20-dars — Javada interfeys.
Javada interfeyslar orqali
to’liq abstraktsiyani tashkillashtirish mumkin. Interfeys tarkibida funksiyalarning faqat nomlari bo’lishi mumkin, ularning tanasi bo’lishi mumkin emas(Java 8 dan boshlab default funksiyalarga funksiyaning bajarilish qismi yozilishi qo’shildi). Shuningdek, Interfeys tarkibida ma’lumotlar bo’lishi ham mumkin.
Interfeyslarda o’zgaruvchilar e’lon qilinmaydi unda faqat o’zgarmas qiymatlar –
final qiymatlar e’lon qilinadi.
Interfeysga bitta misol keltirsak.
public interface Dasta { void ishlatilishSohasi(); void tayorlanganMatirial(); void size(); }
Dasta nomli interfeys yaratildi, unda ishlatilishSohasi(), tayorlanganMatirial(), size() nomli funksiyalari bor.
public class Pichoq implements Dasta{ @Override public void ishlatilishSohasi() { System.out.println("Pichoq uchun"); } @Override public void tayorlanganMatirial() { System.out.println("Yog'och"); } @Override public void size() { System.out.println("15 sm"); } public static void main(String[] args) { Pichoq pichoq = new Pichoq(); pichoq.ishlatilishSohasi(); pichoq.tayorlanganMatirial(); pichoq.size(); } }
Ko’rib turganingizdek, klass yaratildi va
Dasta interfeysidan (implement olindi) foydalanildi. Bu holatda dasta barcha dastasi bor obyektlar uchun umumiydir.
default funksiyaga misol:
interface Formula { double calculate(int a); default double sqrt(int a) { return Math.sqrt(a); } } Formula formula = new Formula() { @Override public double calculate(int a) { return sqrt(a * 100); } }; formula.calculate(100); // 100.0 formula.sqrt(16);
Esda tuting: Java kompilyatori interfeys tarkibidagi
funksiyalarga public va abstract kalit so’zlarni, interfeys tarkibidagi ma’lumotlarga esa public, static va final kalit so’zlarni qo’shadi.
Bir klass bir vaqtda bir nechta interfeyslardan foydalanishi (implementation) mumkin. Quyidagi misolga qarang:
interface Printable{ void print(); } interface Showable{ void show(); } class A implements Printable,Showable{ public void print(){System.out.println("Salom");} public void show(){System.out.println("Hush kelibsiz");} public static void main(String args[]){ A obj = new A(); obj.print(); obj.show(); } }
Quyidagi misolda klass interfeysdan foydalanadi, interfeys esa boshqa interfeysdan nasl oladi:
interface Printable{ void print(); } interface Showable extends Printable{ void show(); } class A implements Showable{ public void print(){System.out.println("Salom");} public void show(){System.out.println("Hush kelibsiz");} public static void main(String args[]){ A obj = new A(); obj.print(); obj.show(); } }
Shunindek, bir interfeys tarkibida boshqa bir interfeys bo’lishi ham mumkin:
interface Xat { void xatKeldi(); interface xatHabar{ void xatHabarKeldi(); } }
Abstrakt klass va interfeys o’rtasidagi farqlar
Abstrakt klass | Interfeys |
Abstrakt klassda abstrakt va abstrakt bo’lmagan funksiyalar bo’ladi | Interfeysda faqat abstrakt funksiyalar bo’ladi |
Classlar faqat bitta abstrakt klassdan meros olishi mumkin | Classlar bir nechta interfeyslardan meros olishi mumkin |
Abstrakt klasslarda final, non-final static va non-static bo’lgan o’zgaruvchilar bo’lishi mumkin |
Interfeysda esa faqat final va static o’zgaruvchilar bo’ladi |
Abstrakt klaslarda static funksiyalar, main funksiyalar va konstruktorlar yaratish mumkin |
Interfeysda esa static funksiyalar, main funksiyalar va konstruktorlar yaratib bo’lmaydi |
Interfeys va abstrakt klasslarga misol:
//interface da 4ta method yaratilyapti interface A { void a(); abstract void b(); void c(); void d(); } // B abstrakt klassi yaratilyapti va A interfeysdan foydalanilyapti abstract class B implements A{ public void c() {System.out.println("Men c man ");} } class M extends B{ public void a(){System.out.println("Men a man ");} public void b(){System.out.println("Men d man ");} public void d(){System.out.println("Men d man ");} } class Test5{ public static void main(String args[]){ A a=new M(); a.a(); a.b(); a.c(); a.d(); } }
Natija :
Men a man
Men b man
Men d man
Men c man
Manba:
Umumiy Dasturlash
20-dars — Javada interfeys.