20-iyul Xalqaro tortlar kuni
20-iyul Xalqaro tortlar kuni
DO`STLARGA ULASHING:
Xalqaro tortlar kuni shirinlik bayrami hisoblanib, 20-iyulda nishonlanadi. Ushbu bayram hali yosh bayram bo’lishiga qaramay, qiziqarli hamda eng asosiysi insonlar orasidagi do’stlik, davlatlar va xalqlar hamjihatligiga bag’ishlanadi. Bayramning belgisi «I CAKE YOU”, deb nomlanadi, buning ma’nosi – «men oldinga tort bilan kelaman”, deya do’stlik va yaqinlikni nishonlashadi. Ushbu bayramni «Milanskiy Klub”, Sevgi qirolligi deya atalgan musiqashunoslar, oshpazlar va boshqa san’at shaydolaridan iborat bo’lgan do’stlar hamjamiyati nishonlagan. Aynan ushbu san’at birlashmasi tomonidan 2009-yildan boshlab birgalikda musiqali tortlar an’anasi yuzaga keldi va boshqa davlatlar tomonidan ham qo’llab quvvatlandi. Birinchi xalqaro maydonda Tortlar kuni 2011-yil 20-iyulda nishonlanishni boshlagan. Ta’kidlab o’tganimizdek, ushbu bayram madaniyat va san’at orqali dunyoga do’stlik va birlikni yoyish maqsadida o’tkaziladi. Ushbu bayramning eng faol ishtirokchi davlatlari Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldova, Ozarbayjon, Gruziya, Armeniya, Isroil, AQSH hisoblanadilar. Ushbu kunda ilk marotaba hamkorlikda «ko’pmillatlilik” torti tayyorlandi. Uning tayyorlanishida aytib o’tilgan davlatlardan bir qancha insonlar ishtirok etishdi hamda o’zlari tayyorlagan torlarni bayram saytiga yuborishdi. So’ng barcha tortlar baholandi, shu bilan birga Yevropa, Osiyo, Amerika va Yaqin Sharqni o’ziga maftun etdi, qoyil qoldirdi. Shundan beri Tortlar kuni har yilgi shirin an’anaga aylanib bormoqda, turli davlatlardan qatmashuvchilar soni esa ortib bormoqda. Bugungi kunda ushbu bayram Sevgi qirolligi xalqaro tashkiloti tomonidan o’tkaziladi, bayramda xalqaro va milliy shirinliklar tashkiloti, umumiy tashkilotlar hamda shunchaki qiziqish bildirgan insonlar qatnashadilar. Aytib o’tilganidek, Tortlar kuni faqatgina shirinliklar uchun emas, balkim dunyo xalqlari birligini ta’minlashda muhim omil bo’ladi. Shu sababdan bayramning o’tkazilishi turli davlatlar hayotida muhim voqea sifatida nishonlanib kelinmoqda.
20-iyul Xalqaro tortlar kuni