20-dekabr — Tomas Edison cho‘g‘lanma lampa ishlashini namoyish qilgan kun
20-dekabr — Tomas Edison cho‘g‘lanma lampa ishlashini namoyish qilgan kun 1879-yil 20-dekabrda amerikalik tadbirkor Tomas Alva Edison o’z ixtirosini — cho’g’lanma chiroqni namoyish etdi.20-dekabr — Tomas Edison cho‘g‘lanma lampa ishlashini namoyish qilgan kun
DO`STLARGA ULASHING:
1878-yilda Edison uglerod elektrodli elektr yoyli lampalar ustida ishlayotgan Ansonia Uilyam Valasnikiga tashrif buyurdi.
Valas Edisonga bir qator yoy lampalari bilan birga dinamo-mashina sovg‘a qildi.
Shundan so’ng, Tomas lampalarni yaxshilashga kirishadi. 1879-yil aprel oyida ixtirochi lampalar ishlab chiqarishda vakuumning hal qiluvchi ahamiyatini aniqladi.
1879-yil 21-oktyabrda esa Edison 19-asrning eng yirik ixtirolaridan biriga aylangan uglerod ipli cho’g’lanma lampochka ustida ishlashni yakunladi. Edisonning eng katta xizmati cho’g’lanma chiroq g’oyasini ishlab chiqishda emas, balki mustahkam ipli, yuqori va barqaror vakuumli va bir vaqtning o’zida ko’plab lampalardan foydalanish imkoniyati bilan amaliy, keng tarqalgan elektr yoritish tizimini yaratishida edi.
20-dekabr — Tomas Edison cho‘g‘lanma lampa ishlashini namoyish qilgan kun