizmat nufuzini ko‘tarish, yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish kabi ezgu ishlarga da’vat etiladi.
zamonamiz qahramonlari haqidagi maqolalar, badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tematik kechalar va qo‘shiq tanlovlarini tashkil etish, spektakllardan lavhalar namoyish etish;
o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Vatanimni ko‘z qorachig‘idek asrayman”, “Yurt taqdiri – mening taqdirim” mavzularida insholar tanlovini tashkil etish;
sog‘lomlashtirish oromgohlarida “Temurbekning izdoshlari”, “O‘zbekiston farzandlari botir bo‘lur” kabi mavzularda sport musobaqalari va tadbirlar tashkil etish;
harbiy-vatanparvarlik mavzusida badiiy va hujjatli filmlar, multfilmlar namoyish etish va ularning muhokamasini o‘tkazish;
darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarga buyuk sarkardalarimizning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni kiritish, ularning jasorati, fidoyiligi va qahramonliklari to‘g‘risida yorqin misollar asosida hikoya qilib berish;
“Temurbeklar maktablari”, oliy harbiy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning maxsus guruhlari va harbiy qismlarga ekskursiyalar tashkil etish;
“Mard o‘g‘lonlar” davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ular erishgan yutuq va natijalarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Temurbek vorislari” harbiy-sport o‘yinlarini bosqichma-bosqich tashkil etishga alohida ahamiyat qaratiladi.
Uchinchi bosqich (16-18 yoshdagi o‘smirlar) yoshlarda Vatanga va uning himoyasi uchun munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlikni ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Mazkur bosqichda yuqoridagi vazifalarga qo‘shimcha ravishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, harbiy xizmatga nisbatan ularning mustaqil fikri va ijobiy qarashlarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirib borish;
o‘quvchi yoshlarning nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarini boyitish maqsadida mudofaa ishlari bo‘limlari va harbiy qismlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli sermazmun va qiziqarli tadbirlar tashkil etish;
milliy armiyamiz uchun jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmatning ahamiyati, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berib borish.
To‘rtinchi bosqich (18-30 yoshdagilar) yoshlarning jismoniy va ma’naviy qobiliyati, yetakchilik ko‘nikmalari va intellektual salohiyati, umumiy va professional malakasini oshirish, ularni o‘z ustida muntazam ishlash, sog‘lom hayot kechirishga undash va shunga erishishni nazarda tutadi. Ushbu bosqichda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish talab etiladi:
yosh avlodni har tomonlama yetuk, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak, ota-ona va Vataniga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashning ahamiyati to‘g‘risidagi tasavvur va bilimlarni yanada boyitish;
Vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lish va Qurolli Kuchlar safida xizmat burchini o‘tayotgan yoshlar bilan faxrlanish, konstitutsion burch va harbiy qasamyodga sodiqlik tuyg‘ularini shakllantirish;
harbiy xizmat sharoitlariga moslashish va harbiy ixtisosliklarni puxta egallash, har qanday qiyinchilikka tayyor turish, matonat va jasorat fazilatlarini mustahkamlash, qurol-aslaha, harbiy texnika, davlat va harbiy mulkni asrab-avaylash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
jangovar tayyorgarlik va harbiy mahoratni muntazam oshirib borish, harbiy jamoada qaror topgan o‘zaro yordam va do‘stona munosabatlarni qadrlash kabi fazilatlarni shakllantirish;
kitobxonlikni keng targ‘ib etish, jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirishda badiiy asarlarning roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish;
yoshlarning o‘z tanlagan kasbini puxta egallashi va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun yaqindan ko‘maklashish;
milliy mafkuramizga zid bo‘lgan yot g‘oyalarga qarshi tanqidiy qarash va mafkuraviy immunitetni, o‘ziga ishonch, hushyorlik va ogohlik tuyg‘ularini mustahkamlash;
yoshlarda faol hayotiy pozitsiya va o‘zining mustaqil fikr-mulohazalarini aniq bayon eta olish, mas’uliyatni his etish, qat’iy tartib va intizomga rioya qilish fazilatlarini shakllantirish, ularni qat’iyatli bo‘lishga o‘rgatish.
VI. HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH SAMARADORLIGI VA MEZONLARI
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligi, avvalo, bu jarayonning barkamol avlod tarbiyasiga, yoshlarning vatanparvarlik darajasiga qay darajada ijobiy ta’sir etgani bilan belgilanadi.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasidagi samaradorlik darajasini aniqlashning muhim sharti yoshlarda vatanparvarlik, harbiy burch, jangovar an’analarga sodiqlik kabi xislatlarning real holatda yanada rivojlanishi va takomillashuviga ijobiy ta’sir etadigan omillarni muntazam ravishda hisobga olib, tahlil etib borishdan iborat.
Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim mezonlaridan biri – o‘sib kelayotgan yosh avlod oldiga jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bu borada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ma’no-mazmuni, shakl va usullari bilan qay darajada mutanosib ekani bilan belgilanadi.
VII. KUTILAYOTGAN NATIJA
Mazkur Konsepsiya yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining samaradorligini oshirish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar, fuqarolik pozitsiyasi, Vatanni sevish va uni ko‘z qorachig‘idek asrashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarni oshirish uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Konsepsiyaning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, milliy armiyamiz saflarini zamonaviy bilim va professional malakaga, mustahkam iroda, faol grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlar bilan to‘ldirib borish imkonini beradi.
Ushbu Konsepsiya ochiqlik va oshkoralik printsiplariga asoslangan bo‘lib, uni takomillashtirishda davlat va nodavlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, barcha yurtdoshlarimiz o‘z taklif va tavsiyalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
2018-2019 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 9-10-11-sinf dunyo dinlari tarixi, 8-9-10-11-sinf davlat va huquq asoslari fanidan taqvimiy-mavzu rejalari)
SHUHRATBEK > O’QITUVCHILARGA > Taqvim-mavzu rejalar > 2018-2019 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 9-10-11-sinf dunyo dinlari tarixi, 8-9-10-11-sinf davlat va huquq asoslari fanidan taqvimiy-mavzu rejalari)
2018-2019 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 9-10-11-sinf dunyo dinlari tarixi, 8-9-10-11-sinf davlat va huquq asoslari fanidan taqvimiy-mavzu rejalari)
On 30.08.2018 By shuhrat In O’QITUVCHILARGA, Taqvim-mavzu rejalar 3 fikrlar
5-sinf tarixdan hikoyalar fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
6-sinf qadimgi dunyo tarixi fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
7-sinf O’zbekiston va jahon tarixi fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
8-sinf O’zbekiston va jahon tarixi fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
9-sinf O’zbekiston va jahon tarixi fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
10-sinf O’zbekiston va jahon tarixi fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
11-sinf O’zbekiston va jahon tarixi fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
8-sinf O’zbekiston davlati va huquq asoslari fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
9-sinf konstitutsiyaviy huquq asoslari fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
10-sinf davlat va huquq asoslari fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
11-sinf davlat va huquq asoslari fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
11-sinf dunyo dinlari tarixi fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
10-sinf dunyo dinlari tarixi fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
9-sinf dunyo dinlari tarixi fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG’ICH TAYYORGARLIK fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi
Saytimiz mehmonlari iltimosiga ko’ra
O’XSHASH MAVZULAR:
10-11-sinflar uchun ayrim fanlardan homaki yillik dars ishlanmalar jamlanmasi
Kitob – Yangi yil uchun eng yaxshi sovg’a
Bolaning aqlini charxlash
Bola tarbiyasidagi 4 bosqich
2020-2021 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 1-11-sinf tarbiya, 10-.
O‘qishni istamaydigan bolalar bilan qanday yo‘l tutish lozim?
2017-2018 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (Tarix fanidan ham taqvimiy-mavzu rejala.
Bola tilidan: Tarbiyaning 21 qoidasi
Maktab o‘rgatmaydigan 5 ta ko‘nikma
Taqvim-mavzu rejalar
Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari (10-11-sinflar uchun)
Tarbiyadagi 6 ta kechirib bo‘lmas xato
Fan oyliklarini o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
Bolani taltaytirib yubormaslik yo‘llari
Tarbiyaning turli uslubi: to‘g‘risi qaysi?
O’qituvchilarning jamiyatdagi obro’sini tiklashga qaratilgan qaror qabul qilindi
About shuhrat
3 thoughts on “ 2018-2019 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 9-10-11-sinf dunyo dinlari tarixi, 8-9-10-11-sinf davlat va huquq asoslari fanidan taqvimiy-mavzu rejalari) ”
51 soatga nechta nazorat ishi buladi 4 emas 6 ta bumaydimi
Hurmatli Abror! Bu yil e’tibor bergan bo’lsangiz ta’limi vazirligi, RTM larning saytlarida yillik taqvim mavzu yillik rejalari chiqmadi. Bu yil fan o’qituvchilarning o’zlari yillik taqvim rejalarni belgilangan Standartdan chetga chiqmagan holda tuzishlari kerakligi ta’kidlandi.
Assalomu alaykum. Sizning saytingizdan ta’lim sohasiga oid barcha ma’lumotni topsa bo’lar ekan. Ishlaringizga rivoj..
Fikr bildirish Javobni bekor qilish
Bo’limlar
- “Ming bir hikmat” videojamlanmalar (1)
- Attestatsiya savollari (2)
- Davlat dasturlari (3)
- DTS va o’quv dasturlari (1)
- Elektron kutubxona (3)
- Elektron tarixiy kitoblar (2)
- E’lonlar (5)
- Radio (1)
- Savol-javoblar (2)
- Dars ishlanmalar (10)
- Ibratli hikoyalar o’qituvchilarga (2)
- Ilg’or texnologiyalar (1)
- METODIKA (32)
- 1)Darsning tashkiliy qismi uchun tavsiya (2)
- 2)O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tavsiya (2)
- 3)Yangi mavzuni bayoni uchun tavsiya (1)
- 4)Yangi mavzuni mustahkamlash uchun tavsiya (2)
- 6)Uyga vazifa uchun tavsiya (7)
- 7)O’quvchilar uchun RAG’BAT kartochkalar (3)
- “Interaktiv taqdimotli o’yinlar” (4)
- Fanlardan taqdimotlar (4)
- Taqdimot shablonlari (2)
- “Bilimlar bellashuvi” ga tayyorlanmoqchimisiz? (12)
- “Fan olimpiadasi” ga tayyorlanmoqchimisiz? (13)
- ALLOMALAR (18)
- Bahorgi ta’til topshiriqlari (7)
- Foydali maslahatlar (2)
- Ibratli hikoya (2)
- Krossvordlar (6)
- Huquq fanidan krossvordlar (2)
- ONLINE TESTLAR (6)
- 8-sinf O’zbekiston tarixi: Online test savollari (5)
- 6-sinf tarix: Yopiq test savollari. (5)
- Buxoroning tarixiy obidalariga virtual sayohat (10)
- Samarqandning tarixiy obidalariga virtual sayohat (18)
- Toshkentning tarixiy obidalariga virtual sayohat (2)
- Xivaning tarixiy obidalariga virtual sayohat (9)
- Bolam baxtli bo’lsin, desangiz… (7)
- Ibratli hikoyalar ota-onalar uchun (2)
- Tarbiya (16)
- ENG-ENG-ENG… (1)
- Siz buni bilasizmi? (13)
- Tarix fanidan videojamlanma (7)
Fevral 2023
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya « Apr 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 Arxivlar
Yangi sharhlar
- Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Fazilat “ga
- 5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari) ” Sabina “ga
- 5-9- sinflar uchun tayyorlagan nazorat ishlari savollari hamda javoblari ” Дляра “ga
- Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Nozima “ga
- 6-sinf tarix.1-bo’lim: Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari (102 ta yopiq test savollari) ” shuhrat “ga
- 6-sinf tarix.1-bo’lim: Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari (102 ta yopiq test savollari) ” Charosxon Voxidova “ga
Boshqaruv paneli
© 2016-2021 yil Sh.Nurg’oziyev ishlanmasi
Ushbu veb-sayt O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonuni bilan himoyalangan. Sayt materiallarini ko`chirib olib, ruxsatsiz chop etish qat`iyan ta`qiqlanadi. Veb-sayt mobil telefon, planshet, kompyuter va boshqa shunga o’xshash uskunalar orqali foydalanishga moslashtirilgan.
Saytimiz mehmonlari! Sizlardan iltimos saytimiz bo’yicha kamchiliklar bo’lsa, tanqidiy yondashgan holda o’z fikrlaringizni bildiring. Sizning sayt bo’yicha bildirgan tanqidiy fikrlaringiz saytimiz rivoji uchun xizmat qiladi. “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Xalq ta’limi fidoyisi” Nurg’oziyev Shuhrat Xasanovich
Yangi fikrlar
- Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Fazilat “ga
- 5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari) ” Sabina “ga
- 5-9- sinflar uchun tayyorlagan nazorat ishlari savollari hamda javoblari ” Дляра “ga
Murojaat qiling:
- Jizzax v, Do’stlik tumani
- Telefon: + 998 (94) 918 02 27
- Email: Shuhratbek@umail
Davlat va huquq asoslari 11 sinf darslik
MAVZU: HUQUQBUZARLIK TUSHUNCHASI
- Dars maqsadlari
- TA`LIMIY MAQSAD
- O`quvchilarga DTS talablari asosida huquqbuzarlik tushunchasi, mohiyatini, maqsad va vazifalarini yani pedogogik texnologiyalar asosida tushuntirish
- TARBIYAVIY MAQSAD
- O`quvchilarni ona vatanga mexr, o`zaro hurmat, ma`naviy barkamol, sadoqatli, teran fikrlaydigan, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash
- RIVOJLANTIRUVCHI MAQSAD
- Kelgusida o`quvchilarni olgan bilim va ko`nikmalaribi kebg hayotda qo`llashga erishish
- DARS USULI
- INTERFAOL USLUB
- DARS SHAKLI
- AQLIY HULUM
- DARS JIHOZLARI
- A.KARIMOVNING “YUKSAK MA`NAVIYAT YANGILMAS KUCH” VA BOSHQA ASARLAR TO`PLAMI, O`ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI, O`Z RES JK, DARSLIKLAR, QO`LLANMALAR, SLATDLAR, PLAKATLAR, A 4, MARKER, DOSKA
- DARSNI TASHKILIY QISMI
- SALOMLASHISH
- SINFNI DARSGA TAYYORLASH
- MAVZUNI SHAKLLANTIRISH:
- A) o`quvchilarni 3 ta guruhlarga bo`lish;
- B) Guruh sardorlarini aniqlash
- V) 1 – bosqich: har bir jamoaga savollar berish
- G) 2 – bosqich: har bir jamoaga testlar berish
- D) 3 – bosqich: har bir jamoaga huquqiy vaziyat berish
- E) 4 – bosqich: har bir jamoa sardoriga blis savollar berish
- DARS REJASI
- HUQUQBUZARLIK TUSHUNCHASI, MOHIYATI
- HUQUQBUZARLIKNING BELGILARI
- HUQUQBUZARLIKNING TURLARI
- MAVZU BAYONI
- Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyatni qurishday ezgu maqsad bor ekan. Bu maqsadga erishishda har bir fuqaro o`z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan bog`lamog`i Ayniqsa o`sib kelayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng muhim va pirovard maqsadlardan biri bo`lib qoladi.
- Shunig uchun yoshlarni huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishimiz asosiy vazifalardan biridir. Huquq sub’еktlari hisоblangan fuqarоlar va yuridik shaхs-larning huquqiy hulqqa оngli ravishda amal qilishi ularning huquqiy оngi va huquqiy faоliyatiga bоg`liqdir.
- Bu faоliyat fuqarоlarning o`z huquqlaridan to`g`ri fоydala-nishda, jamiyat manfaati yoki qоnun bilan qo`riqlanadigan shaхsiy manfaatlari yo`lida burchlarini halоl bajarishlarida ifо
- Huquqbuzarlik qоnun va bоshqa huquqiy nоrmalarga riоya qilmaslik natijasida jismоniy yoki yuridik shaхslarning qasddan yoki ehtiyotsizlik оqibatida shaхs, jamiyat va davlat manfaatlariga mоddiy va ma’naviy zarar еtkazishida ko`rinadi.
- UYGA VAZIFA
- Mavzuni o`lashtirish.
- Mavzu bo`yicha savollar tuzib kelish.
- Mavzu bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni qidirish. (qo`shimcha adabiyotlar, internet)
- Mayzu yuzasidan hayotiy misollar yozib kelish.
Davlat va huquq asoslari 11 sinf darslik
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida quyidagi mavjud bo‘sh bo‘lgan lavozimlarga tanlov eʼlon qilinadi, bular:
1) viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida bo‘sh bo‘lgan profilaktika inspektori lavozimlariga birinchi navbatda tarix, milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari hamda yurisprudensiya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega, Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 165 smdan kam bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
2) Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida mavjud bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, “B,S” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 175 smdan past bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan, oliy maʼlumotli Toshkent davlat transport institutini hamda boshqa oliy taʼlim muassasalarining “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi, avtomobil yo‘llari va aerodromlar yo‘nalishlarini” tamomlagan yoki hozirda sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha boshqa mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bo‘lsada, ammo o‘rta-maxsus maʼlumoti bo‘yicha “Yer usti transport tizimlari, transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi, avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish texnigi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisligi bo‘yicha” tamomlagan erkak nomzodlar hamda qoida tariqasida profilaktika inspektorining yordamchilari ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi.
– biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi,
– 3 x 4 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurat,
– harbiy guvohnoma asl nusxasi,
– diplom va ilovasi hamda sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotganligi to‘g‘risidagi oliy taʼlim muassasasining maʼlumotnomasi,
– doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida 086-maʼlumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda);Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 21-oktyabridan 5-noyabr kuniga qadar Buxoro viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.
2022-yilning 21-oktyabr kunidan oldin yoki 5-noyabr kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.
Manzil: Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 10-uy,
Mo‘ljal: Buxoro ARK qo‘rg‘oni majmuasi.
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (65) 220-41-12BUXORO IIB – rasmiy sayti, telegram, instagram, Facebook va YouTube kanallaridan axborot olib borishingiz mumkin
Qiziqarli malumotlar
2018-2019 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 8-9-10-11-sinf davlat va huquq asoslari fanidan taqvimiy-mavzu rejalari), 9-10-11-sinf dunyo dinlari tarixi